O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/59
tarix03.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#172080
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   59
Innovatsion iqtisodiyot Aliyev 2019 @iqtisodchi kutubxonasi

Texnologiyalar 
transferi 
markazlari 
(TTM) 
ilmiy-texnik 
natijalarning tijoratlashuvini tezlatishi, kichik innovatsion korxonalar, 
jumladan, texnoparklar va innovatsion-texnologik markazlar tarkibida 
yaratishni ta’minlashi ko‘zda tutilgan (3.2.1-jadval). 
3.2.1-jadval 
Texnologiyalar transferi markazining asosiy vazifalari
11
Texnologiyaning rivojlanish bosqichlari 
Texnologiyalar transferi bosqichlari 
Ilmiy-tadqiqotchilik ishlari bosqichlarini bajarish 
Texnologiyani amalga oshirish imkoniyatini tekshirish 
Tadqiqot natijalarini e’lon qilish 
Patent arizalari berish 
Anjuman va ko‘rgazmalarda qatnashish 
Ilmiy-tadqiqotchilik ishlari natijalariga 
egalikhuquqini sotish 
Tajriba-konstruktorlik ishlari bosqichlarini bajarish 
Mahsulotni sinov namunasi Texnologiya prototipi 
Texnik jihatdan amalga oshirish imkoniyatini tasdiqlash 
Texnologiyani amalga oshirish uchun kichik 
korxona tashkil etish 
Texnologiyani sotish 
Texnologiyani maromiga yetkazish 
Bozor namunalari yaratish 
Sinov tariqasidagi sotuvlar 
Servisni tashkil qilish 
Ruxsatnoma olish 
Sertifikatsiya 
Mahsulotni ko‘paytirish (kichik seriyada) va 
sotish 
Foydalanuvchilarni o‘rgatish Dillerlarni 
o‘rgatish 
Servis 
Texnologiyani sotish 
Korxona aksiyalarini sotish 
Biznesni sotish 
Sanoat texnologiyasi yaratish 
Ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etish 
Mahsulotni sertifikatsiyalash va ishlab chiqarish 
Diversifikatsiya 
Mahsulot va xizmatlarni sotish Servis 
Texnologiyani sotish 
Korxona aksiyalarini sotish 
Biznesni sotish 
Ishlab chiqarishni kengaytirish 
Mahsulotlarni ko‘paytirish 
Ishlab chiqarishnisertifikatsiyalash 
Ishlab chiqarish va mahsulotniyangilash 
Diversifikatsiya 
Mahsulot va xizmatlar sotish 
Servis xizmati 
Foydalanuvchilarni o‘rgatish 
Dillerlarni o‘rgatish 
Texnologiyani sotish 
Korxona aksiyalarini sotish 
Biznesni sotish 
11
Салихов С.А. Инновацион фаолиятни бошқариш. Дарслик. – Т.: ТДИУ, 2013. 24-25 б. 


94 
Shuni ta’kidlash joizki, TTM tizimining samarali ishlashiga qator 
omillar to‘sqinlik qiladi. Ularning orasidan quyidagilarni alohida ajratib 
ko‘rsatish maqsadga muvofiq: 

mintaqalar miqyosida innovatsion jarayonlarni boshqarishning sust 
tashkil etilganligi; 

ko‘pchilik TTMda ichki va xorijiy bozorlarga chiqish bilan bog‘liq 
muammolar; 

TTM tashkil qilish va faoliyat ko‘rsatishi uchun resurslar bazasining 
yetarli emasligi; 

innovatsion faoliyat kuchayishini rag‘batlantiradigan me’yoriy-
huquqiy asoslarni yetarli darajada emasligi. 
Hozirda internet tarmog‘ida ommalashib borayotgan Cloud tizimi 
iqtisodiyotda ham o‘z ta’siriga egadir. Bunga misol sifatida texnologiyalar 
konsorsiumini tuzilishini keltirish mumkin. Unga ko‘ra, firmalar 
gorizontal yo‘nalishda koalitsiyalartuzishadi. Bu koalitsiyalarning maqsadi 
birgalikda innovatsiyalarni joriy etish, joriy etish bo‘yicha tajriba 
almashinish va birgalikda innovatsion loyihalarni moliyalashtirishdir. 
Ushbu ishlar texnologik innovatsiyalarni yaratishda tannarx pasayiga olib 
kelishini hisobga oladigan bo‘lsak, ular eng samarali hamkorlikda ishlarni 
tashkil etadi. 
Hozirda ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish, barcha 
resurslardan tejamli foydalanish va buning natijasida ichki hamda tashqi 
bozorda raqobatbardosh, innovatsion, yuqori texnologiyaga asoslangan, 
eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosadigan mahsulotni ishlab 
chiqarishni kengaytirish talab etiladi.
Ayniqsa, real sektor korxonalari ishlab chiqarish samaradorligini 
oshirish , raqobatbardoshligini ta’minlashda innovatsion texnologiyalardan 
samarali foydalanish to‘g‘risida fikr yuritar ekanmiz, avvalambor, 
innovatsion faoliyat tushunchalari mohiyatini o‘rganib olishimiz lozim. 
O‘tgan asrning o‘rtalarida tobora rivoj topgan ilmiy-texnik 
revolyusiya, ishlab chiqarishning texnologik o‘zgarishlari o‘sha davrning 
barcha mulkdorlar, tadbirkorlar hamda iqtisodchilar diqqat markazida 
bo‘ldi. Bu kabi o‘zgarishlar ilmiy tilda – innovatsiya atamasi bilan 


95 
ifodalana boshlandi. Bugungi zamonimizda – innovatsiya tushunchasi 
biron bir turdagi faoliyatni tarkibiy jihatdan yangilash, tubdan o‘zgartirish, 
xo‘jalik faoliyati subyektlari tomonidan ilmiy-texnik tashkiliy, boshqaruv 
va boshqa yangiliklarning yaratilishi tarqalishi hamda joriy etilishini 
anglatmoqda. 
Jahon amaliyotida “innovatsiya” atamasi bozorga tadbiq etilgan 
yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot yoki amaliy faoliyatda 
foydalanilayotgan ilg‘or texnologik jarayon yoki insonlar turmush 
sharoitini yaxshilash maqsadida yaratilgan innovatsion faoliyatning 
yakuniy natijasi sifatida belgilanadi. U hayotga tadbiq etilganidan keyin 
barcha xususiyatlarga ega bo‘lib ayirboshlash natijasida jamiyat a’zolariga 
ijtimoiy-iqtisodiy yoki ma’naviy naf keltiruvchi tovarlarga – innovatsiya 
deyiladi. 
Fikrimizcha hozirgi zamon raqobat muhitida faoliyat yuritayotgan 
ilg‘or tadbirkor faqatgina innovatsiyalar, yangiliklar yordamida bozorda 
o‘zining mavqeini mustahkamlashi hamda daromadini yuqori darajasiga 
erishishi mumkin. Iqtisodiy sharoitlarni chuqurlashtirish sharoitida
korxonalarni innovatsion texnologiyalar yordamida rivojlantirish ustuvor 
vazifalar qatoriga kiradi. Dunyoning aksariyat davlatlarida hukm 
surayotgan bozor iqtisodiyoti bozor subyektlari oldiga ilm-fan yutuqlari 
ya’ni innovatsion texnologiyalardan turmushimizning har bir jabhasida 
joriy etish va ulardan to‘liq foydalanish vazifasini qo‘ymoqda. 
Aynan shu maqsadda, zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarni 
kichik va yirik korxonalar faoliyatiga tadbiq etish bosqichlari va usullarini, 
amaliy yondashuvlarni ishlab chiqish muhim hisoblanadi. Korxonalar 
innovatsion rivojlanish strategiyasi rivojlantirish bo‘yicha zaruriy 
tavsiyalar ishlab chiqish lozim. 
Bizga ma’lumki, AQSH, Xitoy, Yaponiya,Germaniya kabi 
dunyoning eng rivojlangan davlatlari aynan innovatsion texnologik 
rivojlanish strategiyasini to‘g‘ri qo‘llaganliklari sababli jahonda mutloq 
ustunlikka erishganlar. Yuqori iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ega mamlakatlar 
avvaldan kuchli innovatsion texnologik salohiyatga ega bo‘lib, sanoati 
rivojlangan hisoblanadi. Ular strategiyasining bosh maqsadi sanoatning 


96 
mashinasozlik, avtomobilsozlik, to‘qimachilik kabi Yetakchi tarmoqlarni 
taraqqiy ettirish, ishlab chiqarish infratuzilmasini qulay shakllantirish, 
yaratilayotgan kashfiyotlar va ixtirolarni ishlab chiqarishga tezkor tarzda 
yo‘naltirish va bu orqali iqtisodiy rivojlanishni yaqin davrlarga prognoz 
qilishdan iborat.
Bugungi kunda dunyoda barcha sohalarda sifatli o‘sishni 
ta’minlovchi yangiliklarni amaliyotga dadil tatbiq etish jamiyatni va 
iqtisodiy 
rivojlanishni 
harakatlantiruvchi 
kuchga 
aylanganini 
ko‘rsatmoqda. O‘zini iqtisodiyotida innovatsion modellarini va “aqlli” 
texnologiyalarni qo‘llayotgan mamlakatlar eng muvaffaqiyatli va barqaror 
davlatlar hisoblanadi. Ularning izchil ravnaq topishi, jahon bozorlaridagi 
raqobatbardoshligi hududidagi tabiiy resurslarni eksport qilish va jismoniy 
mehnatdan foydalanishga emas, balki innovatsion g‘oyalar va 
ishlanmalarga asoslanadi. Iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan innovatsion 
faoliyat, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan fan-texnik, 
tashkiliy va boshqaruv sohalariga oid hamda boshqa turdagi yangiliklarni 
yaratib, 
ulardan 
foydalanish 
va 
keng 
yoyish 
iqtisodiyotni 
modernizatsiyalashning mazmun-mohiyatini tashkil etadi. 
Texnologik innovatsiyalar deganda yuridik shaxsning texnologik 
yangi mahsulotlar va jarayonlarni, shuningdek mahsulotlar va jarayonlarda 
sezilarli darajada takomillashtirishlarni, texnologik yangi va sezilarli 
darajada takomillashtirilgan xizmatlarni, xizmatlar ishlab chiqarilishi 
(yetkazib 
berilishi) 
bo‘yicha 
yangi 
yoki 
sezilarli 
darajada 
takomillashtirilgan usullarni ishlab chiqish va joriy etish bilan bog‘liq 
faoliyati nazarda tutiladi. Texnologik innovatsiyalar yuridik shaxs 
tomonidan birinchi marotaba ishlab chiqilayotgan mahsulotlar, jarayonlar, 
xizmatlar va usullar shaklida (agar ular boshqa yuridik shaxslar tomonidan 
qo‘llanilayotgan bo‘lsa ham) bo‘lishi mumkin. 
Texnologik innovatsiyalarning ikkita turi mavjud. Bular: mahsulotlar 
bo‘yicha innovatsiyalar va jarayonlar bo‘yicha innovatsiyalar. 
Sanoat ishlab chiqarishida mahsulot bo‘yicha innovatsiyalar 
texnologik yangi va takomillashtirilgan mahsulotlarni tayyorlash va joriy 
etishni o‘z ichiga oladi. Texnologik yangi mahsulot – texnologik 


97 
xususiyatlari (funksional belgilari, konstruktiv yo‘l bilan bajarilishi, 
qo‘shimcha jarayonlar, shuningdek qo‘llaniladigan tarkibiy qismlar va 
materiallar tarkibi) yoki qo‘llanilish maqsadi prinsipial jihatdan yangi yoki 
yuridik shaxs tomonidan ilgari ishlab chiqarilgan shunga o‘xshash 
mahsulotdan sezilarli darajada farq qiluvchi mahsulotdir. Bunday 
innovatsiyalar prinsipial jihatdan yangi texnologiyalarga yoki mavjud 
texnologiyalardan, tadqiqot va ishlanmalar natijalaridan foydalanishga 
asoslangan bo‘lishi mumkin. 
“Texnologik konsorsiumlarning 4 turi mavjud: 
ishlab chiqarish samaradorligini koalitsiyalar orqali takomillashtirish; 
o‘zgarmas kapitalga investitsiyalar kiritishdagi xarajatlarni 
bo‘lishish; 
texnologiyalarni ortiqchalik samarsini oshirish uchun o‘zaro 
bo‘lishish; 
narx diskriminatsiyasi orqali innovatsiyalar xarajatini o‘zaro 
taqsimlash. 
Texnologik jihatdan takomillashtirilgan mahsulot – bu yuqoriroq 
samarali tarkibiy qismlar va materiallardan foydalanish yoki undan ortiq 
texnik tarkibiy qismlarini qisman o‘zgartirish (kompleks mahsulotlarda) 
yo‘li bilan ishlab chiqarilishining sifat bo‘yicha xususiyatlari 
yaxshilanadigan va iqtisodiy samaradorligi oshadigan mahsulotdir. 
Innovatsion texnologiyalar doirasidagi ilmiy yondashuvlar shuni 
ko‘rsatadiki, investitsiyalarga bag‘ishlangan adabiyotlarda xorijiy 
tajribalarga asoslanib biror tizim yoki korxonani har jihatdan rivojlanishi 
mustahkam milliy innovatsion tizim mavjudligi bilan belgilanadi. 
Bugungi kunda innovatsion texnologiyalar eng muhim strategik 
resurs hisoblanadi. Chunki, sanoat va moliyaviy texnologiyalarning 
amaliyotga joriy etilishi korxonalarda ishlab chiqarish infratuzilmasining 
rivojlanishi, intellektual potensialni oshishi, eksportga yo‘naltirilgan 
mahsulotlarning 
ishlab 
chiqarilishi 
hamda 
mamlakatda 
valyuta 
zahiralarining jamg‘arilishi kabi iqtisodiy masalalarning ijobiy hal 
etilishiga olib keladi. 


98 
Innovatsiyalar haqida gap yuritganimizda milliy innovatsion tizimni 
shakllantirish muhim omillardan biri sanaladi. Bunday innovatsion tizimni 
tashkil etishdan asosiy maqsad innovatsion rivojlanishni rag‘batlantirish, 
yuqori texnologiyalarni joriy etish, davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari, 
ishlab chiqarish va xususiy mulk egalari, tadqiqotchilar va oliy ta’lim 
muassasalari o‘zaro aloqasini rivojlantirish hisoblanadi. Natijada 
innovatsiyalarni rivojlantirish jarayonlari tezlashishi ro‘y beradi. 
Iqtisodiyotda innovatsion faoliyatni rivojlantirishning tashkiliy-
iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishda eng avvalo institutsional 
qo‘llab-quvvatlash zarur. Bunda mamlakatni Yetakchi tarmoqlarini 
innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan ixtisoslashgan 
xo‘jalik yuritishning yangi modelini shakllantirish talab etiladi. 
Innovatsion faoliyatni shakllantirish doirasida yagona huquqiy normalar 
tizimini yaratish, unda innovatsion faoliyatni tartibga soluvchi, ilm-fan 
sig‘imiga ega ishlab chiqarish sohasida asosiy atamalarni aniqlashtiruvchi, 
innovatsion biznesni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash (respublika va 
hududiy darajada) choralari, shuningdek, intellektual mulkni himoya qilish 
bilan bog‘liq bir asosiy me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish lozim. 
Innovatsion iqtisodiyotni rivojlanishiga zamonaviy moliya-kredit 
mexanizmi 
bilan 
ko‘maklashayotgan 
tizimlarga 
rag‘batlantirish 
mexanizmini yaratish, innovatsion faoliyatini moliyalashtirayotgan tijorat 
banklariga maxsus imtiyoz va pereferensiyalar tizimini o‘rnatish kerak. 
Innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish uchun soliq imtiyozlari va soliqqa 
tortish umumiy darajasini pasaytirish yo‘li bilan ularning xo‘jalik yuritish 
sharoitini 
takomillashtirish, 
venchurli 
moliyalashtirish 
tizimini 
kengaytirish, yirik kompaniyalar, tijorat banklari, sug‘urta korxonalarning 
innovatsion biznes subyektlari bilan hamkorligini ta’minlashga erishish 
lozim. Innovatsion mahsulot bozorlari “muhit” va “sotish” o‘rtasidagi 
munosabatni kengaytirish, bunda ularning qimmatli qog‘ozlar, birinchi 
navbatda, korporativ bozorda, mehnat va resurslar bozorlarida, 
shuningdek, birjalar, sotuvlarda, yarmarkalar va auksionlarda faolligiga 
erishishni ta’minlash darkor. 


99 
Jarayonlar bo‘yicha innovatsiyalar texnologik yangi yoki texnologik 
jihatdan sezilarli darajada takomillashtirilgan ishlab chiqarish, shuningdek 
mahsulotlarini yetkazib berish usullarini ishlab chiqish yoki joriy etishni 
o‘z ichiga oladi. Bu turdagi innovatsiyalar yangi ishlab chiqarish asbob-
uskunalaridan, ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishning yangi 
usullaridan foydalanishga yoki ularni birgalikda qo‘llashga, shuningdek 
tadqiqot va ishlanmalar natijalaridan foydalanishga asoslangan bo‘lishi 
mumkin. Bunday innovatsiyalar, odatda, korxonada ilgari mavjud bo‘lgan 
mahsulotlarini ishlab chiqarish yoki yetkazib berishning samaradorligini 
oshirishga qaratilgan bo‘lishi, shuningdek odatdagi usullar yordamida 
amalga oshirish imkoni bo‘lmaydigan texnologik jihatdan yangi yoki 
takomillashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki yetkazib berish 
uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. 
Jarayonlar bo‘yicha innovatsiyalarni korxona birinchi bo‘lib joriy 
qilgan bo‘lishi muhim emas.
Texnologik innovatsiyalarga quyidagilar kirmaydi: 
mahsulotdagi estetik (rangida, bezatilishida) o‘zgartirishlar; 
mahsulotning konstruktiv vazifalarini o‘zgartirmaydigan, uni tarkibiy 
qismi hisoblangan materiallar va komponentlarning ko‘rsatkichlariga, 
xususiyatlariga, narxiga yetarlicha sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydigan texnik 
va tashqi ko‘rinishda sezilarsiz darajadagi o‘zgartirishlar; 
vaqtinchalik talabni va korxona daromadlarini ta’minlash maqsadida 
korxona tomonidan ilgari ishlab chiqarilmagan, ammo mahsulotlar, ishlar, 
xizmatlar bozorida yetarlicha ma’lum bo‘lgan mahsulotlar, ishlar, 
xizmatlar ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yish (boshqa ixtisoslik bo‘yicha 
bo‘lishi ham mumkin) evaziga ularning turlarini ko‘paytirish. Masalan, 
mashinasozlik zavodida mavsumiy talabdan foydalangan holda yozgi 
davrda boshqa ixtisoslik bo‘yicha mahsulotlar ishlab chiqarilishi; 
ma’lum modeldagi qo‘shimcha dastgohlarni o‘rnatish, hatto ularni 
shu modelning oxirgi modifikatsiyaga almashtirish evaziga ishlab 
chiqarish quvvatlarini kengaytirish; 
to‘laligicha boshqa korxona tomonidan ishlab chiqarilgan va 
tayyorlangan innovatsion tovarlar, ishlar, xizmatlarni sotish; 


100 
tashkiliy va boshqarish bo‘yicha o‘zgartirishlar. 
Innovatsion faoliyatda davlat va xususiy sherikchilik asosida 
kooperatsiya aloqalarning turli shakllarini amalga oshirish, kichik 
texnologik zonalarni rag‘batlantirish va moliyalashtirish bo‘yicha maxsus 
dasturlarni ishlab chiqish, shuningdek, ilmiy-texnik mahsulotlar bo‘yicha 
davlat buyurtmalari tizimini kengaytirishga erishish lozom. Innovatsion 
mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun innovatsion xizmatlar 
bozori infratuzilmasini shakllantirish, maslahat xizmatlarini ko‘rsatish 
bo‘yicha ilm-fan institutlarini rivojlantirish hamda professional 
innovatsion menedjment tizimini shakllantirish zarur.
Mamlakatimizda innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha 
maxsus kurslarni tashkil qilish va ushbu yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislar 
malakasini doimiy oshirib borish, shuningdek o‘quv, ilmiy-tadqiqot va 
innovatsion faoliyatni boshqarish masalalari bo‘yicha yangi innovatsion 
loyihalarni yaratish talab etiladi. 
Iqtisodiyotni turli sohalarida innovatsion mahsulotlarni ishlab 
chiqarishga xizmat qiluvchi innovatsion klasterlarni tashkil etish va ular 
faoliyatini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratish lozim. Ushbu 
yo‘nalish innovatsion faoliyatni ilmiy-tadqiqot muassasalari, yirik sanoat 
korxonalari, moliyaviy tuzilmalar va hukumat organlari bilan klaster 
bo‘g‘inlari doirasila kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish muhim hisoblanadi. 
Bu jarayonda ishtirok etayotgan subyektlar uchun o‘zaro barqaror 
manfaatli aloqalarni shakllantirish, tashqi va ichki bozorlarda raqobat 
ustunliklarga erishish o‘ta muhim vazifalardan hisoblanadi. Innovatsion 
klasterlarni shakllantirish va ularga innovatsion faoliyat yuritishi uchun 
shart-sharoit yaratish davlatning iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishi 
hisoblanadi va u alohida kichik innovatsion korxonalarni qo‘llab-
quvvatlashga yo‘naltirilishigina emas, balki turli hajimdagi va turdagi 
faoliyatni birlashtiruvchi “yuqori texnologiyalar” tizimini rivojlantirishni 
rag‘batlantirishga asoslanmog‘i lozim. 
“Ko‘chirib o‘tkazish” strategiyasimavjud xorijiy ilmiy-texnika 
salohiyatidan foydalanish va yangiliklar kiritishni o‘z iqtisodiyotiga 
ko‘chirib o‘tkazishdan iborat. Bu strategiya birinchi navbatda, Yaponiyada 


101 
ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda foydalanilgan, AQSH, Angliya, 
Fransiya, Rossiya kabi rivojlangan mamlakatlarda xorijda talab yuqori 
bo‘lgan yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun yuqori 
samarali texnologiya litsenziyalar xarid qilingan, kelgusida fundametal 
tadqiqotlar va loyihalardan tortib to innovatsiyalarni joriy qilish, ularni 
mamlakat ichkarisida va jahon bozorida amalga oshirishgacha bo‘lgan 
butun innovatsion siklni ta’minlagan o‘zining ilmiy-texnik salohiyati 
yaratilgan. 
“O‘zlashtirish” strategiyasishundan iboratki, arzon ishchi kuchiga 
tayangan o‘zining yo‘qotilayotgan ilmiy-texnik salohiyati bir qismidan 
foydalangan holda ilgari sanoati rivojlangan mamlakatlarda ishlab 
chiqarilgan mahsulotni ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi, kelgusida ishlab 
chiqarishga muhandislik-texnik hamkorlik qilish hamda iqtisodiyotning 
davlat va bozor shakllarini uyg‘unlashtirgan holda innovatsion faoliyatni 
kuchaytirishni ta’minlash, o‘zining ilmiy-tadqiqotchilik va tajriba-
konstruktorlik ishlarini o‘tkazishga qodir bo‘lgan ilmiy-texnik salohiyat 
tiklanadi. 
Mamlakatda innovatsion faoliyatni shakllantirish va ularni 
kengaytirish 
maqsadida 
quydagi 
chora-tadbirlarni 
ko‘rishi zarur
(3.2.1-rasm): 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin