163
oladi. Chunki bu tovarlar ularni ishlab chiqarishda mutlaq afzallikka ega bo’lgan
davlatlarda ancha arzon ishlab chiqarilgan bo’ladi. Natijada har ikki davlat ham
kam resurs sarflab ko’proq mahsulotga ega bo’ladi. Masalan, O’zbekiston asosan
paxta mahsulotlarini etishtirishga ixtisoslashganligi uchun boshqa mahsulotlarga
nisbatan ko’prots shunga e’tiborni qaratish lozim. Chunki, O’zbekiston
qishloq
xo’jaligi, ob-havosi va qolavsrsa, butun respublika sharoiti paxta etishtirishga
moslashgan va unga kam miqdorda mehnat va moliyaviy
resurslarni sarf qilib,
yuqori hosil olish texnologiyasiga ega. Shuningdek, boshqa mamlakatlar ham o’zi
ixtisoslashgan sohaga ko’proq e’tiborni qaratishsagina dunyo bo’yicha ko’proq
mahsulot ishlab chiqariladi va xalqaro savdoda ham katta muvaffaqqiyatlarga
erishish mumkin. Demak, shu yo’l bilan dunyo aholisining talablarini maksimum
qondirish imkoniyatiga erishiladi.
Ammo qaysidir mamlakat hech qaysi mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha
dunyoda mutlaq afzallikka ega bo’lmasligi mumkin. Bu esa shu mamlakat hamma
tovarlarni chetdan keltiradimi degan savolni tug’diradi. Agar shunday bo’lsa
importni bu mamlakat qaysi mablag’lar hisobiga moliyalashtiradi. Bu savolga
javob berish borasida mutlaq afzallik nazariyasi boshi berk ko’chaga kirib qoladi.
D. Rikardo A. Smitning «Mutlaq afzallik» nazariyasini
yanada mulohaza
qilish natijasida ushbu nazariya umumiy qoidaning bir qismi ekanligini isbotlab
berdi. D. Rikardo «Siyosiy iqtisodning boshlanishi va soliqlar» nomli asarida
klassik nazariyani boshi berk ko’chadan olib chiqadi. Uning fikricha, mamlakatlar
ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashda yoki ko’proq afzallikka ega bo’lgan
yohud kamroq zaiflikka ega bo’lgan mahsulot ishlab
chiqarish va sotishga
ixtisoslashsalar maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunday vaziyatlarda ikki mamlakat
o’rtasidagi savdo ko’proq imkoniyatlar olib keladi.
Har bir mamlakat o’zi ixtisoslashgan mahsulotlarni ishlab chiqaradi va shu
orqali yutuqlarga erishadi. Uning mulohazalari “Nisbiy afzallik nazariyasi”da o’z
echimiga ega bo’ldi. Masalan, Portugaliyada
ishlab chiqarilgan movut va
164
Angliyada ishlab chiqarilgan vino individual xarajatlarga ega bo’lsin. Shuni
hisobga olgan holda D. Rikardoning “Nisbiy afzallik nazariyasi”ni qo’llaymiz:
Ishlab chiqarish uchun zarur bo’ladigan mehnat birligi miqdori;
Dostları ilə paylaş: