177
himoyalanishining haqiqiy darajasini quyidagi misolda ko’rib chiqamiz. Masalan,
O’zbekistonda yanga mashinalar uchun import boji 40 foizni tashkil qilsin.
Ushbu
mashinani ishlab chiqarish uchun zarur bo’ladigan ehtiyot qismlar asosan chetdan
keltirilsin va unga import boji 25 foiz miqdorida o’rnatilsin. Bir dona mashinaning
narxi 10000 AQSh dollariga teng bo’lsa, ya’ni bitta avtomobil uchun zarur bo’lgan
ehtiyot qismlarining narxi 7000 AQSh dollarini, qo’shilgan qiymat esa 3000 AQSh
dollarini tashkil etsin.
Avtomobil importiga 40 foiz tarif belgilanganligi uchun har bir avtomobil narxi
4000 AQSh dollariga o’sib, tarif bilan birga 14000 AQSh dollarini tashkil etadi.
Ehtiyot qismlar importiga 25 foizli tarif kiritilishi ularga qilinadigan xarajatlarni
1750 AQSh dollariga oshirib 8750 AQSh dollariga etkazadi. Oqibatda mahsulot
birligiga ehtiyot qismlar xarajati 1750 AQSh dollariga oshdi. Qo’shilgan qiymat esa
2250 AQSh dollariga (4000 - 1750 = 2250) o’sdi.
Shunday qilib, tarif
kiritilgandan so’ng mahsulot birligiga to’g’ri keladigan qo’shilgan qiymat 5250
AQSh dollarini (3000 + 2250 = 5250) tashkil etdi.
Endi esa soha (tarmoq)ning samarali himoyasi formulasidan foydalanamiz.
E
r
= (E
t
- E
0
) / E
t
.
Bu srda: E
r
- sohaning tarif bilan haqiqiy himoyalanganlik darajasi;
E
t
- bojxona tarifi kiritilgandan keyingi qo’shilgan qiymat;
E
0
- bojxona tarifi kiritilishidan oldingi qo’shilgan qiymat.
E
r
= ((3000 + 2250) - 3000) / 3000 = 2250 / 3000 = 0,75 yoki 75%
Bu shuni bildiradiki, tayyor avtomobillarga 40% tarif va ehtiyot qismlarga
25% tarifni joriy qilib, davlat milliy avtomobisozlikni xaqiqatda 75% tarifli
himoyalanganligini ta’minlaydi.
Protektsianizm siyosatining
muhim tamoyili ham shundaki, davlat tayyor
mahsulotlarga bojni ko’tarish va yarim tayyor mahsulotlarga esa uning miqdorini
pasaytirish orqali tarmoqning haqiqiy himoyalanganligini yanada oshiradi.
Bojxona bojlarini joriy qilishni qo’llovchi fikrlarga aksincha bo’lgan
muloxazalar ham mavjud. Chunki sanab o’tilgan natijalarga boshqa usullar bilan
178
kamroq yo’qotishlar hisobiga xam erishsa bo’ladi degan fikrlar xam qaysidir
darajada asoslidir.
Birinchidan, import tariflari iste’molchilar turmush
darajasining pasayishiga
olib keladi.
Ikkinchidan, import tariflari kiritilishi oqibatida ular vositasida himoya
qilinayotgan tarmoqlarda resurslar samarasiz sarflanadi.
Uchinchidan, tariflarni kiritish va ular stavkasini belgilash masalasida
mamlakat imkoniyatlari xalqaro bitimlar bilan cheklangan.
Milliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy firmalar raqobatidan himoya qilishning
muqobil usuli ularga bevosita subsidiya berish hisoblanadi.
Ishlab chiqarish subsidiyasining tariflardan afzalligi shundan iboratki, u bir
tomondan, milliy ishlab chiqarishni S
0
dan S
1
gacha o’sishini ta’minlasa (31-
chizma),
ikkinchi tomondan, iste’moliing mutlaq kamayishiga olib kelmaydi.
Chunki, ichki narxlar jahon narxlaridan qimmatlashmaydi.
Subsidiya sharoitida ishlab chiqaruvchilar uchun ichki narxlar darajasi R
d
, jahon
narxlari R
w
darajasiga teng. Shuning uchun, haqiqiy iste’mol hajmi D
0
ga teng.
Tarif kiritilgan sharoitda esa u D
1
gacha kamaygan bo’lur edi. Mamlakat
farovonligidagi mutlaq yo’tqotish esa «b» sohasidangana iborat bo’ladi.
Ayni paytda
ishlab chiqarishga berilgan bevosita subsidiyalar ishlab chiqarish xarajatlarining
samarali taqsimlanishini kafolatlamaydi.
Chunki, aynan qaysi tarmoqni xalqaro raqobatdan himoya qilishni bilish qiyin
bo’ladi. Subsidiyalarni joriy qilgandan so’ng ularni bekor qilish qiyin bo’ladi,
raqobat muxiti yo’qoladi hamda bu xarajatlarni moliyalashtirish muammosi
kuchayib boraveradi. Shuning uchun iqtisodiyotni tartibga solish,
bandlik darajasini
oshirish va yalpi talabni qondirish maqsadida fiskal va pul-kredit siyosatlari
qo’llaniladi. Ushbu siyosatlarni qo’llashdan asosiy maqsad mamlakat ishlab
chiqarishini xalqaro raqobatdan ximoya qilish, ishsizlik darajasini eng past holatga
keltirish va xalq farovonligani oshirishdan iborat.