189
mamlakat xorijiy xizmatlarni ko’proq oladi ya’ni, masalan, mamlakatda
yashovchilar xorijga chetdan mamlakatga keladigan sayyohlarga nisbatan ko’proq
boradilar, shuningdek, mamlakatdagi tadbirkorlarga xorijiy transport va sug’urta
xizmatlarini ko’rsatish hajmi xorijiy tadbirkorlarga mamlakatda trasport va
sug’urta kompaniyalari ko’rsatadigan xizmatlar hajmiga qaraganda yuqoriroq va
h.k. Bu operatsiyalar bo’yicha ham balans salbiy qoldiqqa ega (-12).
Investitsiyalardan daromadlar, foizlar va dividendlar bo’yicha to’lovlarni o’z
ichiga oladi. Agar xorijga qo’yilgan milliy kapital uchun chet to’lovlari bo’yicha
tushumlar mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilgan xorijiy kapital uchun to’lanadigan
to’lovlar miqdoridan ko’p bo’lsa, unda sof daromad musbat bo’ladi (+8).
Transfert ko’rinishida pul o’tkazishlar shu mamlakatlarning xorijda
yashayotgan fuqarolariga to’lanidagan nafaqalarni, muhojirlarning xorijdagi o’z
qarindoshlariga pul o’tkazmalari, turli ko’rinishdagi hukumat yordamlarini o’z
ichiga oladi. Jadvaldan ko’rinib turibdiki, xorijga jo’natilayotgan pul o’tkazishlar
miqdori olinayotganiga nisbatan yuqori, ya’ni, operatsiyalar mamlakatdagi xorijiy
valyuta zaxiralarini kamaytiradi (-8).
Joriy hisoblar bo’yicha barcha operatsiyalar yig’indisi joriy operatsiyalar
balansini tashkil etadi. Bizning misolda u salbiy (-87). Bu esa mamlakatda import
operatsiyalari natijasida xorijiy valyutaga bo’lgan talab uning eksport
operatsiyalari ta’minlaydigan taklifdan ortiq bo’lishini anglatadi. Boshqacha
aytganda, ushbu holda mamlakat to’lov balansi joriy operatsiyalar bo’yicha
kamomadga ega.
Dostları ilə paylaş: