Mavzu: Tovar va pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyotining shakllanishi va amal qilishining asosidir



Yüklə 252,5 Kb.
səhifə1/7
tarix02.12.2023
ölçüsü252,5 Kb.
#171617
  1   2   3   4   5   6   7
Tovar va pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyotining shakllanishi va amal kilishining asosidir


Mavzu: Tovar va pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyotining shakllanishi va amal qilishining asosidir
Reja:
1.Ijtimoiy xo’jalikning shakllari. Tovar ishlab chiqarish-ning vujudga kelish va rivojlanish sabablari.
2.Tovar va uning xususiyatlari. Tovarning nafliligi va ayirboshlanish qobiliyati (qiymati).
3.Pulning kelib chiqishi va mazmuni. Pulning asosiy vazifalari.
Kishilik jamiyatining rivojlanishida ijtimoiy xo‘jalikni tashkil etishning ikkita
umumiy iqtisodiy shakli ajralib turadi. Umumiy iqtisodiy shakllarning tarixan
birinchisi natural ishlab chiqarish hisoblanadi. Ijtimoiy xo‘jalikning bu shaklida
yaratilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun,
xo‘jalik ichki ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan. Demak, o‘z ehtiyojlarini qondirish
uchun ishlab chiqarish – natural ishlab chiqarish, bunday ishlab chiqarishga
asoslangan xo‘jalik esa – natural xo‘jalik deb ataladi. Bunday xo‘jaliklarda
iste’mol hajmi va tarkibi ko‘pincha ishlab chiqarish hajmi va tarkibiga mos kelgan,
ularning bir-biri bilan bog‘lanishi bir xo‘jalik doirasida amalga oshganligi sababli
juda oson kechgan. Bunday munosabatlar eng avvalo ibtidoiy jamoada,
keyinchalik patriarxal dehqon xo‘jaligi, feodal pomestyalarida hukm surgan.
Natural ishlab chiqarish shakli barcha iqtisodiy jarayonlarni bir xo‘jalik doirasida
qat’iy cheklab qo‘yadi, tashqi xo‘jaliklararo aloqalar uchun yo‘l ochilmaydi. Ishchi
kuchi muayyan xo‘jalikka juda qattiq biriktirib qo‘yiladi va ko‘chib yurish
imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Natural xo‘jalik shakllarining xuddi shu
xususiyatlari qishloq xo‘jalik jamoalarini ming yillar davomida barqaror saqlanib
qolishining «siri»ni ochib beradi. Natural xo‘jalik ishlab chiqarish maqsadlarini
nihoyatda cheklab, hajmi va turi jihatidan kam bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga
bo‘ysungan. Shuning uchun ham jamiyat rivojlanish yo‘lida asta-sekinlik bilan
natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o‘tadi.
Hozirda ijtimoiy xo‘jalik yuritish shakli sifatida natural xo‘jalik deyarli
barham topgan. Shunga qaramay, hali u qadar rivojlanmagan hamda jahon
hamjamiyati iqtisodiy aloqalaridan ajralib qolgan qoloq mamlakatlarda natural
xo‘jalik ko‘rinishlari hamon saqlanib qolgan. Shuningdek, tovar ishlab chiqarish
ommaviy tus olishiga qaramay, ijtimoiy hayotning ba’zi bir jabhalarida natural
ishlab chiqarish elementlarini uchratish mumkin. Masalan, oiladagi shaxsiy
ehtiyojlarni qondirish uchun uy bekalari tomonidan ovqatlar, turli xil konserva
mahsulotlarining tayyorlanishi, kir yuvish, dazmollash, uylarni tozalash kabi
xizmatlarning bajarilishi, shaxsiy tomorqada turli xil sabzavot va rezavor
mevalarning etishtirilishi kabilar shular jumlasidandir. Biroq, shunga qaramay,
kishilik jamiyati taraqqiyotining yuksalib borishi bilan, natural ishlab chiqarish
miqyoslari qisqarib, o‘z o‘rnini tovar ishlab chiqarishga bo‘shatib beradi.

Yüklə 252,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin