O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/59
tarix03.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#172080
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   59
Innovatsion iqtisodiyot Aliyev 2019 @iqtisodchi kutubxonasi

 
4.3.4-jadval
 
Respublikamizda 2016- yilda joriy qilingan texnologik innovatsiyalar 
soni to‘g‘risida ma’lumot 
 
 
Shu jumladan tadqiqqilinganlar: 
 
Jami 
O‘z 
kuchi 
bilan 
Boshqakorxon
alar bilan 
hamkorlikda 
Ilmiy-tadqiqot 
institutlari bilan 
hamkorlikda 
Oliy ta’lim 
muassasalari 
bilan 
hamkorlikda 
Boshqakorxo
nalar 
tomonidan 
 
 
 
 
 
 
 
Texnologik 
innovatsiyalar 
1816 
1523 
117 
41 

176 
Shu jumladan:
 
Mahsulotlar 
bo‘yicha 
1118 
973 
73 
15 

72 


152 
innovatsiyalar 
Jarayonlar 
bo‘yicha 
innovatsiyalar 
698 
550 
44 
26 

104 
Marketing 
innovatsiyalar 
51 
39 



12 
 
Respublika bo‘yicha 2016- yilda har bir innovatsion faol 
korxonao‘rtacha 2 tadan innovatsiya joriy qildi. Jumladan har bir 
innovatsion faol korxonaga Andijon, Farg‘ona viloyatlari, Toshkent 
shahridao‘rtacha 3 tadan innovatsiya, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, 
Samarqand, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari o‘rtacha 2 tadan innovatsiya, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Surxandaryo va 
Xorazm viloyatlarida o‘rtacha 1 tadan innovatsiya joriy qilingan. 
 
4.3.5-rasm. Respublikamizda innovatsiya joriy etgan korxonalar soni 
 
Mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash bo‘yicha olib 
borilayotgan islohotlar nafaqat korxonalarda ishlatiladigan texnika va 
texnologik jarayonlarni yangilashi, balki boshqaruv va hisobini tashkil 


153 
etishda innovatsion yondashuvni talab etadi. Shu nuqtai nazardan 
korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni baholashning amaliyotda 
qo‘llaniladigan o‘ziga xos jihatlarini tadqiq etish lozim. 
Sanoat namunasi inson ijodiy faoliyati yo‘nalishining amalga oshishi 
bo‘lib, aniq maqsad va iste’molchilar doirasiga ega. Ta’rifga ko‘ra sanoat 
namunalariga qandaydir bir obyekt tashqi ko‘rinishining badiiy-
konstruktorlik (dizayn) yechimi kiradi. Sanoat namunalari hajmiy 
(modellar), yassi (rasmlar) yoki ularning aralash ko‘rinishida bo‘lishi 
mumkin. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
qonunchiligiga 
muvofiq 
sanoat 
namunasining yangiligi, o‘ziga xosligi va sanoatda qo‘llanilishi uning 
patentga layoqatlilik shartlari hisoblanadi. 
Agar sanoat namunasining buyumning estetik va (yoki) erganomik 
xususiyatlarini belgilovchi muhim belgilari (alomatlari) majmui uning 
ustuvorlik sanasidan oldin jahondagi nufuzli axborot manbalari orqali 
barchaga ma’lum bo‘lmagan bo‘lsa yangi deb tan olinadi. Sanoat 
namunasining muhim belgilari majmui buyum estetik xususiyatlarning 
ijodiy xarakteri bilan bog‘liq bo‘lsa u o‘ziga xos deb tan olinadi. Sanoat 
namunasi ko‘p karra qayta ishlab chiqarish imkoniyatini beradigan bo‘lsa 
sanoatda qo‘llaniladigan deb tan olinadi. 
Aynan sanoat namunalarini patentlash bugungi kunda eng risk yuqori 
hisoblangan sohadir. Bunday deyishimizga sabab, jahon bozorida bu kabi 
“xato”larga ko‘p martalab yo‘l qo‘yilgandir. Muammoning negizi nimada? 
Buni topish uchun firmalar qaysi, qanaqa va nima uchun innovatsiyalarga 
ehtiyoj sezishlari to‘g‘risida asosiy savollarga javob berishlari kerak
22

Sanoat namunasiga O‘zbekiston Respublikasining patenti berish 
uchun talabnoma quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak: 
patent yoki dastlabki patent berish to‘g‘risida belgilangan shaklda 
tuzilgan ariza, u sanoat namunasi muallifi (mualliflari), patent kim 
(kimlar)ning nomiga berilishi so‘rayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxs (shaxslar) va 
22
Innovation, intellectual property, and economic growth / ChristineGreenhalgh and Mark Rogers.USA Princeton 
University Press, 2010 . 41-б. 


154 
talabnoma beruvchi to‘g‘risidagi talab etiladigan ma’lumotlardan iborat 
bo‘ladi; 
buyum, maket yoki rasmni aks ettiruvchi fotosuratlar to‘plami, ular 
buyumning huquqiy muhofaza hajmini belgilab beruvchi muhim belgilar 
majmuini aniqlash imkonini beradigan tashqi ko‘rinishi to‘g‘risidagi 
mufassal tasavvur hosil qiladi; 
buyum tashqi ko‘rinishining chizmasi, ergonomik sxemasi, 
konfeksion kartasi va sanoat namunasi mohiyatini ochib berishi;
sanoat namunasining tavsifi, u fotosuratlarda aks ettirilgan 
buyumning tashqi ko‘rinishini so‘zlar vositasida ochib berishi va uning 
muhim belgilari majmuini o‘z ichiga olishi; 
talabnomaga berilgan miqdorda boj to‘laganligini tasdiqlovchi hujjat 
ilova qilinishi zarur. 
Qonun talablariga muvofiq har bir talabnoma bitta sanoat namunasiga 
tegishli bo‘lishi va bu namunaning variantlarini o‘z ichiga olishi mumkin 
(sanoat namunasining birligi talablari). Bunda bitta sanoat namunasi 
deyilganda yagona bir buyumning badiiy konstruktorlik yechimi, vazifalari 
umumiy bo‘lgan buyumlar majmui (masalan, mebel garnituri, serviz va 
boshqalar) tushuniladi. 
Yagona bir buyum deyilganda birorta butun buyum (avtomobil) 
hamda uning bir qismini tashkil etuvchi buyum (masalan, bamper, fara va 
boshqalar) tushuniladi. 
Sanoat namunasi variantlari deyilganda bitta buyum (to‘plam, 
komplekt)ning bir xil estetik va ergonomik xususiyatlarini belgilab 
beradigan 
muhim 
belgilari 
majmui 
bilan 
farqlanadigan 
badiiykonstruktorlik yechimi tushuniladi. 
Talabnoma hujjatlariga qo‘yiladigan asosiy talablarni o‘z ichiga oladi 
(buyum, maket, rasm fotosuratlari to‘plami). 
Buyumning tashqi ko‘rinishini aks ettiruvchi fotosuratlar talabnoma 
berilgan sanoat namunasi to‘g‘risidagi tasviriy axborotni o‘z ichiga olgan 
asosiy hujjatdir. 
Sanoat namunasining tavsifi. 
Sanoat namunasining tavsifi quyidagicha tuzilishi kerak: 


155 
sanoat namunasining nomi; 
vazifasi va qo‘llanish sohasi; 
sanoat namunasini tasvirlovchi fotosuratlar va boshqa taqdim 
etiladigan materiallar ro‘yxati; 
sanoat namunasining mohiyati; 
sanoat namunasini ko‘p marta qayta ishlab chiqarish imkoniyati
sanoat namunasining muhim belgilari (alomatlari) ro‘yxati. 
Sanoat namunasi umumiy ko‘rinishining chizmasi namunani 
mohiyatini ochib berish va uning o‘lchamlari, mutanosiblik nisbatlarini 
aniqlash uchun zarur bo‘lgan hollarda taqdim etiladi. 
Sanoat tovar belgilarining turlari va ularga talabnoma yozishda 
ko‘pchilik firmalar bozor iqtisodiyoti sharoitida “xudbinlik” qilishga 
moyildir. Bu bilan biz tovar belgilarini belgilashda xalqaro huquq 
normalari bilan hisoblashishda buzg‘unchilikning uchrashi va talabnoma 
yozishda olib borilgan IIRning natijasiga tayangan holda bo‘limlarni 
kiritishda og‘ishishlar borligiga e’tiboringizni qaratmoqchimiz
23
.
Agar talabnoma berilgan sanoat namunasi ergonomik jihatdan qayta 
ishlashni ko‘zda tutadigan buyumga oid bo‘lsa, shuningdek, ushbu 
buyumning ergonomik sxemasi ham taqdim etiladi. 
Tovar belgilarini huquqiy muhofaza qilmasdan madaniy bozor 
munosabatlarini o‘rnatish mumkin emas. Intellektual mulk obyekti sifatida 
tovar belgisining o‘ziga xos xususiyati uning tovar va xizmatlar bozoridagi 
bajaradigan roli bilan tushuntiriladi. 
Tovar belgisi (yoki xizmat ko‘rsatish belgisi) fuqarolik muomalasi 
ishtirokchilari va ular ishlab chiqaradigan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni 
xususiy alomatlarni aks ettiruvchi (individuallashtirish) uchun xizmat 
qiladigan belgidir. 
O‘zbekistonda tovar belgilari bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan 
munosabatlar “Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari to‘g‘risida”gi 
qonun bilan tartibga solinadi. Tovar belgisi (xizmat ko‘rsatish belgisi)ning 
huquqiy muhofazasi u ro‘yxatga olinishi bilan yuzaga keladi. 
23
Innovation, intellectual property, and economic growth / ChristineGreenhalgh and Mark Rogers.USA Princeton 
University Press, 2010 . 41-б. 


156 
Qonunga muvofiq quyidagi belgilar tovar belgisi sifatida ro‘yxatga 
olinishi mumkin: 
so‘zlar yoki harflar birikmasidan iborat bo‘lgan so‘z bilan 
ifodalanadigan belgilar; 
tasviriy 
belgilar–liniyalar 
kompozitsiyasi, 
istalgan 
shakldagi 
figuralarning tekislikdagi soyasi shaklidagi; 
hajmiy belgilar – uch o‘lchamli fazodagi figuralar (liniyalar) yoki 
ularning kompozitsiyasi shaklidagi; 
aralash-tasviriy, 
so‘zli, hajmiy haraktyerdagi elementlarning 
kombinatsiyasidan iborat va hokazo. 
Tovar belgisi istalgan rangda yoki ranglar birligida ro‘yxatga olinishi 
mumkin. 
Talabnoma beruvchi o‘z tovar belgisini ishlab chiqarishda qanday 
asosiy tamoyillarga amal qilishi zarur. Odatda tovar belgisi quyidagi 
xususiyatlarga ega bo‘lishi zarur: 
ifodalik va ma’nodorlik (o‘ziga xoslik), ya’ni tovar belgisi uni 
boshqalardan ajratib turuvchi belgiga ega bo‘lishi, oson ko‘chirilishi, (so‘z 
bilin ifodalangan tovar belgilari uchun) va yodda qolishi kerak; 
qisqa va aniqlik, ya’ni tovar belgisi qisqa bo‘lishi (so‘zli belgilar 
uchun) va tasvir elementlari soni haddan tashqari ko‘payib ketmasligi 
(tasviriy belgilar uchun) kerak; 
estetiklik, ya’ni tovar belgisi idrok etilishi bo‘yicha zamonaviy va 
tushunarli hamda ko‘rgazmali bo‘lishi kerak; 
barqarorlik (uzoq muddatlilik), ya’ni tovar belgisi uzoq muddat, hatto 
mahsulot assortimeni o‘zgargan hollarda ham foydalanish uchun yaroqli 
bo‘lishi kerak;
tasavvur etadigan, ya’ni tovar belgisi iste’molchidan tovar yoki uning 
biror-bir xususiyati to‘g‘risida tasavvur hosil qilishi zarur. 
Bundan tashqari, so‘z bilan ifodalanadigan tovar belgisi uchun yangi 
bo‘lishi bilan birga, ohangdorligi, talaffuzi qulay bo‘lishizarur sifatlardan 
hisoblandi. 
Shuni qayd etish zarurki, tasviriy tovar belgisi turli-tuman ranglarning 
uyg‘unligi, uning o‘ziga xosligini, kishilarni o‘ziga jalb etishi va 


157 
farqlanuvchi qobiliyatini oshiradi. Shu bilan birga rangli so‘zlar bilan 
ifodalangan, hajmi va qo‘shma tovar belgilari uchun ham muhim 
omillardan hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin