O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/59
tarix03.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#172080
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59
Innovatsion iqtisodiyot Aliyev 2019 @iqtisodchi kutubxonasi

Takrorlash uchun savollar 
 
1. Zamonaviy innovatsion marketing strategik ko‘rinishlarini 
sharhlab bering? 
2. 
Yuqori 
texnologik 
tovarlarning 
innovatsion 
marketing 
xususiyatlari qanday tavsiflanadi? 
3. Yangi innovatsion tovarlarni ishlab chiqarishda maqsadli 
bozorning tahlili.? 
4. Innovatsion marketing strategiyasida texnologiyalar transferasi 
qanday tashkil etiladi? 
Mavzu bo‘yicha tavsiya etilgan adabiyotlar 
 
1.
Atkinson, Robert D. Innovation economics: the race for global 
advantage / Robert D. Atkinson and Stephen J. Ezell. USA: Yale University 
Press, 2012 
2.
Sengupta J.Theory of Innovation, A New Paradigm of Growth, 2014 
by Pearson Education, Inc.p.154. 
3.
 
https://www.youtube.com/watch?v=omYJhCLi9XI
An 
Insight, 
An 
Idea 
with 
Clayton 
Christensen 

World 
Economic 
Forum
www.aup.ru
Intellektualnыykapitalkaksredstvoinnovatsiy. 


112 
3.4. Korxonalarda eksport salohiyatini oshirishda innovatsion 
marketing texnologiyalaridan samarali foydalanish 
Marketing texnologiyalarini qo‘llar ekan, korxona maqsadli 
segmentda ishlashi, xaridorlarning ehtiyojlarini chuqurroq tushunish 
hisobiga maqsadli segmentda sotuvni ta’minlashi, xaridorlar ehtiyojlarini 
va bozorning rivojlanish tendensiyalarini yaxshiroq bilish hisobiga boshqa 
kompaniyalar bilan muvaffaqiyatli raqobat qilishi, korxona maqsadlariga 
qarab foydalilikni oshirishi yoki bozorda kattaroq ulush egallab olishi 
mumkin. 
Marketing texnologiyalari bu – firmaning bozorda muvaffaqiyatli 
faoliyat yuritishiga yo‘naltirilgan usullardir. Beshta asosiy marketing 
texnologiyalari mavjud: segmentlash, yo‘naltirish, joylashtirish, tahlil 
qilish (jumladan, sotuvni), bashoratqilish
12
.
Bunda bir necha turdagi innovatsion marketing texnologiyalaridan 
foydalaniladi. 
Ularga 
axborot-marketing 
texnologiyalari, 
SRM, 
integratsiyalashgan 
marketing 
texnologiyasi, 
brend 
texnologiyasi, 
tarmoqlimarketing 
texnologiyasi, 
merchendayzing 
marketing 
texnologiyasi, 
virusli 
marketing 
texnologiyasi, 
kross 
marketing 
texnologiyasi, Ca11-markaz, mobil marketing texnologiyalarini kiritish 
mumkin.
Axborot marketing texnologiyalari bu eng yangi axborot 
texnologiyalarini qo‘llagan holda mahsulotni ilgari surish orqali sotuvni 
oshirish va yaxshilash borasida biznes yuritish bo‘yicha qator 
texnikalardir. 
Bozorga samarali yo‘naltirilganlikni ta’minlaydigan axborot tizimlari 
SRM sinfiga oid tizimlar hisoblanadi. Ushbu tizimlar aynan ko‘rsatkich 
uchun uzoq muddatli raqobatli ustunlik hisoblangan «sodiq» mijozlar keng 
bazasini yaratishga yo‘naltiriladi. Bunday tizimlar 90 yillarning o‘rtalarida 
vujudga kelgan bo‘lib, hozirgi paytda rivojlanish bosqichida turibdi.
12
Ильичева, И. в. Маркетинговые технологии: учебно-методическое пособие / N. в.Ильичева. - 
Ульяновск: УлгтУ, 2012 – 54 с. 


113 
Yuqorida keltirilgan ta’rifga ko‘ra, SRM bu - mavjud va potensial 
mijozlar haqida barcha axborot manbalarini integratsiya qilish va 
ulardanmaksimal darajada foydalanish imkoniyatidir. Shunday qilib, SRM 
texnologiyalari birinchi navbatda, axborot to‘plash, qayta ishlash 
vasamarali foydalanish imkoniyatlarini belgilab beradi.
Mamlakatimizda SRM tizimlar endi ommalashmoqda. Turli 
seminarlar, taqdimotlar o‘tkazilmokda, dasturiy mahsulotlar namoyish 
etilmoqda. Biroq SRM texnologiyalarniommalashtirish bu aksiyalarda 
hozirgacha asosiy e’tibor mijozlar bilan mahsulot va xizmatlarni ilgari 
surish, sotish va qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha 
uzluksiz aloqa qilish imkoniyatiga, ya’nijarayon faolligiga qaratiladi. 
Ushbu faoliyat SRM texnologiyalarning juda muhim elementi hisoblanadi. 
Biroq u mijozga yo‘naltirilganlik strategiyasi berishi mumkin bo‘lgan 
imkoniyatlarning faqat bir qisminigina amalga oshiradi.
SRM strategiyalarni amalga oshirishda ham tezkor ham strategik 
tahlilni ta’minlashi, korxonaning sotuv va marketing sohasida boshqaruv 
qarorlari qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash va vaziyatni baholashi lozim 
bo‘lgan vositalar ham bundan kam ahamiyat kasb etmaydi. 
SRMtizimlarida bunday vositalar yo‘qligi ularni joriy qilish bo‘yicha 
loyihalar muvaffaqiyatsizligining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.
SRM atamasi bilan qoidaga ko‘ra, nafaqat mijozlar bilan o‘zaro 
munosabatlarni boshqarish funksiyalaridan iborat bo‘lgan axborot 
tizimlarini, balki mijozga yo‘naltirilgan strategiyaning o‘zini ham 
belgilanadi. Ushbu strategiyaning mohiyati shundan iboratki, mijozlar 
bilan eng qalin aloqalar o‘rnatish uchun mijozlar, sotuv, marketing 
tadbirlariga javoblar, bozor tendensiyalari haqida turli axborot manbalarini 
birlashtirish lozim.
SRM strategiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan axborot texnologiyalarini 
tasniflash uchun uning asosida yotadigan quyidagi tamoyillarni keltirib 
o‘tamiz: 
mijozlar 
bilan 
barcha 
o‘zaro 
aloqa 
holatlari 
haqidagi 
barchama’lumotlar tezkor joylashtiriladigan va undan yagona (umumiy, 
birlashtirilgan) axborot ombori mavjudligi; 


114 
ko‘plab o‘zaro aloqa kanallarini boshqarishning bir-biriga 
moslanishi. Ko‘rinib turibdiki, mijoz bilan aloqa usulidan (email bo‘yicha) 
sotuv bo‘yicha menejer mijoz haqida to‘liq axborot olishi lozim; 
mijozlar haqida to‘plangan axborotni doimiy tahlil va mos keluvchi 
qarorlarni qabul qilish, masalan, mijozlarning kompaniya uchun 
muhimligi, mijozning ehtiyojlariga muvofiq unga individual yondashuv 
ishlab chiqish asosida ularning ustuvorliklarini aniqlash. 
Mos ravishda, marketingni rejalashtirish metodologiyasida ikkita 
qismni ajratish mumkin.Birinchidan ma’lumot to‘plash va qayta ishlash, 
ikkinchidan boshqaruv marketing qarorlari qabul qilish. Ma’lumot to‘plash 
va qayta ishlash har bir korxona uchun o‘ziga xos sanaladi. Ular korxona 
turi, texnologik imkoniyatlar va an’analarga bog‘liq bo‘ladi.
Hozirgi kunda korxonalarning marketing sohasida ixtisoslashgan 
dasturiy ta’minoti o‘sib borayotgan ehtiyojlarini faqat SRM tizimlargina 
to‘liq darajada qondirishi mumkin. Bunday tizimlarda ma’lumot to‘plash 
va qayta ishlash imkoniyatlari dasturlash, statistika va matematika 
sohasida mutaxassis bo‘lmagan marketologlarga dasturiy-matematik 
vositalardan emas, balki o‘zining bozor borasidagi bilimlaridan 
foydalanib, marketing axborotlari sifat tahlilini o‘tkazishga yordam berishi 
lozim.
Virusli marketing bu - shunday strategiyaki, unda tovar, xizmat yoki 
ularning reklamasi kishiga shu qadar ta’sir ko‘rsatib, uni mahsulot yoki 
xizmatni tarqatish g‘oyasi bilan «kasallantirali» va uning o‘zi faol reklama 
tarqatuvchiga aylanadi. Bu kishining u xaqida do‘stlari va tanishlariga o‘zi 
mamnuniyat 6nlan gapirib beradigan, unga yoqadigai reklamadir.
Virusli marketing bu - brend (tovar, xizmat) xaqida xabardorlikni 
oshirish uchun mavjul ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadigan marketing 
texnikasi.
Virusli marketing bu e-mailmarketing uchun xos bo‘lgan uslubiy 
tamoyillar bo‘lib, ular shaxsning marketing xabarini boshqa shaxslarga 
yetkazishini rag‘batlantirishga asoslanadi, bu esa ushbu xabarning 
eksponensial o‘sishi uchun salohiyat yaratadi. Huddi viruslar kabi, bunday 


115 
texnologiyalar uzatilgan xabarlar sonini oshirish uchuy har kanday 
imkoniyatdan foydalanadi.
Virusli marketing - brend (tovar, xizmat) haqida xabardorlikni 
oshirish uchun odamlarning o‘zidan foydalanadigan marketing texnikasi. 
Bu «og‘izdan og‘izga» marketing kommunikatsiyasidan foydalangan 
holda axborotni tarqatish, mish-mishlarni boshqarish texnologiyasi, 
yashirincha marketing elementi, tavsiyalar bo‘yicha marketing yoki 
«uzunquloq radio» deb atalishi ham mumkin.
Hozirgi paytda virusli marketingning eng tarqalgan vositasi internet 
hisoblanadi.
Virusli marketing bu - tovar, xizmat yoki ularning reklamasi insonga 
uning ma’lum bir kontentni tarqatish g‘oyasini «yuqtiradigan» va o‘zi faol 
retranslyatorga aylanadigan strategiya. Virusli marketingga e’tibor 
kattaligi hozirgi kunda maqsadli muloqot doirasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
kommunikatsiya imkoniyati mavjudligi bilan izohlanadi.
Virusli marketingning siri shundan iboratki, u odamlarning axborot 
va xabarlar bilan o‘rtoqlashish odatidan foydalanadi. Kishi kulgili video, 
chiroyli musiqa, g‘ayriodatiy fotosurat olgach, birinchi o‘rinda ularni o‘z 
do‘stlariga yetkazishga harakat qiladi va shu tariqa olingan fayl tarmoq 
bo‘ylab tez tarqaladi
13
.
Tarmoq marketingi bu - kompaniyaning mustaqil vakillari yoki 
distribyutorlar tomonidan mahsulot yoki xizmatlar haqida axborotni 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarqatish bilan bog‘liq biznes. Tarmoq marketingining 
asosiy vazifasi maksimal sondagi odamlarni axborot bilan qamrab olish 
hisoblanadi. Tarmoq marketingining zamonaviyroq sanalgan MLM 
(Multi-Level Marketing) tushunchasi «Ko‘p tarmoqli marketing» sifatida 
izohlanadi. Tarmoq marketingida mahsulot yoki xizmatni tarqatishga juda 
ko‘p odam jalb qilinadi. Tarmoq marketingi sohasida faoliyat yuritadigan 
juda ko‘p kompaniyalar mavjud. Har qanday mahsulot yoki xizmat 
bugungi kunda tarmoq marketingi tizimi yordamida tarqatiladi
14
13
Зварич Э. Отличия скрытого маркетинга от вирусного и партизанского Э.Эварич. Рекламодатель: 
теория и практика. - 2010. - К95. - С. 56-61. 
14
www.marketing.kharkov.ua/marketing/setevoy-marketing.html
 


116 
Tarmoq marketingi to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuv usuli bilan chakana 
savdoning eng tarqalgan varianti. Tarmoq marketingi uchun tovar ishlab 
chiqaruvchi va sotuvchi o‘rtasida ulgurji savdo firmalari yo‘qligi xarakterli 
tovarning butun harakati yangi ustama narxlar yuzaga keltirmagan holda 
tarqatuvchilar tarmog‘ida ro‘y beradi. Keng tarmoqlangan tarqatuvchilar 
tarmog‘i vujudga keladi. Tovar ishlab chiqaruvchi kompaniya sotuv 
hajmini oshirganlik uchun qo‘shimcha chegirmalar taqdim etgan holda 
tarmoqning o‘sishini rag‘batlantiradi. Tarmoq marketingida qoidaga ko‘ra 
ommaviy axborot vositalarida reklama kampaniyalari o‘tkazilmaydi -
sotuvchining o‘zi tovarni xaridorga taqdim etadi, tovar xususiyatlari 
haqida ma’lum qiladi, uning afzalliklarini namoyish etadi.
Tarmoq marketingi bu – tovar va xizmatlarni inson bilan insonning 
bevosita aloqaqilishidan foydalangan holda ishlab chiqaruvchidan 
iste’molchiga yetkazib berish ko‘zda tutilgan tarmoq (ko‘p pog‘onali) 
korxona yaratishni nazarda tutadigan marketing konsepsiyasi. Tarmoq 
marketingi harakatlantiruvchi kuch sifatida amal kiladi.
Brend mavjudligi va muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishining albatta 
qilinishi kerak bo‘lgan sharti umumiy firma uslubiga - korxona obrazining 
vizual va mazmuniy birligiga rioya qilish hisoblanadi. Firma uslubining 
elementlari quyidagilar hisoblanadi: mahsulot nomi, logotipi, tovar belgisi, 
xizmat ko‘rsatish belgisi, firma nomi, firma ranglari, korxona 
xodimlarning maxsus kiyimlari ranglari va uslubi, shuningdek, korxonaga 
tegishli bo‘lgan boshqa intellektual mulk obyektlari.
Brendlash tovar belgilarini bozorga ilgari surish tor ma’nosida 
poligrafiya usullari, shelkografiya, gul tikib bezash, bosma naqsh 
usullari,reklama, jumladan, ommaviy axborot vositalaridagi reklama 
yordamida amalga oshiriladi.
Brendni tovar, xizmat yoki kompaniya bilan bog‘liqravishda tasavvur 
qilinadigan kompleksli tushunishda bunday obraz shakllantirishning 
barcha jihatlarini hisobga olish muhim. Provayderishlab chiqaruvchi va 
iste’molchimijoz o‘rtasida kommunikatsiyalar jarayonida barcha sezgi 
organlari - ko‘rish, eshitish va harakatni his qilish organlari ishga tushadi. 
Shu sababli, brendlashga to‘laqonli kompleksli yondashuvda shuningdek, 


117 
firma ovoz bilan rasmiylashtirishi (musiqiy logotip, firma oxangi), 
kinestetik rasmiylashtirish (aroma-imzo. aroma-marketing, va shunga 
o‘xshash muqobil marketingshakllari) haqida gapiriladi.
Samarali brendlash uchun brenddan o‘rin olgan barcha tasavvurlar va 
tavsifnomalar kompleksini yetkazadigan personaj tobora ko‘prok 
foydalanilmoqda. Personajdan foydalanish brend bilan muvaqqat darajada 
ham (reklama kampaniya), doimiy darajada ham (logotip va nom bilan 
birgalikda brendbukka kiritilgan) ishlashga imkon beradi. Personaj brend 
va uning tavsifnomalarini aks ettirilishi ham, iste’molchini aks ettirishi va 
shu tariqa uning kutilayotgan iste’mol reaksiyalari va tasavvurlarini 
ko‘rsatishi ham mumkin. 
Brending bu – uzoq davr davomida savdo markasi yoki markasiz 
mahsulotning uni yakuniy iste’molchi uchun yanada jalb etuvchan 
qiladigan qo‘shilgan qiymati, emotsional yoki oqilona “belgisini” yaratish 
orqali brend imidjini shakllantirish jarayonidir
15
.
Brending quyidagicha ta’riflanadi: xaridor ongida tovar obrazini 
yaratish, tovar belgisi obrazining nufuzi, sifati, mashhurligi va jalb 
etuvchanligini qo‘llab-quvvatlash,belgilangan tovar markasiga nisbatan 
uzoq muddatli xaridorlar afzal ko‘rishini shakllantirishdir. 
Kross-marketing – bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalish bo‘yicha 
iste’molchilarni jalb qilishga imkon beradigan texnologiya eng katta foyda 
keltiradigan texnologiya hisoblanadi. 
Usulning mohiyati quyidagidan iborat bo‘lib, ikki yoki undan ortiq 
kompaniya o‘z mahsulotlarini ilgari surish uchun birgalikda aksiya 
tashkillashtiradi. Bunda reklama qilinadigan tovar yoki xizmatlar bir-biriga 
yo‘ldosh bo‘ladi va go‘yoki bir-birini to‘ldirib turadi. Kross-marketing 
turli tovarlar va xizmatlarni ilgari surishda faol qo‘llanadi. 
Call-markaz bu – ko‘p sonli telefon qo‘ng‘iroqlari bilan ishlash 
tizimi. Umuman olganda, faqat bitta korxonaehtiyojlari uchun ishlaydigan 
“ichki” Call-markazlar mavjud (masalan, uyali aloqa kompaniyasining 
abonentlar xizmati), lekin ko‘pchilik hollarda sall-markaz turli resurslar 
15
Ильичева, И. В. Маркетинговые технологии: учебно-методическое пособие / И. В.Ильичева. - 
Ульяновск: УлгтУ, 2012. – 78 с. 


118 
bilan ishlash va buning hisobiga pulni tejash maqsadida inson va texnika 
resurslaridan parallel ravishda foydalanishga imkon beradi. 
Call-markazning har bir operatori tizimga kirish uchun o‘z nomi va 
paroliga ega bo‘lib, uning ayni paytda sall-markaz xizmat ko‘rsatayotgan 
turli mavzulardagi qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatishdagi malakasining 
tavsifi ularga bog‘langan bo‘ladi. Birorta telefon raqamidan qo‘ng‘iroq 
kelib tushganda tizim avtomatik ravishda qo‘ng‘iroq qaysi raqamdan kelib 
tushgani va qaysi mavzuga mansub ekanligini aniqlaydi. Shundan keyin
mavzuni aniqlagach, tizim qo‘ng‘iroqni suhbat mavzusida javob bera 
oladigan bo‘sh operatorga yo‘naltiradi. 
Call-markazlar iskoniyatlarining rivojlanishida navbatdagi qadam IP 
kanallar (elektron pochta, chat va forumlar) orqali iste’molchilar bilan 
muloqot qilish imkoniyatlarining qo‘shilishi hisoblanadi va hosil bo‘lgan 
struktura “kontakt markaz” nomini oladi.
Internetglobal miqyosda sotuv hajmini oshirish uchun mo‘ljallangan 
yangi texnologiyalar taklif etadi. Intranet va extranet ilovalari bilan bog‘liq 
bo‘lishi kerak bo‘lgan internetdagi korporativ web-sahifa biznesning 
asosiga aylanmog‘i lozim. Marketing tashabbuslari amalga oshiriladigan 
asosiy joyga web-sahifa aylanadi, chunki bu iste’molchi eslab qoladigan 
asosiy narsadir. Tashrif buyuruvchi kompaniya sahifasiga tashrif buyurishi 
bilan, asosiy vazifa uni kerakli joyga yo‘naltirish va unga amalga oshishi 
lozim bo‘lgan harakatlarda yordam berishi qisoblanadi.
Kompaniyalar va iste’molchilar o‘rtasida axborot ayirboshlash uchun 
web-ilovalar, pochta dasturlari, tarmoq konferensiyalari va chatlardan 
foydalaniladi. Bu ilovalar juda ommalashgan, foydalanish uchun sodda 
bo‘lib, barqaror ishlashi bilan ajralib turadi, Shu sababli, korxonaga 
maksimal darajada muvafaqqiyat ta’minlaydigan variantlarni tanlab olish 
uchun ularning qanday ishlashini bilish zarur. 
Internet marketing texnologiyasidan kutilayotgan asosiy vazifa 
nafaqat yangi iste’molchilar topish, balki saytga mavjud ist’molchilarning 
qaytishini 
ham 
kafolatlashdir. 
Buning 
uchun 
uning 
xodimlari 
iste’molchilar savollariga tez va aniq javob beradigan hamda ularga 
yuzaga keladigan muammolarni hal qilishda tezkor yordam ko‘rsatadigan 


119 
sotuvga ko‘maklashish xizmatini tashkil qilish zarur. Mijozlarning va 
ularning so‘rovlari o‘ziga xosliklarini yaxshiroq bilib olish uchun 
marketing ma’lumotlarini to‘plash va tahlil qilish, shu tariqa, biznes uchun 
muhim qarorlarni axborot bilan qo‘llab-quvvatlashni ta’milashi lozim. 
Mobil marketing – ularni amalga oshirishda uyali aloqa (mobil) 
telefoni, smartfon yoki cho‘ntak portativ komp’yuteri (KPK) 
foydalaniladigan kommunikatsiyalar interaktiv marketing vositasi
16

Mobil marketingning asosiy afzalliklari – reklama kampaniyasiga 
boshqa vositalarni integratsiya qilish hisobiga reklama imkoniyatlarini 
kengaytirishdan iborat. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, korxonalar faoliyatida 
innovatsion marketing texnologiyalari usullaridan samarali foydalanish 
orqali tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yangi raqobatbardosh tayyor 
mahsulotlar ishlab chiqarishni va xizmatlar ko‘rsatishni o‘zlashtirish, 
ushbu mahsulotlar va xizmatlar bilan nafaqat ichki bozorga, balki jahon 
tovar va xizmatlar bozoriga kirib borish, umuman korxona iqtisodiyotini 
yuksaltirishga hamda samarali faoliyat yuritishiga muhim ahamiyat kasb 
etadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin