162
Tashqi savdo xalqaro ayirboshlashning an’anaviy shakli sifatida quyidagi
ko’rinishlarni o’z ichiga oladi:
• mahsulotlarni ayirboshlash: yoqilg’i-xom ashyo mahsulotlari, qishloq xo’jaligi
mahsulotlari, sanoat mahsulotlari;
• xizmatlarni ayirboshlash: muxandislik-maslahat xizmatlari;
• transport xizmatlari, sayyohlik va boshqa xizmatlar.
• yangi ilmiy-texnik ma’lumotlarni ayirboshlash: litsenziyalar va «nou-xou»lar.
Xalqaro savdo mahsulotlari, xizmatlar va fan-texnika ma’lumotlarini
ayirboshlashning barcha ko’rinishlari tashqi savdo operatsiyalari yordamida
amalga oshiriladi. Ular o’z navbatida eksport, import, reeksport va reimport
operatsiyalariga bo’linadi.
Eksport operatsiyasi - mahsulotlarni chet mamlakatlarga chiqarish.
Import operatsiyasi - mahsulotni xorijiy sherikdan sotib olish va uni
mamlakatga olib kelish.
Reeksport operatsiyasi - avval import qilingan va qayta ishlov berilmagan
mahsulotni chet elga olib chiqib sotish.
Reimport operatsiyasi - avval eksport qilingan va u erda qayta ishlov
berilmagan mahsulotni chet elda sotib olish va mamlakatga olib kelish.
Dostları ilə paylaş: