159
2. Daromaddagi kapital hissasi 40%ni tashkil qiladi. Ishlab chiqarish
omillarining umumiy unumdorligi bir yilda 3%ga, ishchilar soni esa 1,3%ga
o’sayapti, iqtisodiy o’sish yiliga 6%ni tashkil etayapti. Kobb - Duglas funktsiyasi
asosida kapitalning bir yillik o’sish sur’atini aniqlang.
* * *
3. Iqtisodiyotdagi YaIM 104%ga, ishchilar soni 1,1%ga, kapital hajmi esa
1,0% o’sdi. Daromaddagi mehnat hissasi 60%ni tashkil etadi. Iqtisodiy o’sishda
ekstensiv va intensiv omillarining ulushini aniqlang.
* * *
4. Iqtisodiyotda daromaddagi kapital hissasi 50%ni tashkil etadi.
Boshlang’ich (dastlabki) kapital bilan ta’minlanganligi kapitalning 16
birligini
tashkil qiladi, daromadning 25%i jamg’ariladi, kapitalxizmat qilishining o’rtacha
muddati - 20 yil. Boshlang’ich va barqaror holatdagi bir ishchiga to’g’ri keladigan
mehnat unumdorligini, iste’mol va investitsiya hajmini, hamda kapital bilan
ta’minlanganlikning barqaror darajasini aniqlang.
* * *
5. Mamlakatdagi YaIMning real o’sishi yiliga 4%ni tashkil etadi.
Asosiy
fondlarning umumiy qiymati YaIMdan uch baravar ko’proqdir.
Bir yilda
kapitalning ishdan chiqib ketishi YaIMning 15%ini tashkil etadi. Umumiy
daromaddagi mehnatninghissasi 60%ga teng. Jamg’arma sohasida iqtisodiy
siyosatning choralarini aniqlang.
* * *
6. Mamlakatdagi YaIMning real o’sishi yiliga 4%ni tashkil etadi. Asosiy
fondlarning umumiy qiymati YaIMdan uch baravar ko’proqdir. Bir yilda
kapitalning ishlab chiqarishdan chiqib ketishi YaIMning 15%ni tashkil etadi.
Umumiy daromaddagi mehnatning hissasi 60%ga teng. Jamg’armaning optimal
me’yorini ("Oltin qoida"ga to’g’ri keladigan jamg’arma me’yorini), kapital bilan
ta’minlanganlikning barqaror darajasini va bir ishchiga to’g’ri keladigan
daromadni aniqlang (A = 1).
160
* * *
7. Ishlab chiqarish funktsiyasining ko’rinishi Y = K
L
1-
,
= 0,5,
mehnat
birliklarning miqdori 16, kapital birliklarning miqdori esa 9. Mehnat va kapital
egalarining daromadini aniqlang.
* * *
8. Ishlab chiqarish funktsiyasining ko’rinishi Y = K
1/2
L
1-1/2
, mehnat
birliklarning miqdori 25, kapital birliklarning miqdori esa 100. Agar muvozanatli
foiz stavkasi sharoitida davlat xarajatlari 8ga, jamg’arma esa 10 ga teng bo’lsa,
ishlab chiqarilgan mahsulotning taqsimlanishi qanday bo’ladi?
* * *
9. Ishlab chiqarish funktsiyasining ko’rinishi Y = AK
L
1-
,
= 1/3, mehnat
birliklarining miqdori 8, kapital birliklarining miqdori esa 64. Ishlab chiqarish
omillarining umumiy unumdorligi 60 ga teng. Ishlab chiqarish hajmini aniqlang.
* * *
10. Ishlab chiqarish funktsiyasining ko’rinishi Y = K
1/2
L
1-1/2
, mehnat
birliklarining miqdori 100, kapital birliklarning miqdori esa 36. Agar muvozanatli
foiz stavkasi sharoitida iste’mol 40ga, investitsiyalar esa 12 ga teng bo’lsa, davlat
xarajatlarining hajmini aniqlang.
* * *
11.
Faraz qilaylik, novvoyxonada nonning narxi - 80 so’m, bir soatlik ish
haqi esa 160 so’mni tashkil etadi. o’z foydasini maksimallashtirish uchun
novvoyxonaning qo’shimcha ishchilarni ishga qabul qilish sharti qanday bo’ladi?
Dostları ilə paylaş: