O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi


 Nominal va real valyuta kurslari



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   110
makroiqtisodiyot

19.3. Nominal va real valyuta kurslari 
Nominal va real valyuta kurslari o’zaro farqlanadi. Nominal valyuta kursi 
valyutalarning almashinuv kursi deyiladi. Yuqorida biz aynan nominal valyuta 
kursi haqida fikr yuritdik. 


204 
Real valyuta kursi ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning nisbiy 
bahosidir. 
Real valyuta kursi bir mamlakat tovarlari boshqa mamlakat tovarlariga 
almashishi mumkin bo’lgan nisbatni ko’rsatadi, shu tufayli u savdo sharoiti ham 
deb yuritiladi. 
Nominal va real valyuta kurslari o’rtasidagi nisbat quyidagi ko’rinishga ega. 
E
r
= E
n
x R
d
/ R 
t
Bu erda : E
r
— real valyuta kursi;
E
n
- nominal valyuta kursi ; 
R
d
- milliy valyutada ko’rsatilgan ichki baholar darajasi (indeksi); 
R
t
- xorijiy valyutada ko’rsatilgan chet eldagi baholar darajasi (indeksi). 
Har ikkala mamlakatdagi narxlar darajasi (indeksi) bir xil bazis yilga nisbatan 
berilgan. Real valyuta kursining ko’tarilishi (pasayishi) bu mamlakat tovarlari 
raqobatbardoshligining pasayganligi (oshganligi) to’g’risida guvohlik beradi. 
Umuman valyuta kursi tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchlarning 
mamlakatlararo harakatini o’ziga xos boshqarib turuvchisi hisoblanib, uni 
o’zgarib turishi mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalariga hamda butun 
makroiqtisodiy vaziyatga kuchli ta’sir qiladi. Bu ta’sirni shunday vaziyat 
misolida ko’rib chiqish mumkin. Masalan, o’zbek so’mining kursi 1000 
Turkiya lirasiga nisbatan 30 so’mdan 32 so’mgacha pasaygan bo’lsin, ya’ni, 
so’m Turkiya lirasiga nisbatan arzonlashgan va aksincha, lira so’mga 
nisbatan qimmatlashgan bo’lsin. Bunday holatda mamlakatimizda ishlab 
chiqarilgan 720 so’mlik qiymatga ega bo’lgan tovar Turkiya bozorida 
arzonlashib boradi va endi bu tovar 100 ming (720/7,2x1000) emas, balki 
72 ming lira turadi (720/10x1000). Natijada, tovar-ning raqobatga 
chidamliligi orta boradi va unga bo’lgan talab oshadi, eksport rag’batlantiriladi. 
Biroq milliy valyutani Turkiyaga chiqarish O’zbekiston uchun foydali bo’lmay 
qoladi. Turkiyada ishlab chiqarilgan 2000 liralik mahsulot endi o’zbek so’mi 
kursining pasayishi va Turkiya lirasi kursining qimmatlashuvi natijasida o’zbek 


205 
bozorida 14,4 so’m (2000x7,2/ 1000) emas, balki 20 so’m (2000x10/1000) turadi. 
Ko’rinib turibdiki, mahsulot narxi qimmatlashadi va shu sababli uni olib kelish 
qisqarib boradi, va aksincha, o’zbek so’mi kursi oshib borishi bilan Turkiyadan 
tovar olib kelish va kapitalni chetga chiqarish foydali bo’ladi. 
Xarid qobiliyati pariteti kontseptsiyasiga ko’ra valyuta kursi doimo turli 
mamlakatlarda narxlar darajasining o’zgarishi natijasida kelib chiqadigan farqni 
qoplash uchun zarur bo’lgan darajada o’zgaradi. Ya’ni: 
Pt
Pd
r

Bu erda: r — xorijiy valyutaning milliy valyutadagi narxi; 
R
d
— ichki narxlar darajasi; 
R
t
— chet eldagi narxlar darajasi. 
Biz xarid qobiliyati pariteti kontseptsiyasini real almashtirish kursi modelida 
ifodalashimiz mumkin. Xalqaro olib sotarlarning tez harakatlari shuni ko’rsatyaptiki, 
sof eksport har qanday o’zgarishlar natijasida tez o’zgaradi. Milliy tovarlar narxining 
chet tovarlarga nisbatan kamayishi yoki boshqacha aytganda real almashtirish 
kurslarining pasayishi, olib sotarlarni o’z mamlakatidan tovarlarni sotib olib, chetga 
sotishga undaydi, yoki, aksincha. Valyuta kurslari milliy iqtisodiyotga, ishlab 
chiqarish va undagi bandlikka sezilarli ta’sir ko’rsatishi mumkin. Milliy valyutalar 
kursining pasayishi mamlakatlar eksport imkoniyatini oshiradi. Ammo mamlakat 
eksporti xom ashyo tovarlari importiga asoslansa, bunda valyutalar kursining 
pasayishi eksport qilinadigan tovarlar narxsining o’sishiga olib keladi va bu ularning 
raqobatga layoqatliligiga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Valyuta kurslarining oshishi 
mamlakatlar eksport imkoniyatlarini yomonlashtiradi. Valyuta kurslarining 
beqarorligi tashqi iqtisodiy aloqalarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Uning tebranishi 
xalqaro bitimlarda noaniqlik va tahlika darajasini ko’paytiradi. Shu sababli valyuta 
kursi ham mamlakat ichida va xalqaro munosabatlarda tartibga solishning muxim 
ob’ekti xisoblanadi.


206 

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin