13.3. LM - egri chizig’i va uning tenglamasi. LM egri chizig’i o’zgarmas narxlar sharoitida pul vositalari bozorida vujudga
keladigan foiz stavkasi va daromadlar darajasi o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni aks
ettiradi. LM egri chizig’ining har bir nuqtasida pulga talab M
d
pul taklifi M
s
ga
teng bo’ladi (liquidity Preferense = Money Supply). Pul bozorida bunday
muvozanatga daromad Y ning oshishi bilan foiz stavkasi R ko’tarilsagina
erishiladi.
Ma’lumki, pulga talab miqdoriga foiz stavkasidan tashqari daromadlar
darajasi ham ta’sir ko’rsatadi. Daromadlar yuqori bo’lsa, xarajatlar ham ko’p
bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida iste’mol va boshqa xarajatlar uchun pulga talabni
oshishiga olib keladi. Shunday qilib, daromadlar darajasining yuqoriroq bo’lishi
pul talabini oshiradi. Boshqacha aytganimizda, daromad va pulga talab dinamikasi
o’rtasida to’g’ri bog’liqlik mavjud.
Pulga talab funktsiyasini quyidagicha yozamiz:
M/R= f(R;U)
Pul bozori holatini belgilovchi ko’rsatkichlar o’rtasidagi bunday o’zaro
munosabatlarni 25-, 26-chizmalarda tasvirlaymiz.
25-chizmadan ko’rinib turibdiki, pulga bo’lgan talab, foiz stavkasi pasayishi
bilan, shuningdek, daromadlar ko’payishi natijasida ham oshadi. Daromadlarning
oshishi natijasida pulga talab egri chizig’i M
d1
yuqori surilib, Md
2
holatini
egallaydi va unda pul bozoridagi muvozanat nuqtasi, r
1
holatidan r
2
holatiga o’tadi.
Narxlarning o’zgarishi hamda pul taklifi hajmidagi o’zgarishlar LM egri
chizig’ining o’ngga yoki chapga siljishiga olib keladi
134
R R
LM
R1
R2 M
d1
muvozanat
M
d2
M M Y1 Y2 Y
P P
25-chizma. Pul bozoridagi 26-chizma. LM egri chizig’i