sug‘urta xizmatlari bozorida javobgarlikni sug‘urtalashning umumiy holati,
32
ixtiyoriy va majburiy turlarini tahlil va tadqiq qilish bo‘yicha quyidagi xulosalar
chiqaramiz:
- yuqorida keltirilgan jadval ma’lumotlari tahlili natijalariga ko‘ra
javobgarlikni sug‘urta qilish bo‘yicha barcha ko‘rsatkichlar, ya’ni sug‘urta
mukofotlari, sug‘urta shartnomalari, sug‘urta qoplamalari va sug‘urta javobgarligi
hajmi boshqa sug‘urta turlariga nisbatan unchalik katta emas;
- sug‘urta xizmatlari bozori asosan ixtiyoriy sug‘urta turlari hisobiga
shakllanayotganligini ta’kidlaymiz, unda javobgarlikni sug‘urtalash ko‘rsatkichlari
hali hamon patsligicha qolmoqda;
- sug‘urta mukofotlarining har yili o‘sish tendensiyasi kuzatilayotgan bir
paytda qayta sug‘urta mukofotlarining o‘sishi ham tabiiydir, shu sababli milliy
sug‘urta xizmatlari bozorida yig‘ilgan sug‘urta mukofotlarining mamlakatimiz
ravnaqi yo‘lida sarflash, shuningdek, davlat tomonidan sug‘urta xizmatlari
bozorini yanada rivojlanishi uchun milliy qayta sug‘urta tashkilotini jumladan,
davlat kapitali ishtirokidagi qayta sug‘urta tashkilotini tashkil etishni taklif etamiz;
- kasb egalarining (notariuslar va auditorlarning) qonunchilik asoslariga
ko‘ra fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash tartibini belgilab beruvchi hukumat
qarorlarini qabul qilish maqsadga muvofiq bo‘lardi;
- kasbiy javobgarlik sug‘urtasini yanada rivojlantirish uchun kasb
egalarining milliy uyushmalari bilan birgalikda o‘zaro sug‘urtalash jamiyatl
-
transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalashda,
zararlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qoplab berish mexanizmini qo‘lashni taklif etamiz;
arini tashkil etishni taklif etamiz;
- transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi bo‘yicha
sug‘urta tashkilotlarida sug‘urta ekspertizasi ishlari qoniqarli darajada emas.
Transport vositalari zararlanganda zarar miqdorini aniqlash bo‘yicha malakali
mutaxasissislar etishmaydi. SHundan kelib chiqqan holda sug‘urta tashkilotlarida
sug‘urta ekspertizasini takomillashtirishni taklif etamiz;
- majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha yig‘iladigan sug‘urta mukofotlarining
katta miqdorlarni tashkil etishini hisobga olgan holda, yig‘ilgan sug‘urta
33
mukofotlarini davlat kapitali ishtirokida yangi tashkil etiladigan milliy qayta
sug‘urta tashkilotida sug‘urtalashni tashkil etish va rag‘batlantirish lozim.
Endi mantiqiy fikrlashning tegishli qoidalariga rioya qilgan holda,
tadqiqotimizning
uchinchi
bobini
javobgarlikni
sug‘urtalash
turlarini
takomillashtirish istiqbollariga bag‘ishlaymiz.