174
30- chizma. Import tariflari kiritilishi natijalari
Import tariflari joriy qilingunga qadar ichki ishlab chiqarish hajmi S
1
,
ichki talab xajmi esa D
1
teng bo’lgan, talab va taklif o’rtasidagi farq (D
1
-S
1
)
import hisobiga qoplangan. Mamlakat iqtisodiyoti yopiq bo’lganida edi, narxlar
darajasi Re ga teng bo’lgan bo’lar edi hamda talab
va taklif muvozanati E
nuqtada o’rnatilgan bo’lardi. Mamlakat iqtisodiyoti ochiq bo’lgani va importga
cheklovlar yo’qligi tufayli milliy bozordagi narxlar jahon bozori narxlari Rw
bilan bir xil. Importga tarif joriy qilinishi natijasida ichki narxlar P
W
dan R
d
ga
qadar ko’tariladi. Endi:
Import qilinadigan tovarning ichki narxi = Jahon bozoridagi narxi + (Jahon
bozoridagi narxi x tarif stavkasi).
Oqibatda iste’molchilar ma’lum bir yo’qotishlarga duch keladilar. Bu
yo’tqotishlar grafikda a , b , s , d sohalar bilan ko’rsatilgan.
Narxlarning ko’tarilishi ilgari raqobatbardosh bo’lmagan ayrim ichki
ishlab chiqaruvchilar uchun ham foyda ko’rib ishlashga imkon beradi. Umuman
shu sohada band milliy ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish hajmini S
1
dan S
2
ga qadar oshiradi va S
2
-S
1
hajmdagi mahsulot R
d
narxda sotiladi. Shu hajmdagi
mahsulotni iste’molchilar oshirilgan narxda sotib
oladilar va a sohaga teng
yo’qotishga duch keladilar. Ammo, bu yo’qotish ichki ishlab chiqaruvchilarning
o’sgan foydasiga aylanadi.
175
Narxlarning o’sishi oqibatida iste’molchilar ko’rilayotgan tovar iste’moli
hajmini D
1
dan D
2
qadar qisqartiradi. Bu yo’qotish grafikda d soha bilan
ko’rsatiladi va u xech kimning foydasi bilan qoplanmaydi.
S
2
- D
2
oraliq tarif joriy qilingandan so’ngi import hajmi bo’lib, shu hajmda
tovarni iste’molchilar ilgarigidan yuqori narxda sotib oladilar. Buning
natijasida ular turmush darajasidagi yo’qotish ro’y beradi. Bu yo’qotish
grafikda s soha bilan belgilangan bo’lib, u davlat byudjetiga borib tushadi.
Ya’ni, bu sohadagi iste’molchilarning yo’qotishi davlatning foyda ko’rishi bilan
qoplanadi.
Tarif kiritilishi oqibatida iste’molchilar talabi
arzon import tovaridan
qimmat ichki tovarga yo’naltiriladi. Iste’molchilarning o’sgan to’lovlari yuqori
chegaraviy xarajatga ega, raqobatbardosh bo’lmagan
samarasiz ichki ishlab
chiqarishni kengayishiga olib keladi. Iste’molchilarning bu yo’qotish b sohasi
bilan belgilangan bo’lib tarifning «ishlab chikarish samarasi» deyiladi va hech
kimning foydasi bilan qoplanmaydi.
Shunday qilib:
Iste’molchilarning Ishlab chiqaruvchilar
Davlat Jamiyatning sof
yo’qotishlari
foydasi daromadi yo’qotishi
a + b + s + d - a -
s
= b +a
Demak, iste’molchilarning a sohadagi yo’qotishlari ishlab chiqaruvchilar
foydasining o’sishi hisobiga qoplanadi. Ayni damda iste’molchilar
shu tarmoq
korxonalari aktsiyadorlari bo’lishsa, ular yo’qotishlarining bir qismi o’sgan
dividentlar sifatida qaytadi. «s» sohada davlat olgan daromadini transfert
to’lovlarini oshirish, soliqlarni pasaytirish, byudjet tashkilotlarida ishlovchilar ish
haqini oshirishi ko’rinishida iste’molchilarga qaytarishi mumkin. Ammo «b» +
«d» soxalarda jamiyat sof yo’qotishga duch keladi. Valyuta kursi o’zgarishi bu
yo’qotishlarni bir oz qoplashi mumkin. Masalan, 20% li tarif kiritilishi natijasida
milliy valyuta 4% ga qimmatlashsa import qilinayotgan
tovarlarning milliy
176
valyutada ifodalangan ichki bahosi 20 % ga emas, 16 % ga oshadi. Bu esa tarif
kiritilishi oqibatida jamiyatning sof yo’qotish «b» va «d» sohalarning 80
foizini((16/20) x 100 = 80) tashkil etishini anglatadi.
Umuman olganda tariflarni kiritilishiga nisbatan bir-biriga zid fikrlar mavjud
bo’lib, bu tadbir mamlakat iqtisodiyoti holati, xususiyati va qo’yilgan maqsadlar
bilan asoslanadi.
Dostları ilə paylaş: