KIRISH
Mavzuning dolzarbligi
.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach,
jahon hamjamiyatida tutgan o‘rnini mustahkamlash yo‘lida eng avvalo iqtisodiy
barqarorlikni qo‘lga kiritish masalasini qo‘ydi. Bunda, iqtisodiyotning barcha
mavjud tarmoqlarini modernizatsiya qilish, yangilarini esa o‘ziga xos va jahon
talablariga mos ravishda tashkil etish ishlari boshlandi. Boshqa sohalar qatorida
sug‘urta sohasida ham tubdan yangilash va qayta tashkil etish chora-tadbirlari keng
qamrovda amalga oshirila boshlandi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab
amalga oshirilgan institutsional islohotlar jarayonida bozor iqtisodiyoti
munosabatlari tamoyillariga mos sug’urtalash tizimi shakllantirildi. Birich
Prezidentimiz
Islom
Karimov
ta’kidlaganidek,
“iqtisodiyotni
yanada
erkinlashtirish jarayonini tegishli bozor infratuzilmasi, ya’ni bank-moliya tizimi,
lizing, auditorlik, sug‘urta, injiniring va boshqa tuzilmalarni rivojlantirmasdan
turib amalga oshirish mumkin emas”
1
. Nisbatan qisqa davrda iqtisodiyotning
sug’urta sohasi faoliyatini tartibga solish va boshqarish uchun zarur bo’lgan
qonunchilik hujjatlari hamda tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlar yaratildi. Natijada,
so’ngi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotining sug’urta sektorida barqaror o’sish
sur’atlari kuzatilmoqda. Mamlakat moliya bozorida sug’urta tizimi o’zining
muhimligi va alohidа ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda sug‘urta bozorini rivojlantirish va tizimni
takomillashtirish borasida salmoqli ishlar olib borilmoqda. O‘zbekistonda sug‘urta
xizmati bozorini rivojlantirish, shuningdek aholining keng qatlamlari va xo‘jalik
subyektlarini sug‘urtada ishtiroklarini rag‘batlantirish maqsadida sug‘urta
kompaniyalari va iste’molchilarga qulay sharoitlar, soliq to‘lashda imtiyoz
yaratilgan. Ushbu bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi shundaki, bugungi kunda
bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni o’sishida sug’urta tizimining o’rni va roli
1
O‘zbekiston Respublikasi birich Prezidenti Karimov.I.A Mamlakatimizda demokratik
isloxotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. Xalq
so’zi 2010-yil 13-noyabr.
4
beqiyos. Shu nuqtai nazardan sug’urta bozorini rivojlantirish aholi, tadbirkor va
ishbilarmonlar uchun turli xildagi xizmat turlarini joriy etish va ulari sodir bo’lish
ehtimol bo’lgan zarar va baxtsiz hodisalardan himoyasini ta’minlash bugungi
kunning dolzarb masalalaridan biriga aylanmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, respublikamizda javobgarlikni sug’urtalashga
qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishning zarurligi ushbu
mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: |