Mavzu: Tovar va pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyotining shakllanishi va amal qilishining asosidir



Yüklə 252,5 Kb.
səhifə6/7
tarix02.12.2023
ölçüsü252,5 Kb.
#171617
1   2   3   4   5   6   7
Tovar va pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyotining shakllanishi va amal kilishining asosidir

pul – bu hamma
tovarlarni sotish va sotib olish mumkin bo‘lgan, umumiy ekvivalent rolini
o‘ynovchi maxsus tovardir.
Pulning miqdoriy nazariyasi – bu muomaladagi pul miqdori, tovar narxlari
darajasi hamda pullarning qiymati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni izohlashga
asoslangan iqtisodiy ta’limotdir. Uning mohiyati muomaladagi pul miqdori narxlar
va pul qiymati darajasining mutanosib ravishda o‘zgarishining dastlabki sababidir,
degan qoidadan iborat.
Pulning mohiyatini to‘laroq tushunish uchun uning quyidagi asosiy
vazifalarini ko‘rib chiqamiz: 1) qiymat o‘lchovi; 2) muomala vositasi; 3) boylik
to‘plash vositasi; 4) to‘lov vositasi.
Pulning qiymat o‘lchovi vazifasini ideal pul bajaradi. Tovar egasi yoki sotib
oluvchi fikran ideal ravishda shu tovarning almashuv qiymatini pul bilan
ifodalaydi. Tovarning narxi talab va taklif miqdori teng bo‘lgan taqdirdagina uning
qiymatiga muvofiq keladi. Aks holda, narx qiymatdan farq qiladi. Demak,
tovarlarning narxi ularning qiymati, pulning qiymati, talab va taklifning nisbati va
boshqa omillarga bog‘liq. Tovar almashuv qiymatining pul bilan ifodalanishi uning
narxini anglatadi. Tovarning almashuv qiymatini o‘lchash uchun muayyan
miqdordagi pul materialini birlik qilib olish zarur. Bunday birlik narxlar o‘lchovi
(masshtabi) deb ataladi. Bir tomondan narxlar o‘lchovi har qanday o‘lchov birligi
kabi shartlidir. Ikkinchi tomondan esa, u muayyan mamlakatda hamma tomonidan
e’tirof etilgan bo‘lishi kerak. Shuning uchun davlat pul birligi huquqini qonun
bilan mustahkamlaydi, bu birlik shu tariqa rasmiy tan olinadi.
Tovar muomalasi jarayonida naqd pul bo‘lishi kerak, chunki tovarlarni oldisotdi paytida ularning ramziy narxlari real pulga aylanmog‘i lozim. Bu jarayonda
pul
Yüklə 252,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin