195
kurslarining erkin harakati to’lov balansining ortiqchaligi
yoki kamomadini
yo’qotadi.
Erkin tebranuvchi valyuta kurslari to’lov balansini tenglashtirishda katta
imkoniyatlarga ega bo’lsada, kamchilikliklardan holi emas. Chunonchi, bunday
valyuta birinchidan, savdoning
noaniqligi va qisqarishiga, ikkinchidan, savdo
sharoitining yomonlashishiga, uchinchidan, nobarqarorlikka
va boshqalarga olib
keladi.
Agar Markaziy Bank rasmiy valyuta zahiralari vositasida chet el valyutasini
sotib yoki sotib olib valyuta kursini erkin tebranishiga barham bersa valyuta
kursining erkin tebranishi vositasida to’lov balansini tartibga solish zarurati
yo’qoladi.
Bunda to’lov balansi taqchilligi Markaziy Bank rasmiy zahiralarini
qisqartirish hisobiga moliyalashtirilishi mumkin. Bunday vaziyatda ichki bozorda
chet el valyutasi taklifi oshadi. Qayd etilgan operatsiya eksportga xos bo’lib
kreditda plyus belgisi bilan (Markaziy Bankda xorijiy valyuta zaxirasi kamayishiga
qaramasdan) hisobga olinadi. Ushbu tadbir natijasida ichki bozorda milliy valyuta
taklifi kamayadi, uning almashinuv kursi nisbatan ko’tariladi va bu investitsiyalar
hajmiga hamda iqtisodiy o’sishga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
To’lov balansining aktiv-(musbat) qoldig’i esa
Markaziy bankning rasmiy
valyuta zahiralari miqdorining ortishiga olib keladi. Bunda Markaziy bank valyuta
zaxiralarini to’ldirish uchun chet el valyutasini sotib olishi natijasida ichki bozorda
milliy valyuta taklifi nisbatan oshadi, uning almashinuv kursi kamayadi, bu hol esa
iqtisodiyotga (investitsiyalar hajmi va iqtisodiy o’sishga) rag’batlantiruvchi ta’sir
ko’rsatadi.
Markaziy bank tomonidan o’tkaziladigan bunday operatsiyalar rasmiy
rezervlar bilan bo’ladigan operatsiyalar deyiladi. Bu operatsiyalar natijasida to’lov
balansi qoldig’i nolga tenglashishi kerak.
To’lov balansining aktiv qoldig’i yoki taqchilligi mamlakat iqtisodiyoti
xususiyatlariga qarab turlicha narxlanishi mumkin.
196
Valyutasi xalqaro hisob-kitoblarda, hamda boshqa mamlakatlar zahira
valyutasi sifatida foydalaniladigan mamlakatlar uchun to’lov
balansi taqchil
bo’lishi tabiiy hol hisoblanadi.
Bunday mamlakatlar to’lov balansini uzoq
muddat makroiqtisodiy tartibga solmasligi mumkin.
Milliy valyutasi jahon iqtisodiyotida zaxira valyutasi hisoblanmaydigan
mamlakatlar Markaziy Banklaridan rasmiy valyuta zaxirasi cheklanganligi tufayli
to’lov balansining uzoq muddatli taqchilligi bu rezervlarning sarflab bo’linishiga
olib keladi. Bunday hollarda to’lov balansini makroiqtisodiy tartibga solinadi.
Mamlakat savdo siyosati va valyuta almashinuv kursini o’zgartirishi choralarini
qo’llab chet ellardagi o’z xarajatlarini kamaytiradi, yoki eksportdan o’z
daromadlarini oshiradi.
Bunday tartibga solish natijasida narxlar
umumiy darajasining oshishi
oqibatida aholi turmush darajasining pasayishi, milliy valyutaning qadrsizlanishi,
iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida bandlilikning pasayishi ro’y berishi mumkin.
Valyuta rezervlari sarflab bo’lganligi, ilgari olingan chet el kreditlarini
qaytarilish grafiklari buzilganligi tufayli bunday kreditlarni yana olish
imkoniyatlari yo’qqa chiqqanligi sababli mamlakat to’lov
balansi taqchilligining
uzoq vaqt davom etishi to’lov balansi inqirozi deyiladi.
To’lov balansi inqirozini hal etishning yagona yo’li makroiqtisodiy tartibga
solish hisoblanadi.
O’tish davri iqtisodiyotida xorijiy valyutaga spekulyativ talab oshishi
Markaziy Bankni qiyin ahvolga solib qo’yadi. Chunki rasmiy valyuta zaxiralari bir
vaqtning o’zida ham to’lov balansi taqchilligini ham ichki spekulyativ talabni
qondirish uchun etarli bo’lmasligi mumkin.
Valyuta almashinuv kursini tartibga solish bu vaziyatdan chiqishning yagona
yo’lidir.
Qisqa istiqbolda to’lov balansi qoldig’i jamg’arish va investitsiyalar
hajmlarini belgilovchi omillar (masalan
byudjet soliq siyosati, foiz stavkalari)
ta’sirida o’zgarishi mumkin.
197
Agar mamlakatda rag’batlantiruvchi fiskal siyosat yurgizilsa bu hol milliy
jamg’armalarning pasayishiga olib keladi. Bu o’z navbatida joriy operatsiyalar
hisobi bo’yicha taqchillikka, kapital harakat hisobi bo’yicha musbat qoldiqqa olib
keladi.
Cheklovchi fiskal siyosat milliy jamg’armalar hajmlarini oshiradi, bu o’z
navbatida kapital harakati hisobi bo’yicha taqchillikka,
joriy operatsiyalar hisobi
bo’yicha musbat qoldiqqa olib keladi.
Jahon foiz stavkalarining oshishi kapital harakati hisobi bo’yicha taqchillikka,
joriy operatsiyalar hisobi bo’yicha musbat qoldiqqa erishishga olib keladi. Jahon
foiz stavkalarining pasayishi esa aks natijalarga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: