185
savdo sharoitida avtomobillarning ichki iste’moli yiliga 2200 donani,
kvota
kiritilgandan keyin esa - yiliga 2000 donani tashkil etadi. quyidagilarni aniqlang:
a) kvota kiritilishidan ishlab chiqaruvchilarning yutug’i;
b) bu chora natijasidagi iste’molchilarning yo’qotishlari;
v) davlat byudjeti daromadlarining oshishi;
g) millat farovonligining sof yo’qotishlari.
* * *
2. Mamlakat bolalar trikotajini eksport qiladi. Jahon bozorida uning bir
dona uchun narxi 3 AQSh dollari. Mamlakatdagi bu mahsulotga bo’lgan taklif egri
chizig’i quyidagi tenglama bilan belgilanadi S = 800 + 200P,
talab egri
chizig’ining ko’rinishi esa quyidagicha: D = 700 - 200P. Mamlakat hukumati
eksport tarifini kiritgandan keyin ichki narx bir donaga 2
AQSh dollarini tashkil
etdi. Eksport tarifining quyidagilarga ta’sirini aniqlang:
a) iste’molchilarning farovonligiga;
b) trikotaj ishlab chiqaruvchilarning daromadlariga (yo’qotishlariga), eksport
hajmiga;
v) davlat byudjetining daromadlariga;
g) millat farovonligiga.
* * *
3. Mamlakat hukumati shakarga 10% li import tarif kiritish to’g’risida qaror
qabul qiladi. Jahon bozorida uning narxi bir tonna uchun 200 AQSh dollari.
Mamlakatdagi bu mahsulotga bo’lgan taklif erkin savdo sharoitida 6 mln. t.,
tarif
borligida esa - 8 mln. tonnani tashkil etadi. Ichki iste’mol hajmi erkin savdo
sharoitida - 22 mln. tonna, tarif borligida esa - 20 mln. tonnani tashkil etadi.
Shunga muvofiq import hajmi erkin savdo sharoitida - 16 mln. tonna, tarif
borligida - 12 mln. tonnani tashkil etadi. Import tarifi kiritilishining oqibatlarini
aniqlang:
a) Iste’molchilarning yo’qotishlarini;
186
b) milliy ishlab chiqaruvchilarning yutuqlarini;
v) davlat byudjetining daromadlarini;
g) millat farovonligining sof yo’qotishlarini.
* * *
4.
Rossiya engil sport samolyotlaridan bir yil ichida 70
dona ishlab
chiqaradi. Ulardan 20 donasini iste’mol qilib, 50 donasini eksport qiladi. Erkin
savdo sharoitida bir samolyotning narxi - 6000 AQSh dollari.
Tarmoqni
rag’batlantirish maqsadida hukumat har bir samolyot qiymatidan 15% miqdorida
subsidiya ajratadi. Natijada samolyotning ichki narxi 6450
AQSh dollarigacha
oshib, eksport narxi esa 5550 AQSh dollarigacha pasayadi. Eksport hajmi 70 dona
samolyotgacha ko’payadi. Subsidiyaning kiritilishi ichki ishlab chiqarish, eksport
va iste’mol hajmlariga hamda byudjet daromadlariga qanday ta’sir etganligini
aniqlang.
* * *
5. Jadvalda berilgan ma’lumot asosida firmalardan
qaysi biri demping
qo’llashda ayblanishi mumkinligini aniqlang:
Tovar
birligining
tannarxi,
AQSh
dollarida
Ichki
narx,
AQSh dollarida
Eksport narxi, AQSh
dollarida
Firma A
100
100
110
Firma B
100
120
110
Firma S
100
90
105
Dostları ilə paylaş: