186
manfaatlariga xizmat ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan sho‘‘ba sug‘urta
kompaniyasidir. Bevosita korxonada tashkil etuvchi zaxira fondlaridan farqli
ravishda keptiv sug‘urta kompaniyalari o‘z ta‘sischilarining sug‘urta zaxiralarini
ko‘proq optimal boshqarish imkoniyatlariga egadir.
AQSh va boshqa bir qator mamlakatlarda o‘tkazilgan
tadqiqotlarning ilk
natijalari shundan dalolat beradiki, jahonda yuz bergan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz
oqibatlari tufayli paydo bo‘lgan risklarni nisbatan yumshoq qabul qilgan
korxonalar o‘z ish faoliyatida qator tadbirlarni amalga oshirganlar. Jumladan, risk-
menejmentida autsorsing va benchmarkinglarni faol qo‘llashgan. Korxonalar
faoliyatiga ta‘sir etadigan risklarni boshqarish va kamaytirish yuzasidan bir
vaqtning o‘zida turli xil tajribalardan foydalanishgan.
Birinchidan, ular katta
rasmiy reyting agentliklariga murojaat qilmasdan, salohiyatli investorlarning
fikrlari va tahlil natijalariga asoslanib ish yuritishgan. Ikkinchidan, ular o‘tkazgan
risk-menejmentida korxona ichidagi stress-test yaxshi natijalar bergan.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, investitsiya loyihalaridagi
pul oqimlarining
hisob-kitobi kelgusi yillarga asoslanganligi sababli prognoz xarakterga egadir. Shu
sababli investitsiya loyihasini tahlil qilishda prognoz ko‘rsatkichlar haqiqatda
to‘g‘ri bo‘lib chiqishi qiyin yoki haqiqiy ko‘rsatkichlar rejadagidan ozgina
cheklanadi, yoki umuman xato bo‘lib chiqishi mumkin. Shuning uchun investitsiya
loyihasini tahlil qilish va baholashda investitsiya risklarini samarali
boshqarilishini
tashkil etish, risklar tahlili natijalariga mos ravishda boshqarish
usullarini tanlash, tanlangan usullar va choralar va doirasida aniq chora-tadbirlarni
qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: