Kreditlash jarayoni juda ko‘p va turli xil xavf-xatarlar (risklar) bilan bog‘liq bo‘lib, qaysiki kreditlarni belgilangan muddatda qoplanmaslik muammosini keltirib chiqaradi. Shu sababli banklar o‘z mijozlariga kredit berishda, mijozning kreditga layoqatliligini tahlil qiladilar.Bank mijozining kreditga layoqatligi deganda mijozning o‘z qarz majburiyatlari bo‘yicha to‘liq va o‘z vaqtida hisoblashish qobiliyati tushuniladi. Mijozning kreditga layoqatlilik darajasi banklar uchun juda zarur, chunki har bir berilgan kredit risk bilan bog‘liq. Agar bank riskni hisobga olmasa, kredit o‘z vaqtida qaytmasligi yoki umuman to‘lanmasligi mumkin. Shu sababli, banklar o‘z mijozlari moliyaviy holatini, to‘lovga qobilligini va albatta, kreditga layoqatliligini tahlil qiladi.