129
yoritildi. Xususan, 12 ta teledastur, 19 ta radioeshittirishlar, 9 ta gazeta
maqolalari va 24 ta internet nashrlari chiqarildi.
Hozirgi kunda ko‘plabkorxonalar “Web of Science” bazasiga ulandi.
Bular jumlasiga ilmiy muassasalar, oliy o‘quv yurtlari,
markaziy
kutubxonalar (O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Fanlar akademiyasi,
Qishloq xo‘jaligi, Ilmiy ishlab chiqarish markazi kutubxonasi va
boshqalar), tajriba konstruktorlik byurolari, ilmiy ishlab chiqarish hamda
fanlar akademiyasi boshqaruv hay’ati, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi, Innovatsion
rivojlanish vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi,
qishloq xo‘jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi, elektron ta’lim markazlari
“Web of Science” bazasiga login parolsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulandi.
Bugungi kunda jamiyat shu darajada taraqqiy etib ketdiki, unda o‘z
o‘rniga ega bo‘lishni istagan har qanday mamlakat yoki kompaniya
raqobatga kirishmog‘i shart bo‘lib qoldi. Rivojlangan mamlakatlarda
yohud
dunyo
sahnida
aynan
mana
shunday
raqobatbardosh
kompaniyalargina o‘z hayotlari davomiyligini saqlab qolishi mumkin.
Zamonaviy innovatsion muhit holati ayrim obyektiv sabablarga ko‘ra
qisqa muddat ichida mahalliy biznesning innovatsion darajasi yuqori
bo‘lishiga imkon bera olmaydi va shu
sababdan uning rivojlanishi
davlatning ko‘plab yo‘nalishlari bo‘yicha kuch sarflashini talab qiladi.
Bunda quyidagi muammolarga e’tibor qaratish zarur:
- biznesning ilmiy-texnik axborotlarga ega bo‘lishi uchun transaksiya
xarajatlari juda katta;
- yangi texnologiyalarning qiymat va bozor risklari kichik korxonalar
uchun yuqori;
- innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun o‘z
resurslarini taklif etuvchi moliyaviy va investitsion institutlarning keng
qamrovli va diversifikatsiyalangan bozori mavjud emas;
- xususiy sektordagi ko‘plab korxonalarda innovatsion boshqaruv
qarorlari tizimi shakllantirilmagan;
- fanni ishlab chiqarish bilan bog‘lab turishi mumkin bo‘lgan
innovatsion vositachilar instituti rivojlangan tarmog‘i yaratilmagan;
130
- raqobatli muhit mahalliy korxonalarni innovatsiyalarni jalb qilishga
yetarli darajada rag‘batlantirmaydi;
-
iqtisodiy
rivojlanishning
hozirgi
bosqichida
biznes
texnologiyalarining asosiy massasida biznesni tashkil qilishning
mablag‘larni namunaviy tovarlar ishlab chiqarish yoki ular bilan savdo
qilishga kiritishni nazarda tutuvchi an’anaviy yondashuvlar ustunlik qiladi.
Jamiyat va tabiat rivojlanishi qonuniyatlarini yaxlit holda, tizimlar
rang barangligida anglash oldindan ko‘ra bilish uchun zarur asos va zamin
hisoblanadi. Istalgan bir fanning asosiy funksiyasi shundan iborat. Biroq
bu har qanday yirik xo‘jalik, ijtimoiy va ekologik qarorlar qabul qilishda
ham amaliy zarurat hisoblanadi.
Boshlag‘ich holatni baholash va undan
foydalanishda ikki narsani
inobatga olish zarur. Birinchidan, tabiiy qonunlardan farqli o‘laroq
ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlari jamiyatning o‘zidagi tub o‘zgarishlar
bilan birgalikda o‘zgarishi mumkin. Industrial jamiyatdan postindustrial
jamiyatga o‘tish bulardan keyingisiga xos bo‘lgan qonuniyatlar tizimini
yangidan o‘rganib chiqish zarurligini ko‘rsatadi.
Ikkinchidan, ijtimoiy qonun va qonuniyatlar tarkibi bir turda emas,
ular ierarxik bo‘lib, bilishning turli darajalarini aks ettiradi. Statistika
qonunlari evolyusion rivojlanish davrida nisbatan
muvozanatli holatda
ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar faoliyat ko‘rsatuvchi struktura va shart-
sharoitlarni
aks
ettiradi.
Siklik
dinamika
qonuniyatlari
tizim
dinamikasidagi
notekislikni,
sikllar
bosqichlarining
almashish
qonuniyatlari va tizimlar rivojlanish sikllarining o‘zini, jamiyatning
innovatsion yangilanish jarayonini to‘lqinsimonligini ochib beradi. Bu
davriy o‘zgarayotgan voqelikni anglashning ikkinchi bosqichidir.
Bilishning oliy bosqichi sotsiogenetika qonuniyatlari bo‘lib, unda ijtimoiy-
iqtisodiy tizimlar dinamikasida nasliylik, o‘zgaruvchanlik va tanlov
yig‘indisi (birikuvi) hisoblanadi.