Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


uchun bu masalalarni amalga oshirish juda qiyin bo‘lsada, xuddi ana shu maqsad amalga oshirilsagina berilgan kreditdan foyda olinadi



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə50/151
tarix28.11.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#169457
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   151
B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi-fayllar.org

61

uchun bu masalalarni amalga oshirish juda qiyin bo‘lsada, xuddi ana shu maqsad amalga oshirilsagina berilgan kreditdan foyda olinadi.
Kreditga layoqatlilikni tahlil qilish vazifasi bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:



  • kreditga layoqatlilikni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni aniqlash;



  • ko‘rsatkichlarni tahlil qilish (yil boshi va yil oxirini taqqoslash);


  • ko‘rsatkichlarga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash;



  • kreditga layoqatlilikni mustahkamlash yo‘llarini aniqlash. Korxonalarning kreditga layoqatliligini aniqlovchi ko‘rsat-


kichlarni quyidagi 2 guruhga bo‘lishimiz mumkin:


1) kreditga layoqatlilikni ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlar quyi-dagilar:



  • qoplash koeffitsiyenti;



  • o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik (muxtoriylik) koeffitsiyenti;


  • likvidlik koeffitsiyenti.


2) qo‘shimcha koeffitsiyentlar:



  • aylanma mablag‘larining aylanuvchanlik koeffitsiyenti;



  • o‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi;


  • foyda va rentabellik koeffitsiyentlari.


Jahon amaliyotida korxona likvid mablag‘lari ikkiga bo‘linadi:


1) absolut likvid mablag‘lar;
2) joriy likvid mablag‘lar.


Absolut likvid mablag‘lar tarkibiga balans aktiv qismining ikkin-chi bo‘limi jamisi kiritiladi. Ular 3 qismdan iborat:
1) oson ishlatiladigan zaxiralar;


2) pul mablag‘lari;


3) oson amalga oshiradigan talablar, «debitorlik qarzlari». Likvid mablag‘larning korxonada yetarlicha bo‘lishi, uning


majburiyatlarini o‘z vaqtida qoplay olishidan dalolat beradi. Joriy lik-vid mablag‘lar bu juda ham tez pulga aylanadigan korxona vositalarini o‘z ichiga oladi, shu sababli joriy likvid mablag‘lar tarkibiga balans aktiv qismi ikkinchi bo‘limining quyidagilari kiradi:

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin