O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-rasm: Iqtisodiyotda innovatsion faoliyatni rivojlantirish yo‘llari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/59
tarix03.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#172080
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59
Innovatsion iqtisodiyot Aliyev 2019 @iqtisodchi kutubxonasi

3.2.1-rasm: Iqtisodiyotda innovatsion faoliyatni rivojlantirish yo‘llari. 


102 

turli tarmoqlarda innovatsion klasterlarni rivojlantirish bo‘yicha 
davlat tomonidan maqsadli innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va 
amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish; 

erkin iqtisodiy zonalarda hududiy biznesni rivojlantirish 
dasturlarini innovatsion loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari bilan 
uyg‘unlashtirish; 

innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash institutlari faoliyatini 
barcha darajada tarmoqlararo va ijrochi organlar bilan kelishilgan holda 
amalga oshirishni ta’minlash. 
Shu bilan bir qatorda iqtisodiyotdagi korxonalarni innovatsion 
klasterlarga kirishini ta’minlovchi tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish, 
ularni zaruriy axborot ta’minoti bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash, klasterlar 
doirasida faoliyat yuritayotgan hukumat boshqaruv organlari, ilmiy-
tadqiqot korxonalari va yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik 
masalalari bo‘yicha innovatsion maslahat markazlarini shakllantirish 
muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu klasterlar doirasida innovatsion 
mahsulotlarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan korxonalarni moliyaviy 
tomondan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat va xususiy sherikchiligi 
asosida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Bu jarayonlarga davlat va 
mahalliy byudjet mablag‘larinigina emas, balki venchur fondlar, yirik 
kompaniyalar va tijorat banklar kreditlarini jalb qilish uchun zarur 
sharoitlarni yaratish lozim. Shu bilan bir qatorda, innovatsion loyihalarni 
amalga oshirish uchun xalqaro moliyaviy resurslardan samarali jalb 
qilishga mas’ul bo‘lgan franchayzing kompaniyalarni shakllantirish 
bugungi kunning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. 
Hozirda innovatsion iqtisodiy faoliyatini samaradorligini oshirish va 
raqobatbardoshligini ta’minlashda innovatsion, yuqori texnologiyaga 
asoslangan, eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosadigan 
korxonalar manfaatlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash, ularning 
eksport salohiyatini oshirish va mamlakat eksport hajmida innovatsion 
mahsulotlar ulushini ko‘paytirish lozim. Bu jarayonlarda quyidagilarga 
asosiy e’tibor qaratish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: 


103 
innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun zaruriy infratuzilmani 
shakllantirish; 
yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishni tashkil etish
yuqori qo‘shilgan qiymatga ega eksportbop va import o‘rnini 
bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqish; 
sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish orqali yuqori texnologiyaga 
asoslangan 
ishlab 
chiqarishni 
mahalliylashtirish 
jaryonlarini 
chuqurlashtirish; 
innovatsion korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni 
xalqaro standartlar bo‘yicha litsenziyalash; 
tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq moliyaviy va boshqa xatarlarni 
sug‘urta qilishni ta’minlash; 
eksportyorlarga axborot-maslahat ko‘magini tashkil qilish hamda 
maxsus imtiyozlar tizimini taqdim etish; 
innovatsion mahsulotlar yarmarkasi va ko‘rgazmalarini o‘tkazish, 
reklamani tashkil qilish va xorijiy davlatlarda sheriklarni topishga 
ko‘maklashish; 
xalqaro 
bozorlarda 
milliy 
innovatsion 
mahsulotlar 
raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha shart-sharoitlar yaratish zarur. 
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning 
ushbu 
yo‘nalishi 
yuqori 
texnologiyaga 
asoslangan, 
eksportga 
yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosadigan korxonalarda eksport 
salohiyatini oshirish va ularning tashqi iqtisodiy faoliyati samaradorligini 
ta’minlash imkonini beradi. 
Jumladan, zamonaviy innovatsion infratuzilmani shakllantirishda 
quyidagilarga: 
davlat organlari boshqaruvining innovatsion shakillarini joriy etish;
hududlar ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining barqaror o‘sishi, aholinig 
hayot darajasi va farovonligi yuksalishi uchun zarur sharoitlarni 
ta’minlashga qodir bo‘lgan fan va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish;
innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish 
sohasiga investitsiyalarni keng jalb etish; 


104 
innovatsion iqtisodiyotni rivojlanishini ta’minlovchi normativ-
huquqiy bazani takomillashtirish;
ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini uyg‘unligini ta’minlash; 
mamlakatda yuqori texnologiyalar markazlari hamda chet el 
investorlari ishtirokida innovatsion markazlar faoliyatini tashkil etish va 
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
ishlab chiqarishda resurs va energiya tejaydigan innovatsion 
texnologiyalarni, jumladan, muqobil energiya manbalaridan oqilona 
foydalanishning zamonaviy shakllarini keng qo‘llash orqali faol joriy 
etish;
soliqni saqlash sohasida insonlar salomatligini samarali davolashga 
imkon beruvchi ilg‘or innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish tizimni 
takomillashtirish; 
agrar sohada innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalardan 
samarali foydalanish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab 
chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga, mamlakatning oziq-
ovqat xavfsizligini mustahkamlash; 
iqtisodiyotning 
real 
sektori 
tarmoqlarini 
har 
tomonlama 
rivojlantirishni ta’minlovchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya, sanoat 
va boshqa innovatsion texnologiyalarni qo‘llash; 
innovatsiya faoliyati sohasida ilg‘or xorijiy (xalqaro) korxonalar 
bilan, shu jumladan ularni nou-xau, nanotexnologiyalar va yuqori 
texnologik tovar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishning mahalliy bozoriga 
jalb qilish orqali hamkorlikni kengaytirish. 
Shunday qilib, davlatning innovatsion iqtisodiyot tarmog‘i faoliyatini 
kengaytirishga ko‘maklashishi, samarali milliy innovatsion siyosatini olib 
borish, yuqori texnologiyaga asoslangan, eksportga yo‘naltirilgan va 
import o‘rnini bosadigan korxonalar faolligini rag‘batlantirish, innovatsion 
texnologiyalardan samarali foydalanishga xizmat qiladi. 
Bu borada rivojlangan mamlakatlarda sanoat korxonalarining 
boshqarishda innovatsion texnologiyalar faoliyatni strategik va tizimli 
tashkil etishga alohida urg‘u berilgan bo‘lib, bundan aniq bir tarmoqda 
ishlab chiqarish samarali amalga oshirish, boshqaruvni markazlashtirish va 


105 
innovatsion texnologiyalar faoliyatni yanada kuchayish jarayoni kelib 
chiqmoqda.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin