168
foydalangan holda kapital talabchan ishlab chiqarish hisoblanadi. Kapital
ortiqchaligiga ega bo’lgan mamlakatlar aynan ushbu yo’nalishlarga
ixtisoslashadilar. Shu bilan birga, don etishtirish
va chorvachilik bilan
shug’ullanadigan mamlakatlarda ko’proq er resurslari kerak bo’ladi va ular shu
yo’nalishga ixtisoslashgan bo’ladilar.
Xeksher—Olin kontseptsiyasini tadqiq qilish borasidagi izlanishlar 50 yillarda
«Leontev paradoksi» yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. V.Leontev AQSh kapital
ortiqcha bo’lgan mamlakat bo’lishiga qaramasdan 1947
yilda kapital talabchan
emas, balki mehnat talabchan mahsulot eksport qilganligini ko’rsatib berdi. Ya’ni
Xeksher-Olin kontseptsiyasiga zid keladigan vaziyat yuzaga keldi. Keyingi
tadqiqotlar esa AQSh da kapitaldan ko’ra er va ilmiy texnik mutaxassislar nisbiy
ortiqcha ekanligi tasdiqlandi. AQSh ishlab chiqarishida aynan shu omillar ko’proq
foydalaniladigan tovarlarning sof eksportyori bo’lib chiqdi. 1948 yil amerikalik
iqtisodchilar P. Samuelson va V. Stolperlar Xeksher-Olin
kontseptsiyasini
takomillashtirishdi. Ularning nazariyasi bo’yicha xalqaro savdo-ishlab chiqarish
omillari bilan ta’minlanganlik darajasidan notekislik, texnologiyalarining bir-biriga
mosligi, raqobatning rivojlanishi va mahsulotlarning xarakatchanligi kabi
sharoitlarda mamlakatlar o’rtasidagi ishlab chiqarish omillari narxlari tenglashadi.
D. Rikardo modelida ishlab chiqilgan va E. Xeksher, B. Olin, P.Samuelson
hamda V.Stolperlar tomonidan to’ldirilgan savdo
kontseptsiyasiga nafaqat
mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro foydali savdoni yo’lga qo’yish, balki mamlakatlar
rivojlanishi o’rtasidagi farqlarni kamaytirish vositasi sifatida ham qaraladi.
Dostları ilə paylaş: