O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi


To’lov balansi muvozanatini ta’minlash



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   110
makroiqtisodiyot

 
18.3.To’lov balansi muvozanatini ta’minlash 
To’lov balansi muvozanatini ta’minlash uchun joriy hisoblar va kapital 
harakati qoldiqlari bir-birini aynan qoplashi zarur bo’ladi. Markaziy Bank valyuta 
interventsiyasini amalga oshirish chorasini ko’rmasa, va rasmiy valyuta zahiralari 
miqdorini o’zgartirmasa to’lov balansi hisoblarini valyuta kursining erkin 
tebranishi hisobiga o’zaro tartibga solish amalga oshiriladi.
Bunday sharoitda kapital oqib kelishi sababli milliy valyutaning 
qimmatlashuvi, kapital chiqib ketishi sababli esa uning arzonlashuvi ro’y beradi. 
Valyuta kursining erkin tebranishi to’lov balansining joriy va kapital hisoblarini 
avtomatik ravishda mutanosiblashtirish mexanizmi hisoblanadi. 
Erkin tebranuvchi valyuta kursi tarafdorlari ta’kidlashicha, to’lov balansining 
ortiqchaligi yoki taqchilligi bunday vaziyatlarda tez orada barham topadi. Valyuta 


195 
kurslarining erkin harakati to’lov balansining ortiqchaligi yoki kamomadini 
yo’qotadi. 
Erkin tebranuvchi valyuta kurslari to’lov balansini tenglashtirishda katta 
imkoniyatlarga ega bo’lsada, kamchilikliklardan holi emas. Chunonchi, bunday 
valyuta birinchidan, savdoning noaniqligi va qisqarishiga, ikkinchidan, savdo 
sharoitining yomonlashishiga, uchinchidan, nobarqarorlikka va boshqalarga olib 
keladi. 
Agar Markaziy Bank rasmiy valyuta zahiralari vositasida chet el valyutasini 
sotib yoki sotib olib valyuta kursini erkin tebranishiga barham bersa valyuta 
kursining erkin tebranishi vositasida to’lov balansini tartibga solish zarurati 
yo’qoladi. 
Bunda to’lov balansi taqchilligi Markaziy Bank rasmiy zahiralarini 
qisqartirish hisobiga moliyalashtirilishi mumkin. Bunday vaziyatda ichki bozorda 
chet el valyutasi taklifi oshadi. Qayd etilgan operatsiya eksportga xos bo’lib 
kreditda plyus belgisi bilan (Markaziy Bankda xorijiy valyuta zaxirasi kamayishiga 
qaramasdan) hisobga olinadi. Ushbu tadbir natijasida ichki bozorda milliy valyuta 
taklifi kamayadi, uning almashinuv kursi nisbatan ko’tariladi va bu investitsiyalar 
hajmiga hamda iqtisodiy o’sishga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
To’lov balansining aktiv-(musbat) qoldig’i esa Markaziy bankning rasmiy 
valyuta zahiralari miqdorining ortishiga olib keladi. Bunda Markaziy bank valyuta 
zaxiralarini to’ldirish uchun chet el valyutasini sotib olishi natijasida ichki bozorda 
milliy valyuta taklifi nisbatan oshadi, uning almashinuv kursi kamayadi, bu hol esa 
iqtisodiyotga (investitsiyalar hajmi va iqtisodiy o’sishga) rag’batlantiruvchi ta’sir 
ko’rsatadi.
Markaziy bank tomonidan o’tkaziladigan bunday operatsiyalar rasmiy 
rezervlar bilan bo’ladigan operatsiyalar deyiladi. Bu operatsiyalar natijasida to’lov 
balansi qoldig’i nolga tenglashishi kerak. 
To’lov balansining aktiv qoldig’i yoki taqchilligi mamlakat iqtisodiyoti 
xususiyatlariga qarab turlicha narxlanishi mumkin. 


196 
Valyutasi xalqaro hisob-kitoblarda, hamda boshqa mamlakatlar zahira 
valyutasi sifatida foydalaniladigan mamlakatlar uchun to’lov balansi taqchil 
bo’lishi tabiiy hol hisoblanadi.
Bunday mamlakatlar to’lov balansini uzoq 
muddat makroiqtisodiy tartibga solmasligi mumkin. 
Milliy valyutasi jahon iqtisodiyotida zaxira valyutasi hisoblanmaydigan 
mamlakatlar Markaziy Banklaridan rasmiy valyuta zaxirasi cheklanganligi tufayli 
to’lov balansining uzoq muddatli taqchilligi bu rezervlarning sarflab bo’linishiga 
olib keladi. Bunday hollarda to’lov balansini makroiqtisodiy tartibga solinadi. 
Mamlakat savdo siyosati va valyuta almashinuv kursini o’zgartirishi choralarini 
qo’llab chet ellardagi o’z xarajatlarini kamaytiradi, yoki eksportdan o’z 
daromadlarini oshiradi. 
Bunday tartibga solish natijasida narxlar umumiy darajasining oshishi 
oqibatida aholi turmush darajasining pasayishi, milliy valyutaning qadrsizlanishi, 
iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida bandlilikning pasayishi ro’y berishi mumkin. 
Valyuta rezervlari sarflab bo’lganligi, ilgari olingan chet el kreditlarini 
qaytarilish grafiklari buzilganligi tufayli bunday kreditlarni yana olish 
imkoniyatlari yo’qqa chiqqanligi sababli mamlakat to’lov balansi taqchilligining 
uzoq vaqt davom etishi to’lov balansi inqirozi deyiladi. 
To’lov balansi inqirozini hal etishning yagona yo’li makroiqtisodiy tartibga 
solish hisoblanadi. 
O’tish davri iqtisodiyotida xorijiy valyutaga spekulyativ talab oshishi 
Markaziy Bankni qiyin ahvolga solib qo’yadi. Chunki rasmiy valyuta zaxiralari bir 
vaqtning o’zida ham to’lov balansi taqchilligini ham ichki spekulyativ talabni 
qondirish uchun etarli bo’lmasligi mumkin. 
Valyuta almashinuv kursini tartibga solish bu vaziyatdan chiqishning yagona 
yo’lidir. 
Qisqa istiqbolda to’lov balansi qoldig’i jamg’arish va investitsiyalar 
hajmlarini belgilovchi omillar (masalan byudjet soliq siyosati, foiz stavkalari) 
ta’sirida o’zgarishi mumkin. 


197 
Agar mamlakatda rag’batlantiruvchi fiskal siyosat yurgizilsa bu hol milliy 
jamg’armalarning pasayishiga olib keladi. Bu o’z navbatida joriy operatsiyalar 
hisobi bo’yicha taqchillikka, kapital harakat hisobi bo’yicha musbat qoldiqqa olib 
keladi. 
Cheklovchi fiskal siyosat milliy jamg’armalar hajmlarini oshiradi, bu o’z 
navbatida kapital harakati hisobi bo’yicha taqchillikka, joriy operatsiyalar hisobi 
bo’yicha musbat qoldiqqa olib keladi. 
Jahon foiz stavkalarining oshishi kapital harakati hisobi bo’yicha taqchillikka, 
joriy operatsiyalar hisobi bo’yicha musbat qoldiqqa erishishga olib keladi. Jahon 
foiz stavkalarining pasayishi esa aks natijalarga olib keladi. 

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin