Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning asosiy tamoyillaridan biri bu kuchli ijtimoiy
ustivor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda, tadbirkorlik tizimlarini, davlat
organlari vakillarini va aholi mulkiy manfaatlarini kafolatli sug‘urta himoyasini
ta’minlash sug‘urtani rivojlantirishning asosiy maqsad va vazifasi bo‘lib
Yuqori paragraflarda shu narsaga guvoh bo‘ldikki, sug‘urta xizmatlari
bozorida yig‘ib olingan sug‘urta mukofotlari asosan ixtiyoriy sug‘urta turlari
hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu albatta yaxshi, chunki bozor avalambor erkin raqobat
18
va ixtiyoriy sug‘urta turlari hisobiga rivojlanishi kerak. Biroq bozor iqtisodiyotiga
o‘tish sharoitida majburiy sug‘urtaning o‘rni beqiyosdir. Sug‘urta turlarining
bunday ravishda amalga oshirilishida ayibdor shaxslarning hoxish va
imkoniyatlariga qaramasdan davlat salohiyatli jabrlanuvchilarning zararlarini
qoplab berishni kafolatlaydi. Sug‘urta madaniyatining rivojlanmaganligi ham
sug‘urta turlarining majburiyligini belgilaydi.
Majburiy sug‘urta turlarini har bir mamlakat o‘zining milliy
qonunchiligidan, sug‘urtaning rivojlanish darajasi va boshqa omillaridan kelib
chiqib
joriy
qiladi.
Qator
rivojlangan
mamlakatlarda
javobgarlikni
sug‘urtalashning quyidagi turlari majburiy ravishda amalga oshiriladi. Jumladan:
Transport vositalari egalarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik
javobgarligini majburiy sug‘urtalash;
aviatransport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy
sug‘urtalash;
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash;
natoriuslar va natoriat tashkilotlarining fuqarolik javobgarligini majburiy
sug‘urtalash va boshqalar
.
tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish va
boshqalar.
Majburiy sug‘urtani amalga oshirishga qarab ikki turga bo‘lish mumkin. Bu
majburiy davlat sug‘urtasi va majburiy sug‘urta. Majburiy davlat sug‘urtasida,
sug‘urta hodisalari davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan majburiy sug‘urta
qilinadi. Majburiy sug‘urtada esa sug‘urtalash qonunchilik hujjatlari bilan jismoniy
va yuridik shaxslarga yuklanishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksida majburiy va majburiy davlat sug‘urtasi quyidagicha bayon etilgan:
«Qonunda quyidagilarni sug‘urta qilish majburiyati belgilab qo‘yilishi
mumkin:
19
qonunda ko‘rsatilgan boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulki
ularning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga zarar etkazilishi ehtimolini nazarda
tutib;
boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga zarar etkazilishi
yoxud boshqa shaxslar bilan tuzilgan shartnomalarning buzilish oqibatida yuzaga
kelishi mumkin bo‘lgan o‘zining fuqaroviy javobgarligi xavfi.
Sug‘urta qildiruvchi bo‘lish majburiyati qonun bilan unda ko‘rsatilgan
shaxslar zimmasiga yuklanadi.
Qonunda majburiy sug‘urtaning boshqa turlari ham belgilanishi mumkin.
Fuqaroga o‘z hayoti yoki sog‘lig‘ini sug‘urtalash majburiyati qonun bilan
yuklatilishi mumkin emas»
5
. Qonunchilik hujjatlarida majburiy davlat sug‘urtasi
quyidagicha ta’riflanadi;
«Fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini va davlatning manfaatlarini
ta’minlash maqsadida qonunda hayot, sog‘liq va mol-mulkning majburiy davlat
sug‘urtasi belgilab qo‘yilishi mumkin.
Majburiy davlat sug‘urtasi anna shu maqsadlar uchun davlat byudjetidan
ajratiladigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Majburiy davlat sug‘urtasi bevosita sug‘urta to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
asosida unda ko‘rsatilgan davlat sug‘urta tashkilotlari yoki davlatning boshqa
tashkilotlari (sug‘urtalovchilar) tomonidan amalga oshiriladi»
6
.
Majburiy sug‘urtalanishi lozim bo‘lgan ob’ektlar, ular sug‘urtalanishiga
sabab bo‘ladigan xavflar va sug‘urta pulining eng kam miqdorlari qonun hujjatlari
bilan belgilanadi.
2016 yil sug’urta xizmatlari bozorida yig’ib olingan sug’urta mikofotlari
tarkibida majburiy sug’urta turlarining miqdori 33084.2 mln.so’mni tashkil etgan.
Bu esa 2015-yilga nisbatan 10 660.9 mln.so’mga kamaygan.
5
O'zbekiston Respublikasi «Fuqarolik kodeksi»- T.: “Adolat” 1996 yil. 922-modda.
6 O'zbekiston Respublikasi «Fuqarolik kodeksi»- T.: “Adolat” 1996 yil. 961-modda.