86
innovatsion jarayonlarni rag‘batlantirish,
hududlar va tarmoqlar
darajasida innovatsion rivojlanish va innovatsion faollik kompleksa
dasturlarini amalga oshirish, innovatsion faol tadbirkorlik subyektlarini
qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini mavjud emasligi;
xususiy sektor vakillarini
innovatsion faoliyatiga, jumladan ularning
manfaatdorligi pastligi sababli yetarli darajada jalb qilinmasligi;
davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida grantlarni taqsimlash va
ulardan oqilona foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ta’sirchan
chora-tadbirlarining mavjud emasligi;
ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiyalarni joriy
qilish sohasida xalqaro
hamkorlik va investitsiyalar jalb etish darajasining qoniqarsizligi kabi
omillar sabab bo‘lmoqda.
Innovatsiya
faoliyatini
davlat
tomonidan
tartibga
solish
mexanizmlarini tubdan takomillashtirish, iqtisodiyot tarmoqlari va
sohalariga innovatsiyalarni yanada samarali joriy etish uchun shart-
sharoitlarni yaratishda:
-
oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida innovatsion jamg‘armalar va
ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha bo‘linmalar
tashkil etish;
-
ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar hamda ilm-fan
bo‘yicha o‘rinbosarlari innovatsiya
faoliyatiga oid masalalar, ilmiy-
innovatsion ishlanmalarni joriy etish va tijoratlashtirish natijalari bo‘yicha
bevosita O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga
hisobdordir;
-
oliy ta’lim muassasalarining innovatsion jamg‘armalarini (keyingi
o‘rinlarda – innovatsion jamg‘armalar) shakillantirish innovatsion
mahsulotlarni tijoratlashtirishdan olinadigan daromadlar, oliy ta’lim
muassasalarining
ish haqi, stipendiya to‘lash, boshqa joriy xarajatlari
to‘langandan keyin to‘lov kontrakti mablag‘larini 5 foizdan kam
bo‘lmagan miqdorini yo‘naltirish hisobiga amalga oshiriladi.
Innovatsion jamg‘armalarning mablag‘lari:
-
ilmiy-tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni rag‘batlantirishga;
87
-
ilmiy labaratoriya uskunalari, sarflash materiallari va butlovchi
buyumlar
sotib olishga;
-
ilmiy-tadqiqot infratuzilmasini shakillantirish va yangilashga,
ilmiy xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga;
-
innovatsiya faoliyati bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni amalga
oshirishga yo‘naltirilishi belgilab qo‘yilsin.
Quyidagilar
oliy
ta’lim
muassasalarini
ilmiy-innovatsion
ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha bo‘linmalarining asosiy vazifalari
va faoliyat yo‘nalishlari hisoblanadi:
-
bozorni tizimli ravishda tahlil qilish va innovatsion mahsulot (ish,
xizmat)larga bo‘lgan talabni o‘rganish, o‘zini qoplash muddatini,
rentabellik va innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirish bilan bog‘liq
xatarlarni
baholash;
-
yuqori tijorat salohiyatiga ega va amalga oshirishga tayyor
bo‘lgan, o‘zlashtirish uchun istiqbolli loyihalarni tanlab olish;
-
innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun investorlar,
sheriklar va boshqa manfaatdor shaxslarni jalb qilish;
-
yangi texnologiyalarni joriy qilish va
innovatsion mahsulotlarni
ishlab chiqarish maqsadida sanoat korxonalari bilan o‘zaro hamkorlik
qilish;
-
oliy ta’lim muassasalarining ilmiy innovatsion ishlanmalarni
tijoratlashtirish bo‘yicha bo‘linamalari faoliyati innovatsion jamg‘armalar
mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar
hisobidan moliyalashtiriladi.
Innovatsiyalarni joriy qilishning eng optimal darajalarini e’tiborga
olgan holda innovatsion faoliyatga quyidagicha ta’rif va tavsiflarni berish
mumkin (3.1.1-rasm).
Innovatsion faoliyat – bu ishlab chiqarishni,
uning moddiy-texnika
bazasini yangilashga va rivojlantirishga imkon beruvchi yangi g‘oyalar va
ishlanmalarni yaratish, o‘zlashtirish va tatbiq etishga qaratilgan jarayonlar
majmuasidir.