2-jadval
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining fuqarolik javobgarligini majburiy
sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta summalarining eng kam miqdorlari
8
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektining tipi
Sug‘urta pulining eng kam miqdori
(eng kam oylik ish haqi miqdorlarida)
Birinchi
250000 (ikki yuz ellik ming)
Ikkinchi
50000 (ellik ming)
Uchinchi
10000 (o‘n ming)
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini identifikatsiyalash (tiplarga ajratish)
xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari davlat
8
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «Xavfli ishlab chiqarish
obyektlarining sanoat xavfsizligi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunini amalga
oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar haqidagi 2008 yil 10 dekabrdagi 271- sonli qarori.
28
reestrida hisobga olish, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida avariya
yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga hamda
atrof-muhitga zarar etkazganlik uchun xavfli ishlab chiqarish ob’ektlaridan
foydalanayotgan tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish
maqsadida
amalga
oshiriladi.
Xavfli
ishlab
chiqarish
ob’ektlarini
identifikatsiyalash sanoat xavfsizligi ekspertizasi doirasida xavfli ishlab chiqarish
ob’ektlaridan foydalanayotgan tashkilot yoki ekspert tashkiloti tomonidan amalga
oshiriladi.
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari uchun sug‘urta pulining eng kam
miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida sug‘urta shartnomasi
tuzilgan kunda belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorlari asosida hisoblab
chiqariladi. Bunda sug‘ura mukofoti sug‘urtalovchi tomonidan ishlab chiqilgan
tarif stavkalaridan va shartnomada belgilangan sug‘urta summasi miqdoridan kelib
chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Tarif stavkalari ishlab chiqarish sharoitlari va
hajmlarini, xavfli ishlab chiqarish ob’ekti joylashgan joyni, undan foydalanishning
boshqa omillarini, ob’ektda xavfli moddalarni muayyan hajmlarda olish, undan
foydalanish, uni qayta ishlash va saqlashni, sug‘urta tavakkalchiligi darajasini va
sug‘urta ob’ektining boshqa shart-sharoitlarini hisobga olgan holda sug‘urtalovchi
tomonidan belgilanadi. Sug‘urta shartnomasini tuzishda sug‘urtalanuvchi sug‘urta
mukofotini bir yo‘la yoki teng qismlar bilan har chorakda (sug‘urta badallari)
to‘lashi mumkin.
Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha quyidagilar qoplanmaydi:
a) ma’naviy zarar;
b) sug‘urtalanuvchi bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan shaxslarga, ular
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga binoan shartnoma (kontrakt)ga
muvofiq mehnat majburiyatlarini bajarayotganda etkazilgan zarar;
v) sug‘urtalanuvchi mulkiy huquqqa, xo‘jalik yurituvi huquqiga yoki tezkor
boshqarish huquqiga yoxud boshqacha qonuniy asosda (ijara huquqida, saqlash
shartnomasi bo‘yicha, ishonchnoma bo‘yicha, mulkni unga berish to‘g‘risidagi
29
tegishli organning farmoyishiga va shu kabilarga ko‘ra) unga tegishli bo‘lgan mol-
mulkka etkazilgan zarar;
g) sug‘urtalanuvchining neustoyka (jarima, penya) to‘lash, uning kafolatli va
shunga o‘xshash majburiyatlarni bajarishi, shartnoma majburiyatlarini
bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi bilan bog‘liq holda ko‘rgan
zararlari;
d) yo‘qotilgan foyda.
Sug‘urta shartnomasi sug‘urtalanuvchining sug‘urtalovchi tomonidan
belgilangan shaklga muvofiq rasmiylashtirilgan yozma arizasi asosida
rasmiylashtiriladi. Sug‘urtalanuvchi arizada sug‘urtalovchi tomonidan qo‘yilgan
masalalarga muvofiq aniq va to‘liq ma’lumotlarni ko‘rsatishi shart. Sug‘urta
to‘g‘risidagi arizaga sug‘urtalanuvchi, jumladan, sanoat xavfsizligi sohasidagi
maxsus vakolatli davlat organi talablaridan, sug‘urtalanuvchi tomonidan
foydalaniladigan xavfli ishlab chiqarish ob’ektining identifikatsiyasidan iborat
bo‘lgan sanoat xavfsizligi ekspertizasi xulosasini ilova qiladi. Sug‘urtalanuvchi
sug‘urta shartnomasini tuzish uchun taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va
to‘liqligi uchun javobgardir.
O‘zbekiston Respublikasining «Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat
xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonuning qabul qilishini mamlakatimizda bu boradagi
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni shuningdek, yuridik va jismoniy
shaxslarning manfaatlarini himoya qilishda muhim mexanizm bo‘lib xizmat qilishi
tabiiydir.
Majburiy sug‘urta turlarini joriy qilish orqali davlat o‘zining ijtimoiy-
iqtisodiy muammolarini barta’raf etishi mumkin.
SHuningdek, sug‘urta sohasidagi qonunchilikni takomillishtirish, hamda
majburiy sug‘urta turlarini joriy etish orqali davlat quyidagi natijalarga erishishi
mumkin:
bosqichma-bosqich davlat o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy himoya bilan bog‘liq
muammolarni iqtisodiyotning biznes sohasiga topshirishi;
30
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, davlatning iqtisodiyotdagi
ishtirokini izchil kamaytirib borish;
byudjetning ijtimoiy xarajatlar qismiga tushadigan og‘irlikni engilashtirish;
sug‘urta tashkilotlari mablag‘larini ijtimoiy-iqtisodiy himoya bilan bog‘liq
masalalarga yo‘naltirish;
yuqoridagi chora-tadbirlarni qo‘llash orqali bo‘shagan pul mablag‘larni
sog‘liqni
saqlash,
infratuzilmani
rivojlantirish,
shuningdek,
sug‘urta
tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish kabi maqsadlarga sarflashda
foydalanish mumkin.
Aytish kerakki, majburiy sug‘urtalash yurtimiz moliya bozorini jonlantirish
barobarida aholining ijtimoiy muhofazasini yanada mustahkamlashda ham katta rol
o‘ynaydi. SHu bois ishonch bilan ayta olamizki, mamlakatimizning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishida sug‘urta amaliyoti, xususan majburiy sug‘urtaning
ahamiyati kattadir. Majburiy sug‘urta turlarining qamrovligini hisobga oladigan
bo‘lsak, bu o‘z o‘rinda sug‘urtaning rivojlanishiga va keng omma orasida
tarqalishiga imkoniyat yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |