2.1.4- rasm. Innovatsion faoliyat salohiyatni bevosita tarkibiy qismlari
Shu bilan bir qatorda innovatsion faoliyatda salohiyatni ikkinchi
darajali tarkibiy qismlarini shakllantirishga ham e’tibor qaratish zarur
(2.1.5-rasm).
43
2.1.5-rasm. Innovatsion faoliyat salohiyatning bevosita tarkibiy
qismlari
Chunki, korxona innovatsion faoliyat salohiyat darajasi muayyan
dinamikada bo‘lib, undagi o‘zgarishlar iqtisodiy o‘sishga yoki
kamayishiga ham olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham birinchi
darajali ta’sir etuvchilar kadrlar salohiyati, moliyaviy, iqtisodiy, tashkiliy
va texnologik salohiyatlar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi (2.1.6-rasm).
2.1.6-rasm: Innovatsion faoliyatda salohiyat dinamikasi.
Yo`naltiriladi
44
Demak, innovatsion faoliyatga ta’sir etuvchi salohiyat dinamikasi
darajasi, unga turli omillarning ta’siri natijasida vujudga keladi (kadrlar
tarkibining o‘zgarishi, texnik ta’minotning o‘zgarishi, mablag‘ jalb etish
va boshqalar).
Korxonalarni innovatsion salohiyatini to‘laqonli obyektiv baholash
jarayoni, birinchidan, uni tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar tarkibini
aniqlash, ikkinchidan esa, ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ta’sir etish
darajasini o‘lchashdan tashkil topadi.
Korxonalar innovatsion salohiyatining shakllanishi va rivojlanishi
yoki darajasi o‘zgarishi ma’lum bir omillar ta’siri natijasida sodir bo‘ladi.
Korxona innovatsion salohiyatini boshqarishni obyektiv va har tomonlama
tadqiq etish davomida, unga ta’sir o‘tkazuvchi omillarni aniqlash va
tizimlashtirish muammosi dolzarb va yetarlicha ishlab chiqilmagan
bo‘ladi.
Innovatsion faoliyatda salohiyat omili deganda, korxona innovatsion
o‘sishining jadalligi va tavsifiga ta’sir o‘tkazuvchi shartlar, sabab va
ko‘rsatkichlarni tushunamiz. Bunda innovatsion jarayon, ko‘plab
omillarning o‘zaro ta’siri natijasi sifatida maydonga chiqadi.
Korxona innovatsion salohiyatining shakllanishi va amalga oshirilishi,
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalaridan to mahsulotning
ommaviy
ishlab
chiqarish
yoki
innovatsion
texnologiyalarni
qo‘llanilishigacha, innovatsion jarayonni jadallashtiruvchi omillar va
sharoitlar majmuining o‘zaro tizimli ta’siri bilan bog‘liq.
Innovatsion
salohiyat
amalga
oshirilayotgan
va
tugatilish
bosqichlaridagi mavjud innovatsion loyihalarda, shuningdek, innovatsion
faoliyatning rivojlanish elementlarining barchasini o‘zaro bog‘lovchi
vositalarni qamrab oluvchi infratuzilmada aks etadi.
Innovatsion faoliyatda salohiyatni shakllanishi va amalga oshirilishi,
innovatsiyalarning ishlanishi va targ‘ib qilinishini sekinlashtiruvchi va
rag‘batlantiruvchi omillar makro, mezo, mikrobosqichlarga ta’sir
o‘tkazadi. Makro va mezobosqich omillari innovatsion loyihalarning
muvaffaqiyatli amalga oshirilishini belgilab beradi.
45
Aholining ongli faoliyati ijtimoiy belgilovchi mohiyatga ega bo‘lib,
mamlakatda amalga oshirilayotgan yangilanish va islohotlar jarayonida
faol ishtirok etishni talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: |