171
25
35
85
5
100
30
20
100
0
110
* * *
6. O’zbekistonda ishchi bir kunda 6 metr shoyi yoki 1 kg yog’
ishlab
chiqarishi mumkin. Qozog’istonda ishchi bir kunda 2 metr shoyi yoki 4 kg yog’
ishlab chiqarishi mumkin bo’lsa
a) ushbu mamlakatlarda savdo-sotiq amalga oshirilmaganda nisbiy narxlar
qanday bo’ladi?
b) savdo munosabatlari o’rnatilgach, mamlakatlar nimalarni olib chiqadi?
v) mamlakatlar o’rtasida savdo munosabatlari o’rnatilgandan so’ng jahon
narxlarini tebranish chegaralari qanday bo’lishi mumkin?
172
XVII BOB. TASHQI SAVDO SIYOSATI
17.1. Savdo siyosatining mohiyati va tashqi savdoni cheklash
usullari
Biror mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyatga bevosita va bilvosita
aralashuvi jarayoni eksport va import hajmi va tarkibiga ta’sir ko’rsatish orqali
ichki
ish bilan bandlilikni, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy
o’sishga erishish, to’lov balansini yaxshilash xamda valyuta kursini tartibga solish
maqsadlarini ko’zda tutadi. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan bunday
tadbirlar tashqi savdo siyosati deb yuritiladi. Tashqi savdo siyosati — byudjet-soliq
siyosatining tashqi
savdo hajmlarini soliqlar, subsidiyalar, import yoki eksportni
to’g’ridan-to’g’ri cheklashlar orqali tartibga solishni o’z
ichiga olgan nisbatan
mustaqil yo’nalishidir.
Tashqi savdoni cheklash borasida olib borilayotgan xar qanday chora-tadbirlar
qisqa muddatli samara beradi. Uzoq davrda esa, faqat
erkin savdogina iqtisodiy
resurslarni samarali joylashtirish imkonini beradi. Shuning uchun ham ko’pgina
mutaxassis-iqtisodchilar mamlakat iqtisodiyoti va aholisi turmush darajasini
yaxshilash uchun erkin tashqi savdo siyosati foydaliroq, chunki,
tashqi savdoni
cheklashga nisbatan uni erkinlashtirish iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishga
ko’proq imkoniyat yaratadi, deb hisoblashadi.
Garchand, erkin savdo jahon iqtisodiyoti nuqtai nazaridan foydali bo’lishi
mumkin bo’lsada, ammo alohida olingan mamlakat iqtisodiyoti manfaati nuqtai
nazaridan erkin savdo hamma vaqt ham foydali bo’lavermaydi.
Tashqi savdoni cheklash usullarining 50 dan oshiqroq turi mavjud. Ularning
ayrimlari davlat g’aznasini to’ldirishga yo’naltirilgan bo’lsa, ba’zilari umuman
importni cheklashga va yana boshqasi esa
eksportni cheklashga yoki
rag’batlantirishga yo’naltirilgan. Amaliyotda tashqi savdoni tartibga solishning tarif
va notarif usullaridan foydalaniladi.
173
Tarif usullariga import va eksport bojlarini joriy qilish kirsa, notarif usullariga
eksporterlar va ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish, kvotalash, litsenziyalash
kabilar kiradi.
Bojxona bojlari avvalo import bojlari va eksport bojlariga ajraladi.
Import bojlari davlat byudjetini to’ldirish maqsadida va ichki bozorlarga
tushadigan chet el tovarlari oqimini tartibga solish uchun belgilanadi. O’z navbatida ular
eng kam va eng ko’p miqdordagi import bojlariga bo’linadi. Eng kam miqdordagi
import bojlari o’zaro qulay sharoitlarni yaratib berishni ko’zda
tutuvchi savdo
shartnomalari va bitimlari bo’lgan mamlakatlar mahsulotlariga o’rnataladi. Eng ko’p
miqdordagi import bojlari esa bunday shartnoma va bitimlar tuzilmagan mamlakatlar
mahsulotiga nisbatan o’rnatiladi.
Eksport bojlari mamlakat ichida talab ko’p bo’lgan mahsulotlar taqchilligining
oldini olish maqsadida belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: