2) kredit tanasi va foizlarni muddatida qaytara olmaslik natijasida bank likvid mablag‘larining kamayishiga olib kelishi bilan bog‘liq risk.
3) kreditni ta’minlash bilan bog‘liq risk. Bu risk turi kredit uchun qo‘yilgan garovni sotishdan tushgan mablag‘ ajratilgan kreditni qoplash uchun yetarli emasligi bilan bog‘liqdir, natijada bank o‘z talabini to‘la qondira olmaydi.
4) qarz oluvchining ishbilarmonligi bilan bog‘liq risklar. Bu risk korxonaning ish faoliyati bilan bog‘liq bo‘ladi (sotib olish, ishlab chiqarish va sotish). Ammo boshqa risklardan farqli o‘laroq bu riskka korxona rahbari bilan bog‘liq bo‘lmagan omillar ham ta’sir ko‘rsatadi, masalan tarmoqning rivojlanishi va konyukturasi. Bu riskning hajmini investitsion dastur va ishlab chiqaradigan mahsulot turi hamda sifati belgilaydi. Kredit riskining darajasi quyidagi omillarga bog‘liq: