149
Iqtisodiy o’sishning salbiy oqibatlaridan
biri aholini ijtimoiy, mulkiy
tabaqalanishi kuchayishi hisoblanadi. Shuning uchun
xam davlat aholi turli
qatlamlarini himoya qilish maqsadida ijtimoiy siyosatlarni olib boradi.
Daromadlar darajasi bo’yicha tabaqalanishni aniqlash uchun, dastlab,
aholi
daromadlari miqdori aniqlanadi. Aholi daromadi ish haqi, dividentlar va
foizlardan, shuningdek, transfert to’lovlaridan tashkil topadi. Daromadlar kengroq
ma’noda pulsiz yoki imtiyozli narxlarda axoli oladigan tovarlar va ta’lim, sog’liqni
saqlash, uy-joy kommunal xo’jaligi, transport va boshqa xizmatlar bo’yicha
imtiyozlar ko’rinishidagi to’lovlarni ham o’z ichiga oladi.
Ish haqi, dividentlar va foizlarni ishlab chiqarishda
bevosita qatnashganlar
daromadlar
taqsimlanishi
natijasida
oladilar.
Davlat
daromadlarning
taqsimlanishiga ish haqining eng kam miqdorini qonuniy ravishda o’rnatish orqali
ta’sir ko’rsatadi. Eng kam ish haqi ushbu mamlakatda tarkib topgan turmush
sharoitiga bog’liq bo’lib, eng kam iste’mol byudjetb asosida aniqlanadi.
Davlat daromadlarning qayta taqsimlanishini asosan ikki xil tayanch vositalar
yordamida amalga oshiradi:
1. Soliq tizimi;
2. Transfert dasturlari.
Davlat transfert dasturlaridan tashqari yana bir
qator nodav lat va jamoat
dasturlari ham mavjud. Davlat va nodavlat tashkilotlari transfert dasturlarining
barcha
turlari yagona maqsadga, ya’ni, aholi daromadlarini tenglanggirishga
yo’naltirilgan.
Daromadlar taqsimlanishining tengsizligini ifodalash uchun ko’p
hollarda
Lorents egri chizig’i grafigidan foydalaniladi.