Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Moliya bozorining asosiy amaliy qoidasi berilgan javobni ko‘rsating



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə133/151
tarix28.11.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#169457
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   151
B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi-fayllar.org

186


  • Moliya bozorining asosiy amaliy qoidasi berilgan javobni ko‘rsating.


    A) riskli qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilmalardan samara ishonchliligini oshirish uchun qo‘yilmalarni ayni bir turga joylashtirish emas, balki tarkibi imkon qadar xilma-xil qimmatli qog‘ozlardan iborat bo‘lgan portfelni shakllantirish maqsadga muvofiq, chunki ularning samarasi tasodifiy, lekin tasodifiy og‘ishlari mustaqildir.


    B) samarali portfellar to‘plami mumkin bo‘lgan portfellar to‘plamining kichik to‘plamini tashkil qiladi;


    C) minimal riskli barcha portfellardan samaradorligi berilgan samaradorlikdan kam bo‘lmagan portfelni shakllantirish.


    D) variatsiyani minimallashtirish portfel riskini minimallashtirishga teng kuchli.







  • ………………… – bu befarqlik egri chizig‘i samarali chegara bilan kesishadigan portfeldir.


    A) investitsiya portfeli; B) optimal portfel; C) Markovits portfeli; D) Sharp portfeli.







  • U.Sharpning keng dovruq qozongan, uzoq muddatli moliyaviy aktivlarni baholash modeli qanday nomlanadi?


    A) kapital bozorni baholash modeli;

    B) kapital investitsiyalar bozorini rivojlantirish modeli; C) kapital bozorining narx modeli;


    D) kapital bozorini diversifikatsiyalash modeli.





  • Blek modelining o‘ziga xos xususiyati berilgan javobni bel-


    gilang.

    A) har qanday katta daromadlilikni amalga oshirish mumkinligi; B) har qanday operatsiyadan daromad olishliligi;
    C) har qanday riskni minimallashtirish mumkinligi;

    D) qimmatli qog‘ozlarning ayrim turlariga esa to‘liq taqiqlov mavjudligi.


    187

    X BOB. MOLIYAVIY RISKLARNI BOSHQARISH


    10.1. Risklarni boshqarish jarayoni sxemasi


    Risklarni kamaytirishdan foyda va buning uchun zaruriy sarf-xarajatlar o‘rtasida muvozanatga erishish uchun yo‘naltirilgan murosani ishlab chiqish jarayoni, shuningdek, buning uchun qanday choralar ko‘rilishi lozimligi (jumladan, qandaydir harakatni rad qilish) bo‘yicha qaror qabul qilish riskni boshqarish deb ataladi.


    Risklarni boshqarish – risklarni tasniflash, identifikatsiyalash, tahlil qilish va baholash, riskdan himoyalanish usullarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan boshqaruv faoliyatidir.


    Risklarni boshqarishning asosiy metodologik tamoyili risk foydaliligi va me’yorini umumiy o‘lchov birliklarida o‘lchash hisobiga ushbu ikki ko‘rsatkichni baholash taqqoslanuvchanligini ta’minlash hisoblanadi. Risklarni boshqarish jarayonining boshlan-g‘ich bosqichi obyektning strukturasi, xususiyatlari va mavjud risklar haqida zaruriy ma’lumotlarni olish maqsadiga ega bo‘lgan risk tahlili sanaladi. Risklar tahlili ikkita bir-birini o‘zaro to‘ldiruvchi turlarga bo‘linadi: asosiy vazifasi risk omillarini va riskli vaziyatlarga olib keluvchi holatlarni aniqlashdan iborat bo‘lgan sifat tahlili va alohida risklar o‘lchamlarini va loyiha riskini umumiy hisoblash imkonini beruvchi miqdoriy tahlil. Sifat tahlili quyidagilarni nazarda tutadi: – barcha ehtimoliy risklarni identifikatsiyalash (belgilash); – risklar manbalari va sabablarini aniqlash; – risk mavjud yechimlarni qo‘llashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan amaliy foyda va ehtimoliy salbiy oqibatlarni aniqlash. Sifat tahlili jarayonida barcha ehtimoliy risklarni to‘liq aniqlash va identifikatsiyalash kabi hamda riskli hodisalar boshlanishiga olib keladigan ehtimoliy resurs yo‘qotishlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega.


    Miqdoriy tahlil risklarni son jihatidan baholash, ularning darajasini belgilash va optimal yechim tanlashni o‘z ichiga oladi. Matritsali o‘yinlar nazariyasiga tayangan, samaradorlikning turli mezonlarini qo‘llagan va chiziqli dasturlashning ikki tomonlama masalalar nazariyasidan foydalangan holda, noaniqlik sharoitida optimal yechimni tanlashning turli xil iqtisodiy masalalar uchun


    188

    yaxlit yondashuvi keltirilgan. Riskni miqdoriy baholash, shuningdek, matematik statistika va ehtimollar nazariyasi metodlaridan foydalan-gan holda ham amalga oshirilib, bu noqulay vaziyatlar yuzaga kelishini oldindan ko‘ra olish va imkon qadar uning salbiy ta’sirini kamaytirish imkonini beradi. Muayyan risklarning paydo bo‘lish ehtimoli va ular qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini miqdoriy baholash paydo bo‘lishiga ko‘ra eng ehtimolli va miqdoriga ko‘ra eng salmoqli risk yo‘qotishlarini ajratib ko‘rsatish imkonini beradi, bu vaziyatni amalga oshirish maqsadga muvofiqligi haqida qaror qabul qilish uchun kelgusi tahlil obyekti bo‘ladi.

    Risk tahlili


    Aniqlash Baholash
    Risklar samaradorligini taqqoslashda
    riskka ta’sir metodlarini tanlash
    Qaror qabul qilish

    Riskka ta’sir qilish


    Pasaytirish Saqlash O‘tkazish
    Natijalar nazorati
    10.1.1-rasm. Risklarni boshqarish jarayonining umumiy sxemasi

    Har bir risk turi uni kamaytirishning bir necha an’anaviy yo‘llariga imkon bergani bois, kelgusida ehtimoliy zararni minimallashtirish maqsadida ularning eng yaxshisini tanlash uchun riskka ta’sirning qiyosiy samaradorligini baholash muammosi yuzaga keladi. Taqqoslash turli mezonlar, jumladan, iqtisodiy mezonlar asosida ham bo‘lishi mumkin.


    Qaror qabul qilish bosqichi talab etilgan moliyaviy va mehnat resurslari aniqlanganda, menejerlar orasida vazifalar qo‘yish va ularni taqsimlash yuz berganda, tegishli xizmatlar bozori tahlil


    189

    qilinganda va mutaxassislari bilan konsultatsiyalar o‘tkazilganda, risklarning butun majmuini boshqarish uchun umumiy strategiyasini shakllantirish imkoniyatini nazarda tutadi.

    Riskka to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qilish jarayoni shartli ravishda uchta asosiy usulda amalga oshiriladi: riskni kamaytirish, saqlash va taqsimlash.


    Tanlangan strategiyani amalga oshirish natijalarini nazorat qilish va tuzatish menejerlardan olinayotgan yangi axborotlarga asoslanadi. Nazorat xavfsizlik tizimlari faoliyati samaradorligini kuzatish, risk darajasini o‘zgartiruvchi yangi holatlarni aniqlash va ushbu ma’lumotlarni sug‘urta kompaniyalariga yetkazish va hokazolar bilan ifodalanishi mumkin.


    Risklarni boshqarish jarayonining ko‘rib chiqilgan sxemasi faqat umumiy sxema sanaladi. Yuqorida sanab o‘tilgan bosqichlar va ishlarning xarakteri hamda mazmuni, ularni bajarishda qo‘llaniladigan metodlar tadbirkorlik faoliyatining o‘ziga xosligi va ehtimoliy risklar tabiatiga sezilarli darajada bog‘liq bo‘ladi.


    Ba’zi moliyaviy qarorlar, masalan, turli xil risklardan sug‘urta shartnomasini qancha summada tuzish masalasi to‘g‘ridan to‘g‘ri riskni boshqarish bilan bog‘liq. Biroq aktivlarning har xil turlari orasida pul resurslarini joylashtirishga nisbatan umumiy xarakterdagi ko‘plab qarorlar, xususan, jamg‘arish va investitsiyalash haqida qarorlar, moliyalashtirish bo‘yicha qarorlar asosan riskli sanaladi. Shuning uchun riskni boshqarish bo‘yicha qarorlar ma’lum darajada ularga ham taalluqli bo‘lishi mumkin.


    Isbot sifatida himoyalanganlik darajasini oshirish maqsadida qilingan uy xo‘jaligi jamg‘armalarini misol keltiramiz. Buning uchun kelgusida kutilmagan xarajatlar o‘rnini qoplashi mumkin bo‘lgan aktivlar sotib olinadi. Biz moliyaviy tizimning asosiy funksiyasi iste’molning optimal strukturasini shakllantirish va turli aktivlarga uy xo‘jaligi resurslarini joylashtirishga imkon yaratish bo‘lgani tufayli uy xo‘jaligi haqida so‘z yurityapmiz. Kompaniyalar va hukumat kabi iqtisodiy subyektlar, birinchi navbatda, ushbu asosiy funksiyani amalga oshirishni osonlashtirish uchun mavjud sanaladi. Shuning uchun biz avval odamlarning moliyaviy-iqtisodiy xatti-harakatlari, jumladan, ularning riskka qanday munosabatda bo‘lishini tushunib olmasdan turib optimal faoliyat tamoyillari mohiyatini muvofiq darajada oydinlashtira olmaymiz.


    190
    Uy xo‘jaliklari duch keladigan risklarning asosiy turlarini ko‘rib chiqamiz:



  • kasallik, nogironlik va o‘lim riski. Kutilmagan kasallik yoki baxtsiz hodisa bemorni davolash va parvarish bilan bog‘liq katta xarajatlarga olib kelgani kabi, mehnatga layoqatsizlik tufayli daromad manbalarini yo‘qotishga ham sabab bo‘lishi mumkin;


    Yüklə 0,89 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   151




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin