O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   110
makroiqtisodiyot

grafigi grafigi
Shunday qilib, yuqoriroq daromad yuqoriroq foiz stavkasiga olib keladi va 
buni LM egri chizig’i aks ettiradi. U pul bozorida foiz stavkasi va daromad 
o’rtasidagi munosabatlarni ko’rgazmali tarzda ifodalaydi. Daromad darajasi 
qancha baland bo’lsa, pulga bo’lgan talab shuncha yuqori va shunga muvofiq 
muvozanatli foiz stavkasi ham shuncha yuqori bo’ladi. 
LM egri chizig’i o’ziga xos konfiguratsiyaga ega: gorizantal qism va vertikal 
qism. LM egri chizig’ining gorizantal qismi foiz stavkasi R ning minimal 
darajasidan pasaya olmasligini anglatsa, vertikal qism foiz stavkasi R ning 
maksimal darajasi chegarasidan tashqarida hech kim o’z mablag’larining likvid 
(pul) shaklida ushlab turmasligini va ularni qimmatli qog’ozlarga aylantirishini 
anglatadi. 
LM egri chizig’i tenglamasi pulga talab funktsiyasini R va Y ga nisbatan 
echib topiladi. 
R ga nisbatan LM egri chizig’i tenglamasi quyidagicha: 
R=(k/h)Y - (1/h) (M/P). 


135 
Y ga nisbatan LM egri chizig’i tenglamasi quyidagicha: 
Y = (1/k) (M/P) + (h/k) R. 
k/h koefitsenti LM egri chizig’ining Y o’qiga nisbatan og’ish burchagini 
xarakterlaydi hamda fiskal va pul kredit siyosatining nisbiy samaradorligini 
baholaydi.
Shunday kilib, LM egri chizig’i o’zgarmas narxlar sharoitida pul vositalari 
bozorida vujudga keladigan foiz stavkasi va daromadlar darajasining 
kombinatsiyalarini ko’rsatadi. LM egri chizig’ining har bir nuqtasida pul bozorida 
talab va taklif o’zaro teng bo’ladi. 
 
13.4. IS-LM modelida makroiqtisodiy muvozanat 
IS-LM egri chiziqlari kesishadigan nuqta IS-LM modelidagi iqtisodiy 
muvozanat holatini ko’rsatadi. 
Bu nuqta o’zida shunday foiz stavkasi «R» ni va daromad darajasi «Y» ni 
aniqlaydiki, bunda tovarlar va xizmatlar bozorida talab va taklif hamda real pul 
mablag’lariga bo’lgan talab va ularning taklifi o’zaro teng bo’ladi. (27-chizma.)

LM
R*
IS 
Y* Y

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin