17
Yurtimizda sug`urta sohasi jadallik bilan rivojlanib borayotgan sohalardan
hisoblanadi. Buni sug`urta mukofotlari hajmining ortib borishidan ham
ko`rishimiz mumkin. 2014 yilda O`zbekistonda faoliyat olib borayotgan
sug`urta tashkilotlari tomonidan 439134,1 mln so`m miqdorida sug`urta
mukofoti yig`ilgan bo`lsa, bu natijalar keying ikki yilda mos ravishda
515697.3 mln so`m va 692594.4 mln so`mni tashkil etdi. Bu raqamlar o`tgan
yilga nisbatan 2015 yilda 26 foizga, 2016 yilda esa 34 foizga o`sganligini
ko`rish mumkin. Shu jumladan ixtiyoriy sug`urta bo`yicha yig`ilgan sug`urta
mukofotlari 2014 yilda 300670.3 mln so`mni keying ikki yilda esa mos
ravishda 358387.2 mln so`m va 485008.0 mln so`mni tashkil etdi. Majburiy
sug`urta bo`yicha esa 2014 yilda 138463.8 mln so`m sug`urta mukofoti
yig`ilgan bo`lsa, 2015 yilda 186710.1 mln so`mni, 2016 yilda esa 207586.5
mln so`mni tashkil etdi. Bu tahlillar natijasida shuni kuzatishimiz mumkinki
2014-yil va 2016-yillar oralig’ida O’zbekiston Respublikasi sug’urta bozorida
ixtiyoriy sug;urtaning majburiy su’urtaga nisbatan ulushi ko’proq.bundan xulosa
qilsak bo’ladiki yil sayin mamlakatimizda sug’urtaga bo’lgan ishonch va talab
ortib bormoqda. (2-rasm)
Dostları ilə paylaş: