O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
makroiqtisodiyot

Makroiqtisodiyot
fani – turli moddiy, moliyaviy, mehnat va boshqa tur 
boyliklarni bir mamlakatdagi barcha resurslar doiraviy aylanishini, ularni samarali 
ishlatilishini, iqtisodiy o’sish barqarorligini, ya’ni milliy iqtisodiyotni 
rivojlanishini umumiy holda o’rganadi. 
Makroiqtisodiyot fanining ahamiyati nafaqat davlat boshqaruvida 
umumiqtisodiy siyosatni olib borishi va yo’nalishlarini ishlab chiqish uchungina
balki alohida tadbirkorlar, korxonalar, uy xo’jaliklari, oddiy fuqarolar faoliyatida 
ham zarur.
1.2.Ehtiyojlar va resurslar. Iqtisodning asosiy masalalari 
Inson juda turli-tuman ehtiyojlarga: oziq-ovqat, kiyim, boshpana, ta’lim, 
mehnat, ko’ngil ochish, muloqot va ko’plab boshqa ehtiyojlarga ega. Barcha 
sanalgan ehtiyojlar cheksiz turli-tuman shakllar, sifatlar, belgilar, xususiyatlarga 
ega. Bunda har bir inson yakka holda qanday ehtiyojlar u uchun eng muhim, 
ustivor hisoblanishini aniqlaydi, ya’ni u birinchi navbatda qanday ehtiyojlarni 
qondirishni zarur deb hisoblaydi. 
Inson o’z ehtiyojlarini o’ziga qulay iqtisodiy ne’matlar yordamida qondiradi. 
Ularga oziq-ovqatlar, kiyim, kitoblar, avtomobillar, san’at buyumlari va boshqa 
shu kabilar kiradi. 
Inson ehtiyojlarini qondirish uchun iqtisodiy ne’matlarning bir qismi inson 
ishtirokisiz tabiat tomonidan yaratiladi, bir qismi-ishlab chiqarish natijasi 
hisoblanadi. 
Iqtisodiy ne’matlar ishlab chiqarish uchun insonga resurslar zarur.
Ishlab chiqarish resurslari – bu tovar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun 
ishlatiladigan resurslardir. 


 5 
Ishlab chiqarish resurslarini ishlab chiqarish omillari deb atash qabul qilingan 
va ularni uchga ajratiladi: 

yer; 

mehnat; 

kapital. 
«Yer»
(tabiiy resurslar) – bu tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda 
ishlatiladigan tabiat tomonidan berilgan resurslardir. Tabiiy resurslarga misol 
bo’lib suv resurslari, tuproq, o’simliklar, foydali qazilmalar hisoblanadi. 
Mehnat
(inson resurslari) – kishilarning ishlab chiqarish jarayonida 
ishlatiladigan jismoniy va aqliy qobiliyatlari, sog’lig’ining ahvoli, ta’limi va kasbiy 
ko’nikmalarini o’z ichiga oladi. 
Kapital
(kapital resurslari) – bu inson tomonidan yaratilgan va tovar hamda 
xizmatlarni ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun mo’ljallangan 
buyumlardir. Kapital resurslariga misol bo’lib binolar va inshoatlar, asboblar va 
uskunalar, aloqa vositalari, transport, shuningdek qayta ishlangan hom ashyo va 
yarim tayyor mahsulotlar hisoblanadi. 
Ba’zan ishlab chiqarish omillarining to’rtinchi ko’rinishi – tadbirkorlik 
ajratiladi, chunki u kishilarda tadbirkorlik qobiliyati deb ataluvchi noyob 
xususiyatlarning mavjudligini ko’zda tutadi. 
Ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun ishlab chiqarish 
resurslarining barcha turlariga: «yer», mehnat, kapitalga ega bo’lishi zarur. Biroq, 
inson ularning cheklanganlik muammosiga duch keladi. Bu cheklanganlik 
masalan, foydali qazilmalar zahiralarining cheklanganligi kabi tabiiy ravishda 
mavjud bo’lsa, shuningdek sub’ektiv ravishda, ya’ni inson psixologiyasi 
tomonidan tug’ilishi mumkin, chunki uning ehtiyojlari cheksizdir. 
Ishlab chiqarish resurslarini cheklanganligi inson, oila, jamiyat oldiga tanlov 
muammosini qo’yadi: 
-
NIMA va qanday miqdorda ishlab chiqarish? 
-
QANDAY texnika va texnologiyani qo’llash? 


 6 
-
KIM tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot iste’mol qilinadi? 
Aynan shuning uchun iqtisod fanining e’tibor markazida- ishlab chiqarish 
uchun zarur resurslarning cheklanganlik muammolarini va ulardan oqilona 
foydalanishni ta’minlash yo’llarini o’rganish turadi.
Kishilarning cheksiz ehtiyojlarida resurslarning cheklanganlik muammosini 
har qanday hal etilishi tanlash holatini, ya’ni insonlarning turli ehtiyojlarini 
qondiruvchi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun bir resursni ishlatish 
mumkin emasligini ko’zda tutadi. Bunda inson har doim ham «barchasi yoki hech 
nima» xilidagi qarorni qabul qilmaydi. Ko’pincha inson bir iqtisodiy ne’matning 
ma’lum miqdorini olish uchun boshqasining ma’lum miqdoridan voz kechadi. 
Bunday tanlov murosali deb ataladi. Murosali tanlov asosida muqobil qiymat 
tamoyili yotadi. 
Muqobil qiymat – bu voz kechilgan boshqa iqtisodiy ne’mat qimmati bilan 
o’lchanadigan iqtisodiy ne’mat qimmatidir. 
Shuni esda saqlash lozimki, inson ehtiyojlarining birini qondiruvchi iqtisodiy 
ne’matlarni tanlash, boshqa ehtiyojni qondiruvchi iqtisodiy ne’matlardan voz 
kechishga olib keladi. Masalan, sizda mavjud bo’lgan 3 metr mato bo’lagidan yo 
ko’ylak yoki kostyum tikish mumkin. Matoning cheklangan miqdori ham ko’ylak, 
ham kostyum tikishga imkon bermaydi. Bu vaziyatda tanlash kerak bo’ladi. Bu 
tanlov yo ko’ylakdan yoki kostyumdan voz kechishni ko’zda tutadi. Ko’ylakni 
tanlash qarori kostyumga ega bo’lishdan voz kechishni bildiradi, ya’ni yangi 
ko’ylakning qimmati kostyumga ega bo’lib, olish mumkin bo’lgan foyda va 
quvonchlarga teng. Unda ko’ylakning muqobil qiymati borligi aytiladi-kostyum. 
Agar kostyum tanlansa-uning muqobil qiymati ko’ylak bo’lardi. 
Iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarish va taqsimlash jarayonlarini o’rganib, 
iqtisod fani oqilona ishlatish tamoyiliga asoslanadi. 
Oqilona ishlatish tamoyili bu inson oqilona faoliyatga intilishi, ya’ni eng kam 
resurslarni sarflab, o’zining eng ko’p ehtiyojlarini qondirishi haqidagi fikrdir. 


 7 
Bu ko’plab variantlar ichidan inson cheklangan resurslardan yaxshiroq 
foydalanishga intilib, eng yaxshisini tanlashini bildiradi. 
Agar resurslar mutloq cheklangan bo’lganida, tanlov mumkin bo’lmasdi. Agar 
cheklanganlik bo’lmaganida, unda tanlov kerak bo’lmasdi. Tanlash muammosi 
cheksiz, chunki biz bitta qaror bilan cheklanmasdan, ularning ko’piga egamiz. 
Nimalar o’rtasida tanlov boradi? Resurslardan foydalanishning eng yaxshi 
variantlari o’rtasida. Resurslardan foydalanishning eng yaxshi varianti kam 
xarajatlarda eng yuqori natijani ta’minlovchi variant bo’ladi.

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin