O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   110
makroiqtisodiyot

34- chizma. Xorijiy valyuta bozori 
Dollarning taklifi (S) kamaysa, so’mda belgilangan dollarning qiymati oshadi 
(ya’ni, dollarda belgilangan so’mning qiymati pasayadi). Bunday vaziyatlarda 
amerikaliklar ko’proq o’zbek tovarlarini sotib olish imkoniyatiga ega bo’ladi. 
Chunki, so’mning dollarga nisbatan qiymati pasaysa, u o’z navbatida o’zbek 
tovarlarining narxi ham pasayganini bildiradi va oqibatda ko’proq o’zbek 
tovarlarini sotib olish imkoni paydo bo’ladi. 
O’zbek tovarlarini sotib olish jarayonida ular AQSh dollarini valyuta bozoriga 
olib chiqadi, chunki, o’zbek tovarlarini sotib olish uchun dollarni so’mga 
almashtirishadi. Dollarga bo’lgan talab va taklifning kesishgan nuqtasi dollarning 
so’mdagi qiymatini bildiradi. 
Agarda, dollarning so’mdagi qiymati oshsa, so’m qiymatining pasayganligini 
yoki qadrsizlanganligini ko’rsatadi. Aksincha, agarda dollarning so’mdagi qiymati 
pasaysa, so’m qiymatining oshganligini yoki so’mning qimmatlashganligini 
ko’rsatadi. Bir birlik xorijiy valyutani sotib olish uchun kam miqdorda milliy 
valyuta sarf qilish milliy valyutaning qimmatlashuvini bildiradi. Agarda, dollarga 
nisbatan so’m qadrsizlansa, dollar so’mga nisbatan qimmatlashadi. 


202 
Qayd etilgan valyuta kursi - bu, xorijiy valyutada ifodalangan, davlat 
tomonidan rasmiy o’rnatilgan milliy pul birligining bahosi bo’lib, unga valyuta 
bozorida talab va taklifning o’zgarishi ta’sir qilmaydi. 
Kayd qilingan valyuta kursi tizimi tarafdorlari ta’kidlaydilarki, undan 
foydalanish xalqaro savdo va moliya bilan borliq bo’lgan taxlika va noaniqlikni 
kamaytiradi. Qayd qilingan valyuta kurslarini qo’llash o’zaro foydali savdo va 
moliyaviy operatsiyalar hajmini kengaytirishga olib keladi. Ammo, qayd qilingan 
valyuta kurslari tizimining hayotga layoqatliligi o’zaro aloqalar jarayondagi ikki 
sharoitga bog’liq: 
-zaxiralarning mavjudligi; 
-o’z hajmi bo’yicha sezilarsiz kamyoblik yoki to’lov balansi aktivlarining 
tasodifiy vujudga kelishi. Katta va doimiy kamyobliklar mamlakat zaxiralarini 
yo’qqa chiqarishi mumkin. 
Xulosa qilib aytganda, valyuta kurslarining talab va taklif ta’siri ostida 
shakllanish darajasi, o’z-o’zicha kurslar o’rtasidagi nisbatlarga ta’sir etuvchi real 
jarayonlarni aniqlab bera olmaydi. Chet el valyutalariga talab va taklifga, demak, 
valyuta kurslariga mamlakatdagi ham ichki va xam tashqi iqtisodiy munosabatlar 
majmui bevosita yoki bilvosita ta’sir ko’rsatadi. 

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin