O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi


XX BOB. OCHIQ IQTISODIYOTDA MAKROIQTISODIY SIYOSAT



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   110
makroiqtisodiyot

XX BOB. OCHIQ IQTISODIYOTDA MAKROIQTISODIY SIYOSAT 
 
20.1.Ochiq iqtisodiyotning mohiyati va uning ko’rinishlari 
Yopiq iqtisodiyot aslida real holatda kuzatilmaydi. Aslida hech qaysi davlat 
boshqa davlat bilan iqtisodiy aloqa qilmasdan mustaqil ravishda mavjud bo’la 
olmaydi va rivojlana olmaydi. Bu tushuncha fakat ochiq iqtisodiyot bilan 
solishtirib o’rganish uchun foydalaniladi. 
Mamlakatning qanchalik darajada ochiq iqtisodiyotga moslashganlik yoki 
ochiq iktisodiyotdan foydalanish darajasini quyidagi ko’rsatkichlar ifodalaydi: 
Import kvotasi = Import / YaIM * 100 % 
Import kvotasi - import hajmining mamlakatning YaIMida tutgan ulushini 
ifodalaydi . 
Eksport kvotasi = Eksport / YaIM * 100% 
Eksport kvotasi - mamlakat YaIMida eksport salohiyati qanchalik darajada 
ekanligini ifodalaydi . 
Tashqi savdo aylanmasi kvotasi = tashqi savdo aylanmasi / YaIM * 100% 
Ochiq iqtisodiyot kichik va katta ochiq iqtisodiyot kabi ko’rinishlarda bo’lib, 
ularning bir qancha farqli jihatlari mavjud. Xususan, ular real foiz stavkasining 
qo’llanilishi bilan farq qiladi. 
Kichik ochiq iqtisodiyotda r real foiz stavkasi barcha davlatlarda 
iqtisodiyotga bir xil darajada ta’sir ko’rsatadi yoki hamma davlatlarning bir biriga 
bo’lgan ta’siri bir xil darajada, ya’ni sezilarli darajada farq qilmaydi, deb qaraladi.
Katta ochiq iqtisodiy modelida bu masala boshqacharoq hal qilinadi, ya’ni
tashqi savdo aylanmasi bo’yicha katta ta’sirga ega bo’lgan davlatlarning ushbu real 
foiz stavkasini o’rnatilishida va boshqa davlatlarga nisbatan bu foiz stavkaning 
ta’sirini aniqlashda katta ta’sirga ega ekanliklari alohida hisobga olinadi.
Y=C+I+G+X
n
Asosiy makroiqtisodiy ayniyatga ta’sir etuvchi omillar eksport va importning 
(hajmi hisobida) o’zaro farqi , ya’ni N
x
hisoblanadi .
Sof eksport X
n
= X- M 


214 
bu erda : 
X - eksport hajmi ; 
M - import hajmi . 
Dunyoning ko’pgina davlatlarida sof eksport hajmi asosiy ayniyatning boshqa 
ko’rsatkichlariga nisbatan YaIM hajmiga kam ta’sir ko’rsatadi (o’rtacha 3-4 % 
YaIMdagi ulushi).
Asosiy ayniyatni o’zgartiramiz : 
Y –C- G = I + X
n
Ifodaning chap tomoni Y- C- G milliy jamg’armani beradi, ya’ni uy xo’jaligi 
iste’moli va davlat talabini kondirilgandan so’ng qolgan qismi hisoblanadi Shuning 
uchun Y –C- G ifodani S bilan belgilab olamiz . 
S = Y –C- G . 
Endi ifoda quyidagicha tus oladi : S = I + X
n
yoki (I - S) + X
n
= 0
(I - S) + X
n
= 0 bu ayniyat milliy hisoblarning asosiy ayniyati bo’lib, xalqaro 
oqimlar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni ifodalaydi, ya’ni oldindan belgilangan 
jamg’arilgan kapital (I - S) va xalqaro oqimlar X
n

(I - S) + X

= 0 tenglamadagi har bir ishtirokchi ko’rsatkich o’ziga xos 
nomlanishga ega va o’ziga xos funktsiyaga ega . 
(I - S) to’lov balansida kapital harakati schyoti deb ataladi va ichki 
investitsiyaning ichki jamg’arishdan ortiqligini ifodalaydi. 
Investitsiya mamlakatdagi jamg’armalarni oshirishi mumkin, ya’ni 
tadbirkorlar investitsion loyihalarni chet el kapitali ishtiroki orqali 
moliyalashtiradilar. Bundan kelib chiqadiki kapital harakati schyoti tashqi qarzlar 
orqali moliyalashtiriladi, ya’ni ichki kapital jamg’armasi hajmiga teng bo’ladi. 
X
n
ni biz sof eksport deb atagan edik. (I - S) + X
n
= 0 tenglamada esa X
n
o’zida chetdan sof eksport evaziga olingan summani ifodalaydi va to’lov 
balansining joriy schyot yoki joriy operatsiyalar schyoti deb yuritiladi.
(I - S) + X
n
= 0 ayniyatiga kaytadigan bo’lsak agar ayniyatda (I - S) miqdor
musbat (ijobiy) qoldiqqa ega bo’lsa, X
n
manfiy (salbiy) bo’ladi degani. Bu o’z - 


215 
o’zidan kapital harakati schyotini musbat qoldiqqa ega ekanligini va to’lov balansi 
schyotida defitsit bo’lganligini anglatadi, bu shuni anglatadiki, biz jahon bozoridan 
eksportga qaraganda importni ko’proq qilishimiz kerak. 
Aksincha agar (I - S) manfiy qiymatga ega bo’lsa X
n
musbat bo’ladi. Unda 
kapital harakati schyotida defitsit va joriy operatsiyalar schyotida musbat (ijobiy ) 
saldoga ega bo’lamiz. Bunda mamlakat jahon bozorida kreditor rolini bajaradi va 
importga qaraganda eksportni ko’payganini anglatadi. 
Agarda milliy jamg’arish mamlakat ichidagi jamg’armadan ortib ketsa, 
ortgan qismi chet elga investitsiya qilinishi mumkin. 
Agarda aksincha mamlakat ichidagi investitsiya milliy jamg’armadan ortib 
kets, unda biznining mamlakatga investitsiya qilinishi kerak bo’ladi. 

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin