182
Eksport subsidiyalari turli shakllarda qo’llaniladi. Bularga:
- eksportyor firmalarga yoki xorijiy sheriklarga past foizli kreditlar berish;
- reklama xarajatlarini davlat hisobidan qoplash, bozor konyukturasi haqida
tekin
axborot etkazib berish;
-
firmalarga ishlab chiqarish hajmidagi eksport ulushiga muvofiq soliq
imtiyozlarini berish;
- bevosita subsidiyalash kiradi.
Amaliyotda
eng
ko’p
subsidiya
oluvchi
tarmoq
qishloq
xo’jaligi hisoblanadi.
Eksport subsidiyalarining berilishi milliy ishlab
chiqaruvchilarining tashqi
bozorda raqobatbardoshligini oshiradi. Ammo importyor davlatlar tomonidan
kiritiladigan kompensatsion import bojlari bu yutuqni yo’qqa chiqarishi mumkin.
Oqibatda eksportyor davlat byudjeti yo’qotishga
uchraydi, importyor davlat
byudjeti esa qo’shimcha daromad ko’radi. Bu tadbir
dempingga qarshi kurash
ko’rinishlaridan biridir. Dempingga karshi qaratilgan bojlar jahon amaliyotida keng
qo’llanilib, o’zida qo’shimcha import bojlarini aks ettiradi.
Ular odatda, jahon
narxlaridan yoki import qilayotgan mamlakat ichki narxlaridan past narxlar bo’yicha,
eksport qilinayotgan mahsulotlarga o’rnatiladi. Bu bojlarni belgilash haqidagi qarorni
xalqaro sud mahalliy ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar murojaatidan so’ng chiqaradi
xamda uning miqdorini va to’lash tartibini belgilaydi. Masalan, dempingga qarshi bojlar
o’z valyuta resurslarini to’ldirish maqsadida jahon bozoriga
xom ashyo resurslarini
eksport qilishni ko’paytirgan sobiq ittifoqdosh respublikalarga nisbatan faol
qo’llanilmoqda.
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash eksport kvotalarining bir turi bo’lib, xorij
mamlakatlarining ayrim mamlakatlarga "ixtiyoriy"
eksport miqdorlarini
cheklashdan iborat. Bu erda «ixtiyoriy so’zi» shartli xarakterga ega. Chunki,
eksport qilayotgan mamlakat savdo siyosatida o’z hamkorlari tomonidan birorta
noxushlikka duch kelmasligi uchun eksport miqdorini cheklaydi.
Ihtiyoriy ravishda eksportni cheklash ikki xil xususiyatga ega:
183
1.
Ihtiyoriy ravishda eksportni cheklash milliy iste’molchilar
uchui tarif va
kvotalarni bslgilashga nisbatan ancha sezilarsiz. Shuning uchun iste’molchilar
ularni e’tiborsiz qabul qiladilar va xukumatga norozilik bildirmaydilar.
2.
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida xorij iste’molchilari ular
sotib olayotgan eksport mahsulotiga yuqoriroq narx belgilashlari mumkin.
Shunday qilib, xorijliklar ihtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida
eksportyor ko’rgan yo’qotishlarni narxlarni oshirish hisobiga qoplashadi.
Dostları ilə paylaş: