1.2. Javobgarlikni sug’urtalashning tashkiliy-huquqiy asoslari.
Javobgarlikni sug‘urtalashning tashkiliy-huquqiy asoslari bozor iqtisodiyoti
sharoitida yuridik va jismoniy shaxslarning uchinchi shaxslar manfaatiga zarar
yetkazish xavfi kuchayadi. Bu xavfning ro‘y berishi natijasida yetkazilgan
zararni qoplash yuzasidan zarar yetkazgan shaxslarning javobgarligini sug‘urta
qilish mamlakatimizda o‘z rivojini topmoqda. O‘zbekiston Respublikasining
Fuqarolik kodeksida, «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida», 2002-yil 5- aprel.
«Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish
to‘g‘risida», 2008-yil 24-iyun. «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini
9
majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida», 2009-yil 24-iyun. hamda «Tashuvchining
fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi, 2015-yil 15-
sentabrdagi qonunlarda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
tegishli qarorlarida o‘z aksini topgan. Men ushbu bitiruv malakaviy ishimda
yuqorida qayd etilgan qonun va qarorlarni ilmiy o‘rganishdan oldin javobgarlikni
o‘zi nima va uning qanday turlari mavjud ekanligiga e’tiborimni qaratdim.
Javobgarlik o‘z mazmun-mohiyati jihatidan uchga bo‘linadi:
- ijtimoiy javobgarlik
- ma’naviy javobgarlik
- huquqiy javobgarlik
Ijtimoiy javobgarlik umumiy tushuncha bo‘lib, jamiyatdagi barcha
javobgarlikni o‘z ichiga oladi. Fuqarolarning o‘zaro muomalasida ahloqiy
normalarni buzilishi ma’naviy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Huquqiy
javobgarlik esa oqibatida yuzaga keladi.
Huquqiy javobgarlikning o‘zi bir qancha turlarga bo‘linadi. Jumladan,
intizomiy javobgarlik, ma’muriy javobgarlik, fuqarolik-huquqiy javobgarlik,
moddiy javobgarlik, jinoiy javobgarlik.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan javobgarliklar ichida fuqarolik-huquqiy
javobgarlik o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. Zero, javobgarlikni sug‘urtalash
fuqarolik-huquqiy javobgarlik bilan chambarchas bog‘liq. Bu javobgarlik, odatda,
bir shaxs tomonidan ikkinchi bir shaxsga mulkiy zarar etkazilganda yuzaga keladi.
Sug‘urta huquqida javobgarlikni sug‘urtalash quyidagi turlarga bo‘lish qabul
qilingan:
1. fuqarolik javobgarlikni sug‘urta qilish;
2. kasbiy javobgarlikni sug‘urta qilish;
3. shartnoma bo‘yicha majburiyatini bajara olmaslik javobgarligini
sug‘urta qilish
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, javobgarlikni sug‘urta
qilish mulkiy sug‘urta tarmog‘i tarkibiga kiradi: O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksining 915-moddasiga muvofiq quyidagilar sug‘urtalanadilar:
10
“fuqarolik javobgarligi xavfi - boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-
mulkiga zarar etkazilishi oqibatida yuzaga keladigan majburiyatlar bo‘yicha
javobgarlik, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, shuningdek shartnomalar
bo‘yicha javobgarlik xavfi”
2
.
Fuqarolik javobgarligi – bu qonunda (shartnomada) ko‘zda tutilgan majburiy
chora bo‘lib, jabrlanuvchining buzilgan huquqlarini tiklash, uni qoidabuzar
hisobidan qondirishda qo‘llaniladi. Fuqaroviy-huquqiy javobgarlikning mulkiy
tusga ega ekanligi uning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi: zarar (mulkiy yoki
jismoniy) etkazgan shaxs jabrlanuvchiga zararni to‘liq qoplab berishi lozim.
Qonunga ko‘ra, zarar deganda, huquqlari buzilgan shaxs huquqini tiklagani yoki
tiklashi uchun sarflanadigan mablag‘lar, uning mulki yo‘qolgani yoki
shikastlangani (real zarar), shuningdek, ushbu shaxs, agar uning huquqi
buzilmaganida, odatdagi fuqaroviy munosabatlarda olishi mumkin bo‘lgan foydasi
(boy berilgan foyda) tushuniladi. Biroq, agar qonunda yoki shartnoma shartlarida
(ya’ni cheklangan javobgarlik) ko‘zda tutilgan bo‘lsa, zararlar kamroq miqdorda
ham
qoplanishi
mumkin.
Masalan,
transport
qonunchiligida
transport
vositalarining deyarli barcha turlarida yuk tashuvchi javobgarligi uchun ma’lum
cheklovlar belgilangan: yuk tashuvchining javobgarligi, odatda, yuk qiymati va
tashish yo‘lkirasidan katta bo‘lmasligi kerak. Aksariyat xalqaro transport
kelishuvlarida yuk tashuvchining yuk, bagaj, yo‘lovchilarga zarar etkazilishi uchun
javobgarlikning limit (chegara)lari belgilanadi.
Fuqarolik-huquqiy javobgarlik ikki turga ajratiladi: shartnomaviy va
shartnomaviy emas. SHartnomaviy javobgarlik shartnomaviy majburiyatlar
bajarilmaganida yoki lozim darajada bajarilmaganida yuzaga keladi, shartnomaviy
emas javobgarlik esa – shartnomaviy majburiyatlar bajarilmasligi yoki lozim
darajada bajarilmasligiga bog‘liq bo‘lmagan tarzda zarar yetkazilganida yuzaga
keladi. Shartnomaviy bo‘lmagan javobgarlik aksariyat hollarda delikt javobgarlik
deb nomlanadi.
2
O’zbekiston respublikasi fuqarolik kodeksi. – T.: Adolat, 2012. – 301b.
11
Ta’kidlash zarurki, javobgarlikni sug‘urtalashning ushbu paragrafda ko‘rib
chiqilmagan yana bir qancha turlari mavjud. SHu nuqtai nazardan biz,
tadqiqotimizning keyingi bobini mamlakatimizda javobgarlikni sug‘urtalash
turlarini tahlil va ilmiy tadqiq qilishga bag‘ishlaymiz.
Fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilishning bosh ijtimoiy vazifasi
jabrlangan uchinchi shaxslarning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishdan iborat
va bu chet el mutaxassislari, olimlar va amaliyotchilar tomonidan ham qayd etiladi.
Uchinchi shaxslarga etkazilgan zararni qoplash, ma’lum turdagi zararlarni qoplash
majburiyligining qonuniy asosi singari, ushbu sohaning ichki mazmunini aks
ettiradi. Bundan tashqari, uning iqtisodiy mazmuni sug‘urta qildiruvchiga e’tirozlar
bildirish va belgilangan limit doirasida zararni qoplash holatining mavjudligida
namoyon bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini tartibga solish
bo‘yicha ancha samarali qonunchilik tizimi yaratilgan. Ushbu tizim umumiy
qonunchilik, maxsus sug‘urta qonunchiligi hamda qonun osti va idoraviy normativ
hujjatlar majmuini o‘z ichiga oladi. Mazkur sug‘urta huquqi tizimining mavjudligi
respublika sug‘urta bozorini rivojlantirish va takomillashtirish uchun asos bo‘lib
xizmat
qildi.
O‘z-o‘zidan
ravshanki,
amaldagi
qonunchilik
tizimi
respublikamizning rivojlanayotgan sug‘urta bozorini to‘laqonli tartibga solishni
ta’minlash uchun doimiy ravishda takomillashtirib borilishi lozim. SHuningdek,
sug‘urta faoliyatining turli masalalarini tartibga soluvchi qonunlar yaxlit tizimini
yaratish ustida izchil ish olib borilishi zarur.
O‘zbekiston Respublikasida javobgarlikni sug‘urta qilishni yanada
rivojlantirishni huquqiy ta’minlash ham yaqin xorij mamlakatlari, ham iqtisodiy
rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalangan holda tegishli qonun hujjatlarini
qabul qilishni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta qonunchiligini
xalqaro sug‘urta amaliyoti bilan muvofiq holatga keltirish zarur.
Dostları ilə paylaş: |