Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi kirish,uchta
bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
6
1-BOB. O’ZBEKISTONDA JAVOBGARLIKNI SUG’URTALASHNING
NAZARIY ASOSLARI
1.1. Javobgarlikni sug’urtalashning ijtimoiy iqtisodiy mohiyati
Ma’lumki javobgarlik sug’urtasi tushunchasi sug’urta faoliyatini amalga
oshirishimizdan boshlab yuzaga keladi. Shuning uchun javobgarlik sug’urtasi
tushunchasini angashimizdan oldin, sug’urta tushunchasining iqtisodiy mohiyatini
bilishimiz lozim hisoblanadi.
Sug’urta mohiyatan murakkab va ko’p tarmoqli tushunchadir. Bu atama
iqtisodiy ishlab chiqarish va iste’mol, tabiiy ofatlar va ko’ngilsiz xodisalar,
shuningdek, inson hayotida sodir bo’ladigan turli favqulotdagi xodisalar bilab
chambarchas bog’langan. Jamiyat iste’mol qilishni to’xtata olmaganidek, ishlab
chiqarishni ham inkor qila olmaydi.insoniyat sivilizatsiyasining moddiy asosi
ishlab chiqarish hisoblanadi. Lekin ishlab chiqarishning uzluksizligiga tabiiy
ofatlar, ko‘zda tutilmagan favqulodda hodisalar salbiy ta’sir ko‘rsatadi, uning
hajmini kamaytirib, mahsulotning son va sifat darajasini pasaytirib yuboradi.
Ishlab chiqarishning uzluksizligni ta’minlash uchun esa yetkazilgan zararning
o‘rnini tezda to‘ldirish, fuqarolarga esa zarar oqibatlarini tugatishda yordam
berilishi kerak. Buning uchun tashqaridan, birinchi navbatda, moliyaviy yordam
berilishi talab etiladi. Aynan shunday moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimida
sug‘urta alohida o‘rin tutadi. Yetkazilishi mumkin bo‘lgan katta hajmdagi
zararlarni qoplash uchun yetarli miqdordagi zaxira shakllantirilishi lozim. Bu
fondlar asosan yuridik va jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta mukofotlari
hisobidan shakllantiriladi, uning hisobidan yetkazilgan zararlar qoplanadi va
favqulodda hodisalarning oqibatlari tugatiladi, ishlab chiqarishning son va sifat
ko‘rsatkichlari o‘sishiga erishiladi.
O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta xizmatlari bozorida keng qamrovli
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish turli mulkchilik shaklidagi sug‘urta
tashkilotlarining vujudga kelishi bilan bir qatorda yangi sug‘urta xizmatlarini
7
yo‘lga qo‘yilishiga qulay shart-sharoit yaratdi. Shunday sug‘urta xizmat turlaridan
biri – bu javobgarlikni sug‘urtalash hisoblanadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda javobgarlikni sug‘urtalash sug‘urtaning mustaqil
tarmog‘i sifatida qayd etiladi. Jumladan, V.V.Shaxovning ta’kidlashicha,
«javobgarlikni sug‘urtalash – bu mustaqil sug‘urta tarmog‘i bo‘lib, unda sug‘urta
ob’ekti sug‘urtalanuvchining harakati yoki harakatsizligi natijasida uchinchi
shaxslarga (jismoniy va yuridik shaxslar) yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar
oldidagi javobgarligi hisoblanadi». Shuningdek, sug‘urta sohasidagi taniqli
iqtisodchi olim H.R.Sobirov javobgarlik sug‘urtasiga sug‘urtaning mustaqil
tarmog‘i sifatida qaraydi. Sug‘urta sohasidagi tajribali mutaxassislardan biri M.A.
Safronov javobgarlik sug‘urtasiga quyidagicha ta’rif beradi: «bir shaxs tomonidan
boshqa bir shaxs mulkiy manfaatlariga zarar yetkazish javobgarligini
sug‘urtalovchi ixtiyoriga o‘tishi tushuniladi».
Javobgarlikni sug‘urtalash sug‘urtaning mustaqil tarmog‘i bo‘lib, uning
paydo bo‘lganiga yuz yildan oshdi. Sug‘urta sohasining keyingi rivojlanish
bosqichlarida javobgarlikni sug‘urtalash jabhalari kengayib bordi va uning
qamrovi oshdi. Mazkur sug‘urtaning iqtisodiy mohiyati sug‘urtalanuvchining
uchinchi
shaxslarga
yetkazgan
zararlarini
to‘lab
berish
majburiyati
sug‘urtalovchilar zimmasiga yuklatilishi bilan izohlanadi. Bu o‘rinda,
sug‘urtalanuvchi sifatida har qanday mijoz, ya’ni jismoniy va yuridik shaxslar
bo‘lishi mumkin.
Javobgarlikni sug‘urtalash o‘zida mol-mulk va shaxsiy sug‘urta turlarinig
ayrim qirralarini namoyon etadi. Ya’ni, agar zarar yuridik yoki jismoniy
shaxsning mol-mulkiga yetkazilgan bo‘lsa mol-mulk sug‘urtasini; agar zarar
jismoniy shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan bo‘lsa, shaxsiy sug‘urta
turlarini qamrab oladi.
Javobgarlikni sug‘urtalashda sug‘urta ob’ekti bo‘lib, sug‘urtalanuvchining
uchinchi shaxslarga yetkazgan zararlarini qoplash bilan bog‘liq mulkiy manfaatlari
hisoblanadi. Sug‘urtalanuvchining uchinchi shaxslarga yetkazgan zararlarni
qoplash bilan bog‘liq javobgarligi tuzilgan sug‘urta shartnomasiga muvofiq
8
muayyan haq to‘lash evaziga sug‘urtalovchiga o‘tkaziladi, Sug‘urta hodisasi ro‘y
berganda, ya’ni sug‘urtalanuvchi uchinchi shaxslarga zarar etkazganda, bu zarar
sug‘urtalovchi tomonidan qoplanadi.
Javobgarlikni sug‘urtalash qoidalariga ko‘ra, javobgarlikni sug‘urtalash
shartnomalarida bir yillik javobgarlik limiti ko‘rsatiladi. Shuningdek, shartnomada
har bir sug‘urta hodisasi bo‘yicha ham javobgarlik limiti belgilanadi. Boshqa
sug‘urta tarmoqlariga nisbatan javobgarlikni sug‘urtalash ikkita asosiy vazifani
bajaradi:
birinchidan, sug‘urtalanuvchilarning yoki sug‘urtalangan shaxslarning
uchinchi shaxslarga yetkazgan zararlarini to‘lab berish bilan bog‘liq xarajatlar va
ularni moddiy yo‘qotishlardan himoya qilish;
ikkinchidan, esa jabrlangan shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplab berishni
ta’minlash.
Ushbu ob’ektiv vazifalardan kelib chiqib ko‘pchilik rivojlangan xorijiy
davlatlarda javobgarlikni sug‘urtalashning ayrim turlari majburiy ravishda amalga
oshiriladi. Sug‘urta turlarining bunday ravishda amalga oshirilishida aybdor
shaxslarning (yuridik va jismoniy shaxslar) xohish va imkoniyatlariga
qaramasdan davlat salohiyatli jabrlanuvchilarning zararlarini qoplab berishni
kafolatlaydi.
Dostları ilə paylaş: |