137
va hukumat xarajatlari orqali yalpi talabga bevosita ta’sir ko’rsatadigan fiskal
siyosatgina qoladi”.
Agar modelda IS egri chizig’i LM egri chizig’ining vertikal kesmasidan
kesib o’tganda yuz bergan bo’lsa pul taklifini oshirish milliy daromadning
o’sishigava foiz stavkasining pasayishiga olib keladi. Aksinsa davlat
xarajatlarining oshirilishi esa, keynschilar fikriga ko’ra, bu kesmada yalpi talabga
va milliy daromar hajmiga ta’sir ko’rsatmaydi.
Agar IS egri chizig’i vertikal ko’rinishda bo’lsa, ya’ni investitsiyalarga
talab foiz stakasi o’zgarishiga ta’sirchan (elastik) bo’lmagan, masalan investorlar
kelajakdagi bozor konyukturasining noaniqligi sababli o’z investitsiyalari
istiqboliga tushkun baho bersalar investitsion tuzoq yuzaga keladi. Investitsion
tuzoq shuni anglatadiki IS egri chizig’i vertikal bo’lganda LM egri chizig’ining
siljishlari real daromad miqdorini o’gartirmaydi. Bu holatda pul-kredit siyosati
yalpi talalab va milliy daromad hajmiga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi, fiskal
siyosat esa samarali bo’ladi.
Demak pul- kredit siyosati foiz stavkalari yuqori bo’lganda samarali bo’ladi.
Fiskal siyosat esa foiz stavkasi minimal, ya’ni LM egri chizig’i gorizontal, IS egri
chizig’i esa vertikal bo’lganda samaraliroq bo’ladi. Model yordamida
makoiqtisodiy
siyosat
variantlarini
tanlash,
shuningdek
usullarini
muvofiqlashtirilgan holda qo’llash va siqib chiqarish samaralarini kamaytirish
yo’llarini tahlil etish mumkin.
Dostları ilə paylaş: