Tadqiqot obyekti va predmeti. Sug’urta tashkilotlarining yuridik va
jismoniy shaxslarning uchinchi shaxslarga zarar yetkazish bilan bog’liq mulkiy
manfaatlarini sug’urtalash borasidagi faoliyati mazkur bitiruv malakaviy ishining
obyekti xisoblanadi.
Javobgarlikni sug’urtalash jarayonida sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchi
o’rtasida vujudga keladigan moliyaviy munosabatlar ushbu bitiruv malakaviy
ishining predmeti sanaladi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash
sharoitida lavobgarlikni sug’urtalash bozorini amal qilish mexanizmini
takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan
iborat.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari:
- Javobgarlik sug’urtasining ijtimoiy-iqtisodiy moxiyatini yoritish va
tavsiflash;
- Javobgarlik sug’urtasining tashkiliy-huquqiy jihatlarini baxolash va
takomillashtirish yo’nalishlarini aniqlash;
- Fuqarolik javobgarligini sug’urtalashning zarurligini asoslash;
- Javobgarlik sug’urtasining asosiy klass (tur)lari bo’yicha tasniflash;
- Kasbiy javobgarlikni sug’urtalashning huquqiy asoslarini baxolash va
takomillashtirishga qaratilgan ilmiy takliflar ishlab chiqish;
- Jaxon amaliyotida javobgarlik sug’urtasining iqtisodiy-tashkiliy asoslarini
tahlil qilish asosida uning ilg’or tajribalarini respublikamizda ijobiy qo’llashga
qaratilgan tavsiyalar tayyorlandi;
|