144
ΔY/Y= ΔA/A+
α
x ΔK/K+ (1-
α
) x ΔL/L
Bunda
α
koeffitsienti ishlab chiqarilgan
mahsulotda kapital hissasini, (1-
α
) -
mehnat hissasini ko’rsatadi.
Faraz qilaylik, milliy mahsulotda kapital hissasi 0,3 ni, mehnat hissasi esa 1-
0,3 = 0,7 ni tashkil etsa, unda kapital (ΔK/K) va mehnatning (ΔL/L) 10% ga
qo’shimcha o’sishi ishlab chiqarish hajmining ham 10 % ga qo’shimcha o’sishiga
olib keladi. (0 ,3 x 10 % + 0,7 x 1 0% = 3% + 7% = 10%). Ya’ni, iqtisodiy o’sish
ekstensiv omillar hisobiga ro’y bergan. Ammo, iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi
intensiv omillar hamma vaqt ham qadrlangan
va iloji boricha ulardan
foydalanishga harakat qilinadi. Shuning uchun ham davlat iqtisodiy o’sishni
qo’llab-quvvatlash maqsadida, fan-texnikaning istiqbolli yo’nalishlarini belgilash,
xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, soliq
mexanizmi va tizimini iloji
boricha ixchamlashtirish kabi ishlarni olib boradi.
Dostları ilə paylaş: