O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi


Makroiqtisodiy modellarda to’lov balansining ahamiyati



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   110
makroiqtisodiyot

 
18.2.Makroiqtisodiy modellarda to’lov balansining ahamiyati 
Makroiqtisodiy modellarda joriy operatsiyalar balansi qoldig’i quyidagicha 
beriladi: 
X – M = Xn = Y-(S+I+G) 
bu erda: X - eksport; M – import, Xn - sof eksport, S + I + G - absorbtsiya 


190 
Joriy operatsiyalar balansida kamomad bo’lgan sharoitda, mamlakatning 
eksportdan olgan daromadlari importga qilgan xarajatlaridan kam bo’ladi va uni 
tashqaridan qarz olish hisobiga yoki mavjud aktivlarning bir qismini xorijiy 
investorlarga sotish orqali qoplashi mumkin. Bu operatsiyalar sof xorijiy 
aktivlarning kamayishiga olib keladi. 
Sof xorijiy aktivlar (CXA) – bu milliy rezidentlar tomonidan egallab turilgan 
xorij aktivlari va xorijliklar egalik qilgan mamlakat aktivlari o’rtasidagi farqni 
bildiradi.
Joriy operatsiyalar balansida taqchillik bo’lmagan sharoitda esa mamlakat 
xorijiy valyutalarni sarf qilishga nisbatan ko’proq olib keladi.
Mamlakatning joriy operatsiyalar bo’yicha balansi ijobiy qoldiqqa ega bo’lsa, 
unda mamlakatda chet elda ko’chmas mulkni sotib olish yoki boshqa 
mamlakatlarga qarzga berishga yo’naltirilishi mumkin bo’lgan ortiqcha xorijiy 
valyuta yuzaga keladi. 
Investitsiyalash va kreditlash bilan bog’liq operatsiyalar to’lov balansining 
keyingi bo’limida, ya’ni, kapitallar harakati hisobida aks ettiriladi.
Mamlakatda ma’lum bir vaqtda moddiy va moliyaviy aktivlarini sotib olish va 
sotish bilan bog’liq operatsiyalariga kapital harakati hisobi deyiladi. Kapital 
harakati hisobi balansida korxonalar, er, uy-joylar, qimmatnarx qog’ozlar, 
aktsiyalar, xazina majburiyatlari va boshqa aktivlarni olish-sotish bilan bog’liq 
kapitallar oqimi aks ettiriladi. Bu aktivlar sotilsa yoki eksport qilinsa, xorijiy 
valyuta mamlakatga kiritiladi, ya’ni valyuta tushumi ko’payadi (+150). Biroq 
kapitalni olib kelish bilan bir vaqtda uni olib chiqish bilan bog’liq operatsiyalar 
ham amalga oshiriladi. Bunda mamlakatning tadbirkorlari xorijdan aktsiyalar sotib 
oladi, xorijliklarga kreditlar beradi va shu asosda ular xorijiy valyuta zaxiralarini 
sarflaydi. Bu operatsiyalar debet ko’rinishida aks ettiriladi (-87). Kapital harakati 
balansining qoldig’i – bu, uni olib kelish va olib chiqish o’rtasidagi farqdir (+63). 
Kapital xarajatlari hisobida aktivlar bo’yicha barcha xalqaro operatsiyalar 
ko’rsatiladi. 


191 
Kapital xarakati balansi =Aktivlarni sotishdan tushadigan barcha tushumlar – 
Xorijiy aktivlarni sotib olishga kilingan xarajatlar. 
Xorijga aktivlarni sotish valyuta zaxirasini ko’paytirsa, sotib olish esa uni 
kamaytiradi. Shuning uchun kapital harakati balansi barcha operatsiyalardan 
keladigan sof valyuta tushumlarini ko’rsatadi. Kapital harakati hisobining ijobiy 
qoldig’i mamlakatda kapital ko’payishini bildirsa, uning salbiy qoldig’i 
mamlakatda kapital kamayishini bildiradi. 
Avval aytib o’tilganidek, joriy operatsiyalar bo’yicha balans va kapital 
harakati balansi o’zaro chambarchas bog’liq. Bizning misolda birinchisining 
taqchilligi (-87) katta qismi (+63) kapitalning sof oqib kelishi hisobiga 
moliyalashtiriladi va aksincha, agar to’lov balansi joriy operatsiyalar bo’yicha 
musbat qoldiqqa ega bo’lsa, kapital harakati hisobi balans bo’yicha manfiy 
qoldiqqa yo’l qo’yilgan bo’ladi. 
Shunday qilib, balansning bu ikki bo’limi bir-biri bilan tenglashib boradi. 
To’lov balansi qoldig’i= Joriy operatsiyalar + Kapital harakati balansi 
Biroq, amalda to’lov balansining bu qismida ham ko’pincha kamomad yoki 
ortiqchalik yuzaga keladi. Barcha mamlakatlarning Markaziy banklari rasmiy 
zaxiralar deb ataluvchi xorijiy valyuta zaxiralariga ega bo’lib, bu zaxiralar joriy 
operatsiyalar bo’yicha balans va kapital harakati bo’yicha balans 
nomutanosibligini bartaraf etishda qo’llaniladi. Bizning misolda bu nomutanosiblik 
yoki qoldiq (-24)ni tashkil etadi va rasmiy zaxiralardan tushumlar hisobiga tartibga 
solinadi. 
Rasmiy zaxiralarning qisqarishi (+) kamomad miqdorini ifodalaydi, rasmiy 
zaxiralarning o’sishi (-) esa to’lov balansining musbat qoldig’i miqdorini 
ko’rsatadi. Natijada uning barcha uch bo’limi summasi «0»ni tashkil etishi lozim. 
Bu esa xorijiy valyuta taklifini va unga mamlakatda bo’lgan talab tengligini 
bildiradi. 
Joriy operatsiyalar hisobi bilan kapital harakati hisobining o’zaro aloqalarini 
umumlashtirsak, uning makroiqtisodiy ko’rinishi quyidagicha bo’ladi: 


192 
Y=C+I+G+Xn; 
Y-C-G = C+I+G+Xn-(C+G); 
Sn = I+Xn, bu erda: Sn – milliy jamg’arish 
(I-S)+Xn=0 (Markaziy bank aralashmagan sharoitda egiluvchan valyuta kursi
rejimida) 
(I-S) miqdori ichki investitsiyalarning ichki jamg’armalardan ortiqchaligini 
ko’rsatadi va kapital harakati hisobi qoldig’ini bildiradi. 
Asosiy makroiqtisodiy ayniyatga ko’ra joriy operatsiyalar va kapital harakati 
hisoblari bir-biriga tenglashadi: 
X-M (tashqi balans) = Xn=-(I-S)=S-I (ichki balans)
Bu shuni bildiradiki, to’lov balansining joriy operatsiyalar bo’ycha kamomadi 
kapitalning sof oqib kelishi hisobiga moliyalashtiriladi. 
Xn< 0

X-M < 0

X< M ; 
I-S >0

I >S

xorijdan kapital kiritilishi.
Agarda investitsiyalar (I) milliy jamg’armalardan ko’p bo’lsa (I > S), ortiqcha 
investitsiyalar xorijdan olinadigan qarz hisobiga moliyalashtirilishi lozim. Bu 
qarzlar mamlakatga tovar va xizmatlarni eksport qilishga nisbatan ko’proq import 
qilinishini taminlaydi (M>X). Ya’ni, sof eksport manfiy qoldiqqa (Xn<0) ega 
bo’ladi. Mamlakat xalqaro jarayonga qarzdor bo’lib qatnashadi. 
Joriy operatsiyalar musbat qoldiqqa ega bo’lganda, ortiqcha mablag’lardan 
xorijga investitsiya qilishda yoki xorijdan ko’chmas mulk sotib olishda 
foydalaniladi. 
Xn>0

X-M>0

X>M; 
I-S<0 

I
xorijga kapital chikarilishi 
Davlatlar rasmiy zaxiralar va qarzlar hisobiga qoplash qobiliyatiga ega 
bo’lmagan to’lov balansining katta davriy taqchilligi bo’lgan hollarda o’z 
valyutalari devalvatsiyasini amalga oshirishlari mumkin. Bu importning fizik 
hajmi ko’payishiga va oqibatda mamlakatda xorijiy valyuta tushumining o’sishi 
hamda to’lov balansi kamomadi tugatiladi. 


193 
To’lov balansini tuzish tamoyillariga ko’ra u doimo balanslashgan bo’ladi. 
Manfiy yoki musbat qoldiq tushunchasi faqatgina to’lov balansining alohida 
qismlariga ta’luqli. Shu bilan birga to’lov balansi qoldig’ining milliy iqtisodiyotga 
ta’siri amaliyotda bir xil tavsiflanmaydi. Iqtisodiy siyosat maqsadlaridan kelib 
chiqib to’lov balansining musbat qoldig’i ham, manfiy qoldig’i ham ijobiy yoki 
salbiy deb baholanishi mumkin. 
To’lov balansi holatiga baho berishda savdo balansi qoldig’i, joriy 
operatsiyalar balansi qoldig’i, kapital harakati va moliya balansi qoldig’i hamda 
rasmiy hisob kitoblar balansi qoldig’i alohida tahlil etiladi. 
Savdo balansi qoldig’i o’zgarishiga baho berishda bu o’zgarishlar qaysi 
omillar ta’sirida ro’y berganligi e’tiborga olinadi. Masalan, manfiy qoldiq 
eksportning qisqarishi hisobiga ro’y bergan bo’lsa, bu holat milliy iqtisodiyotning 
raqobatbardoshliligi pasayganligidan dalolat berishi va negativ hodisa deb qaralishi 
mumkin. Lekin bu holat mamlakatga to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar oqimi 
ko’payishi hisobiga importning o’sishi natijasida ro’y bergan bo’lsa, milliy 
iqtisodiyotning zaiflashishidan dalolat deb qaralmaydi.
Joriy operatsiyalar hisobi balansi, odatda, to’lov balansining ma’lumot 
beruvchi qoldig’i deb qaraladi. Chunki bu qoldiq bilan birga ichki iqtisodiy 
siyosatni cheklovchi tashqi iqtisodiy omil hisoblanishi bilan birga mamlakatning 
moliyalashtirishga ehtiyojini belgilaydi. Joriy operatsiyalar hisobi balansining 
musbat qoldig’i mamlakat boshqa davlatlarga nisbatan netto kreditor ekanligidan 
dalolat beradi, va aksincha, manfiy qoldig’i ( ya’ni joriy operatsiyalar hisobi 
balansining taqchilligi) mamlakat tovarlar va xizmatlarning netto-importi uchun 
to’lovlarni amalga oshirishga va transfert to’lovlarini moliyalashtirishga majbur 
bo’lgan sof qarzdorga aylanganligini anglatadi. Amalda joriy to’lov balansining 
musbat qoldig’iga ega mamlakat milliy jamg’armalarning bir qismini kapitalni 
ichki jamg’arishga yo’naltirish o’rniga mamlakat tashqarisiga investitsiyalaydi. 
Kapital harakati va moliya balansi qoldig’i joriy operatsiyalar balansi 
holatining oynadagi aksi hisoblanadi, chunki real resurslar oqimini ko’rsatadi. 


194 
Shuningdek joriy operatsiyalar balansi holati qisman «Sof xatolar va chetda 
qoldirishlar» moddasiga to’g’ri keladi. 
Rasmiy hisob kitoblar balansi qoldig’i to’lov balansi umumiy (yakuniy) 
qoldig’ining kengroq tarqalgan nomlanishi bo’lib norezidentlarning mamlakatga 
nisbatan likvidli talablarning ko’payishi (kamayishi) yoki xorijiy likvidli 
aktivlardagi mamlakat rasmiy zahiralarning ko’payishidan ( kamayishidan)
dalolat beradi. Bu qoldiq «Zahira aktivlari» moddasidan boshqa barcha 
moddalarni qamrab oladi. 
Qayd qiligngan valyuta kurslari sharoitida (1979 yilga qadar) rasmiy hisob 
kitoblar holatiga katta ahamiyat berilar edi, chunki uning taqchilligi mamlakatning 
boshqa davlatlar oldidagi majburiyatlarining ortganligini (yoki zahiralarining 
kamayganligini) anglatgani holda valyuta kursining barqarorligiga tahdid solar edi. 
Suzib yuruvchi valyuta kursining kiritilishi bilan umumiy to’lov balansi 
tushunchasini yo’qqa chiqardi, rasmiy zahiralar dinamikasi esa nafaqat rasmiy 
hisob kitoblar qoldig’ining oqibati, balki to’lov balansining boshqa bo’limlarida 
hisobga olingan oqimlaridagi o’zgarishlarning sababchisi ham bo’lib qoldi.

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin