2-BOB. O’ZBEKISTONDA JAVOBGARLIKNI SUG’URTALASHNING
AMALIYOTI TAHLILI.
2.1 O’zbekistonda javobgarlikni sug’urtalashning ixtiyoriy turlarini
rivojlantirish tendensiyalari
Yuqorida ta’kidlangandek bozor erkin raqobat asosida shakllanishi lozim.
Hozirgi kunda milliy sug‘urta xizmatlari bozorida sog‘lom raqobat asosida 26 ta
sug‘urta tashkiloti o‘z faoliyatlarini olib bormoqdalar.
Oxirgi yillar davomida aholining sug‘urtaga bo‘lgan munosabatlari tobora
yaxshilanib, fuqarolarning sug‘urtalovchilarga bo‘lgan ishonchi ortib, sug‘urta
ishiga jiddiy yondoshilmoqda. Respublikamizdagi sug‘urta kompaniyalari
xodimlari professionalliklari ham sezilarli darajada oshdi. 1-jadvalda O‘zbekiston
sug‘urta bozorining asosiy ko‘rsatkichlari tahlili keltirilgan, 2016 yil yakunlariga
ko‘ra,
O‘zbekiston
sug‘urtalovchilari
tomonida
to‘plangan
sug‘urta
mukofotlarining yalpi hajmi, 2008 yildagi ko‘rsatkichning 7,8 baravaridan
ortiqrog‘ini tashkil etdi (1–jadval). Ta’kidlash joizki, sug‘urta bozorining real
o‘sishi ixtiyoriy va majburiy sug‘urta turlari hisobiga ta’minlandi.
Yalpi sug‘urta mukofotlari hajmining yalpi milliy mahsulotdagi ulushi,
sug‘urta bozori rivojlanishini ifodalovchi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkich
hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkich oxirgi yillarda 0,3% atrofidagi barqarorlikka
erishdi, bu mahalliy sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan
to‘lovga qobil talabning to‘liq qondirilganligidan dalolat beradi.
2016 yilning yakunlari bo‘yicha respublikadagi hamma sug‘urtachilar ustav
kapitallarining umumiy miqdori 443,1 mlrd. so‘m va 62,6 mln. AQSH dollaridan
ko‘proqni tashkil etdi (so‘mdagi qismining o‘sishi 2015 yilning shu davridagiga
nisbatan 110%dan ko‘proq).
2016 yilning yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda 26-ta cyg‘ypta kompaniyasi,
uchta sug‘urta brokeri, ikkita aktuar tashkilot, o‘n to‘rtta syurveyerlik va
adjasterlik tashkiloti hamda beshta assistans kompaniya faoliyat yuritgan.
Ko‘rsatib o‘tilgan sug‘urta kompaniyalarining 23-tasi o‘z faoliyatini umumiy
14
sug‘urta (Non Life Insurance) tarmog‘ida, uchtasi hayotni sug‘urtalash (Life
Insurance) tarmog‘ida amalga oshirgan.
Dostları ilə paylaş: |