O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi


 Valyuta kurslarining o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   110
makroiqtisodiyot

 
19.2. Valyuta kurslarining o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar 
Valyuta kurslarining o’zgarishiga bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi. Ularni 
qisqacha qarab chiqamiz: 
1. Iste’molchi dididagi o’zgarishlar. Iste’molchilar didining boshqa mamlakat 
buyumlariga nisbatan o’zgarishi bu mamlakat valyutasiga talab yoki taklifni 
hamda uning valyuta kursini o’zgartiradi. 
2.
Daromadlardagi nisbiy o’zgarishlar. Agar bir mamlakatda milliy 
daromadning o’sishi, boshqa mamlakatdagi bu ko’rsatkichning o’sishidan ustun 
bo’lsa, bunda uning valyuta kursi pasayadi. Mamlakatning importi uning 
daromadi darajasiga to’g’ri bog’liqlikka ega. 


203 
3.
Narxdagi nisbiy o’zgarishlar. Agar bir mamlakat, masalan, AQSh ichki 
narx darajasi tez o’ssa, boshqa mamlakat, masalan, Buyuk Britaniyada bu daraja 
o’zgarishsiz qolsa, bunda amerikalik iste’molchi nisbatan arzon Britaniya 
tovarini izlaydi va shu bilan funtga talabni oshiradi. Aksincha, britaniyaliklar 
Amerika tovarlarini sotib olishga kam moyil bo’ladi va bu funt taklifini 
pasaytiradi. Funtga talab o’sishi va taklif pasayishining bu uyg’unlashuvi 
dollarlarning qadirsizlanishini keltirib chiqaradi. 
4.
Nisbiy real foiz stavkalari. Faraz qilamiz, AQSh inflyatsiyani quvib 
o’tish maqsadida «qimmat pul» siyosatini amalga oshira boshlaydi. Natijada
real foiz stavkalari (inflyatsiya sur’atini hisobga olib o’zgartirilgan
(korrektirovka qilingan) foiz stavkalari AQShda boshqa mamlakatlar, masalan, 
Buyuk Britaniyaga qaraganda ko’tariladi. Britaniyalik jismoniy shaxs va 
firmalar ishonch hosil qiladiki, AQSh moliyaviy vositalarni qo’yish uchun 
juda jozibador va qulay joyga aylanadi. Amerika moliyaviy aktivlariga 
talabning bu ko’payishi Angliya funti taklifining kengayganligi va shu sababli 
dollar qiymati o’sganligini bildiradi. 
5.
Spekulyatsiya. Faraz qilamiz, AQSh iktisodiyotida quyidagilar kutiladi: 
a) Britaniyanikiga qaraganda tez o’sa boshlaydi; 
b) Britaniyanikiga qaraganda ancha kuchli inflyatsiyaga duch keladi; 
v) Britaniyaga qaraganda ancha past real foiz stavkalariga ega bo’ladi. 
Bu tahmin (prognoz)lar kelajakda dollar kursi pasayishi, funt kursi esa
aksincha ko’tarilishidan darak beradi. Demak, dollarni ushlab turuvchilar ularni 
funtga aylantirishga harakat qiladi va shu bilan funtga bo’lgan talabni oshiradi. 
Bu almashish, dollar kursining pasayishini va funt kursining oshishini keltirib 
chiqaradi. 

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin