Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


ishsizlik riski. Bu oila a’zolaridan biri ishini yo‘qotishiga oid



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə134/151
tarix28.11.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#169457
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   151
B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi-fayllar.org







  • ishsizlik riski. Bu oila a’zolaridan biri ishini yo‘qotishiga oid


    risk;




  • uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol tovarlariga egalik bilan bog‘liq risk. Bu uy, mashina va boshqa uzoq foydalaniladigan tovarlarga egalik bilan bog‘liq zararlar riski. Zararlar yong‘in va o‘g‘irlik kabi baxtsiz hodisalar yoki texnologik o‘zgarishlar va iste’molchilar didining o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan ma’naviy eskirish tufayli kelib chiqishi mumkin;







  • boshqa shaxslar oldida javobgarlik bilan bog‘liq. Riskning bu turi sizning harakatlaringiz tufayli yetkazilgan zarar oqibatida kimdir sizga moliyaviy xarakterdagi e’tiroz bildirishi ehtimoli bilan bog‘liq. Masalan, ehtiyotsizlik bilan mashina haydashingiz avtohalokatga sabab bo‘ldi va endi siz jabrlanuvchining salomatligi va mol-mulkiga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplashingiz lozim.







  • moliyaviy aktivlarga qo‘yilmalar bilan bog‘liq risk. Uy xo‘jaligi bir yoki bir nechta valutada denominatsiyalangan fiksirlangan daromadli qimmatli qog‘ozlar yoki oddiy aksiyalar kabi turli xil moliyaviy aktivlarga egalik qilsa, bu risk o‘rtadi. Riskning bu turi manbai mazkur qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilgan kompaniyalar, hukumat va boshqa iqtisodiy subyektlar to‘qnash keladigan vaziyatlarning rivojlanishidagi noaniqlik sanaladi.


    Kompaniya yoki firma – bu birinchi va asosiy funksiyasi tovar hamda xizmatlarni sotish sanaluvchi tashkilot. Aslida, kompaniyalarning har qanday faoliyati turi risk har xil turlari bilan bog‘liq. Risk har qanday biznesning zaruriy qismidir. Kompaniyaning tadbirkorlik riski turlari uning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan aksiyadorlar, kreditorlar, iste’molchilar, ta’minotchilar, xodimlar va hukumat kabi barcha subyektlar xatti-harakatlari tufayli yuzaga keladi. Bunda kompaniya moliyaviy tizim yordamida o‘zi duch keladigan riskni boshqa qatnashchilarga o‘tkazishi mumkin. Masalan, sug‘urta kompaniyasi kabi maxsus moliya kompaniyalari risklarni birlashtirish va o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni taklif etadi.


    191
    Umuman, kompaniya duch keladigan riskning barcha turlari odamlar tomonidan vujudga keltiriladi, deb aytish mumkin.

    Misol tariqasida, non mahsulotlari ishlab chiqarish bilan bog‘liq risk turlarini ko‘rib chiqamiz. Nonvoyxonalar kabi boshqa faoliyat sohasida ish yurituvchi kompaniyalar risklarning quyidagi toifalariga to‘qnash keladi:







  • ishlab chiqarish bilan bog‘liq risk. Bu texnika ishdan chiqishi (pech, mahsulotlarni yetkazib beradigan yuk mashinalari va hokazo), xomashyo mahsulotlar (un, tuxum va boshqalar) yetkazib berish bel-gilangan muddatda amalga oshirilmasligi, mehnat bozorida kerakli ishchilar bo‘lmasligi yoki yangi texnologiyalarni joriy etish tufayli kompaniyada mavjud jihozlarning ma’naviy eskirishiga oid risk.


    Yüklə 0,89 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   151




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin