211
2.Faraz
qilaylik, B mamlakatning hukumati o’z
valyuta kursini A
mamlakatning milliy valyutaga nisbatan barqarorlashtirib olmoqchi. A
mamlakatdagi inflyatsiyaning sur’ati yiliga 5%ni tashkil etadi.
a)
B mamlakatda bu maqsadga erishish uchun inflyatsiya sur’ati qanday
bo’lish kerak?
b)
Uzoq muddatli davrda pul aylanish tezligi o’zgarmasa va ishlab
chiqarishning o’sish sur’ati 3%ni
tashkil etsa, valyuta kursini barqarorlashtirish
uchun pul massasining o’sish sur’atlari qanday bo’lishi kerak?
* * *
3.Quyidagi jadvalda Evroga bo’lgan talab va taklif keltirilgan:
Evroning
bahosi
(dollarda)
Evroga bo’lgan talab (mln.
evro)
Evroning taklifi (mln. evro)
1,5
200
300
1,4
220
270
1,3
240
240
1,2
260
210
1,1
280
180
a)
Dollar va Evroning barqaror valyuta kurslarini aniqlang.
b)
Valyuta bozorida dollar va Evro qanday hajmda sotib olinadi?
4.
Faraz qilaylik, personal kompyuterning narxi AQShda 1000 dollar,
Germaniyada esa 4000 evro. Agar nominal ayirboshlash kursi 1 evro = 1,4 dollarni
tashkil etsa, unda Amerika dollarning real ayirboshlash kursi qanday bo’ladi.
* * *
5.
Xarid qobiliyati paritetiga ko’ra agar Frantsiyada televizor 500 evro
va Xitoyda 2000 yuanga sotilsa, unda nominal ayirboshlash
kursi - bir birlik
evroning yuan miqdorida ifodalangan bahosi - qanday bo’ladi?
* * *
6.
O’zbekistonda bir yillik inflyatsiya sur’ati -7%, Qozog’istonda
nominal foiz stavkasi 16%ni, bir yillik inflyatsiya sur’ati esa 12%ni tashkil etadi.
212
Bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga kapital quyilishi bo’lmasligi uchun
O’zbekistonda nominal foiz stavkasi nechaga teng bo’lishi kerak.
* * *
7. B mamlakatning hukumati o’z valyutaning
ayirboshlash kursini A
mamlakatning milliy valyutasiga nisbatan barqarorlashtirib olmoqchi. A
mamlakatdagi bir yillik inflyatsiya sur’ati 5%ni tashkil etadi.
a)
bu maqsadga erishish uchun B mamlakatdagi inflyatsiya sur’ati
qanday bo’lishi kerak?
b)
muomaladagi pul aylanish tezligi o’zgarmasa va real ishlab chiqarish
hajmining bir yillik o’sish sur’ati 3%ni tashkil etsa, uzoq muddatli davrda valyuta
kursini barqarorlashtirish uchun pul massasining o’sish sur’ati qanday bo’lishi
kerak?