himoyasiga jalb etish uchun ularning manfaatiga mos keladigan yangi sug‘urta
mahsulotlarini ishlab chiqmoqdalar. Bunga ular o‘rtasida raqobat muhitini
kuchayotganligi ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, O‘zbekistonda sug‘urta
sohasini rivojlantirish uchun hukumat tomonidan qabul qilinayotgan farmon va
qarorlar sug‘urta xizmatlari ko‘rsatish sifatini yuqori bosqichga ko‘tarilishiga
jismoniy va yuridik shaxslarning ehtiyojiga mos ravishda sug‘urta xizmatlarini
ko‘rsatish ko‘lamini kengayishiga xizmat qilishi, tabiiy. Shu o‘rinda ta’kidlash
zarurki, bozor munosabatlari elementlarining hayotimizga tobora kirib kelishi bir
tomondan, tadbirkorlik faoliyatini takomillashuviga, boshqa tomondan, ana shu
faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq xavf-xatarlarni vujudga kelishiga olib
keladi. Bunday xavf-xatarlardan biri yuridik yoki jismoniy shaxslarning uchinchi
15
shaxslarga zarar etkazish ehtimolining mavjudligidir. YUridik va jismoniy shaxslar
o‘z faoliyatlarini amalga oshirish natijasida behosdan, ko‘tilmaganda uchinchi
shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga va mulkiy manfaatlariga zarar etkazishlari
mumkin. Etkazilgan zarar moddiy va ma’naviy tusda bo‘lib, ularni qoplashda
sug‘urtaning imkoniyatlaridan foydalanish mumkin.
Bir tomondan sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida mijozlarni jalb etish uchun
raqobat muhitini keskinlashuvi, ikkinchi tomondan, bozor munosabatlari sharoitida
yuridik va jismoniy shaxslarning uchinchi shaxsga zarar keltirish javobgarligi
kuchayishi munosabati bilan mazkur javobgarlikni sug‘urtalash bilan bog‘liq
sug‘urta sohasi paydo bo‘ldi.
To‘g‘ri, amaldagi qonun hujjatlarida yuridik va jismoniy shaxslar uchinchi
shaxslarga zarar etkazganda ko‘rilgan zarar ayibdor tomonidan qoplanishi belgilab
qo‘yilgan. Ammo, tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, jabrlanuvchiga zararni qoplash
uchun har doim ham aybdorda pul mablag‘lari bo‘lavermaydi. SHu sababli,
yuridik va jismoniy shaxslarning uchinchi shaxslar oldidagi javobgarligini sug‘urta
qilishga ehtiyoj tug‘iladi.
O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta xizmatlari bozori shakllanishining
dastlabki yillarida javobgarlikni sug‘urtalash hali o‘z o‘rnini topmagan edi.
Holbuki, bunday sug‘urta turlari rivojlangan mamlakatlarda allaqachon sug‘urta
bozorining muhim segmentlaridan biriga aylangan
Mustaqillik yillarida javobgarlikni sug‘urtalash borasida talay yutuqlarga
erishildi. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy
sug‘urta qilish, kasbiy javobgarlikni sug‘urta qilish kabi sug‘urta turlari ommaviy
ko‘rinishga ega bo‘lib bordi.
2000-2016 yillarda O‘zbekiston sug‘urta bozorida javobgarlikni sug‘urta
qilishning qo‘yidagi turlari amalga oshirilmoqda:
Transport vositalari egalarining uchinchi shaxs oldidagi fuqarolik
javobgarligini majburiy va ixtiyoriy sug‘urta qilish.
Yuk tashuvchilarning uchinchi shaxs oldidagi fuqarolik javobgarligini
sug‘urta qilish.
16
Lizinga oluvchining lizing to‘lovlarni to‘lay olmaslik javobgarligini
ixtiyoriy sug‘urta qilish.
Qurilish-montaj ishlarini olib borishda uchinchi shaxslarga zarar etkazish
javobgarligini majburiy va ixtiyoriy sug‘urta qilish.
Qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilarning kontraktatsiya va
f’yuchers shartnomalari bo‘yicha ajratilgan avans mablag‘larini o‘z vaqtida qaytara
olmaslik javobgarligini sug‘urta qilish.
Aksiyadorlik jamiyatlarining investorlar oldidagi javobgarligini sug‘urta
qilish.
Auditorlarning kasbiy javobgarligini ixtiyoriy sug‘urta qilish.
Bojxona brokerlarining kasbiy javobgarligini sug‘urta qilish.
Tibbiy xizmat xodimlarining kasbiy javobgarligini sug‘urta qilish.
Advokatlarning kasbiy javobgarligini sug‘urta qilish.
Notariuslarning kasbiy javobgarligini sug‘urta qilish.
Baholovchilar kasbiy javobgarligini sug‘urta qilish va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: