Banklardagi kredit inspektorlari mijozning kreditga layoqat-liligini tahlil qilishda, balansdagi asosan (joriy aktivlari va majburiyat bo‘limidagi) moddalarning tarkibiy o‘zgarishlarini ko‘rib chiqadilar. Bu albatta, xavf-xatarni baholashni yengillashtiradi.
Korxona kreditga layoqatliligi tahlili uchun kerak bo‘ladigan keyingi ko‘rsatkich – bu mustaqillik (muxtoriylik) koeffitsiyentidir. Ushbu koeffitsiyent 0,6 dan, ya’ni 60 %dan yuqori bo‘lsa, kredit xatari eng kam hisoblanadi. Bu koeffitsiyent 30 % dan, ya’ni 0,3 dan kam bo‘lmasligi lozim.